17 – rasm.
Bu hodisani Nyuton o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi. Gazning bir – biriga nisbati sirpanuvchi ikki qatlamning urinish tekisligida birlik yuzaga to’g’ri keladigan ichki ishqalanish kuchi bu qatlamlarning irinuvchi yuzasi ∆S ga va tezlik gradienti ga proporsional bo’ladi:
(3)
bu yerda - ichki ishqalanish (yopishqoqlik) koeffisienti bo’lib, u son jihatdan gazning tezlik gradienti 1c-1 bo’lgan parallel harakatlanuvchi qatlamlarining 1m2 urinish yuzasiga ta’sir qiluvchi ichki ishqalanish kuchiga teng. Yopishqoqlik koeffisienti birligida, ba’zan esa Puazlarda o’lchanadi.
Ichki ishqalanishda harakat miqdori ko’chiriladi.
Nazorat savollari:
Fizikada normal sharoit.
Ideal gaz qonunlari.
Gazlarda ko’chish hodisalari.
Gazlarda ichki ishqalanish.
9-MA’RUZA
Real gazlar. Real gazning holat tenglamasi. Kritik holat. Termodinamika qonunlari. Adiabatik jarayon. Puasson tenglamasi. Karno sikli
Reja;
Real gazlar. Van – der – Vaals tenglamasi
Termodinamika qonunlari.
Adiabatik jarayon.
Puasson tenglamasi. Karno sikli
Ma’lumki, ideal gazning holat tenglamasi gaz molekulalarining xususiy hajmini hamda ular orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarini e’tiborga olmaydi. Lekin past temperatura va yuqori bosmlarda Mendeleyev – Klapeyron tenglamasidan foydalanib bo’lmaydi. 1873 yilda golland fizigi Van – der – Vaals Mendeleyev – Klapeyron tenglamasiga tuzatmalar kiritib, real gazning holat tenglamasini chiqardi.
Miqdori 1 mol bo’lgan ideal gaz uchun Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi
(1)
bu yerda - gazning hajmi yoki molekulalar erkin harakat qilishi mumkin bo’lgan idishning hajmi. Real gazda bu hajmning b qismini molekulalarning o’zlari egallaydi. Shuning uchun real gaz molekulalari harakatlanishi uchun amaldagi bo’sh hajm dan kichik bo’lib, u - b ga teng bo’lib qoladi. Buni e’tiborga olsak
(2)
Lekin b ning o’zi molekulalarning xususiy hajmlari yig’indisidan katta. Chunki, har qanday zich joylashtirilganda ham molekulalar orasida bo’sh hajm qoladi. Bundan tashqari molekulalarni juda zich joylashtirib bo’lmaydi. Chunki, ular bir – biriga juda yaqinlashtirilganda o’zaro itarish kuchi paydo bo’ladi.
Real gaz molekulalari orasida o’zaro ta’sir kuchi mavjud bo’lgani uchun tashqi p bosimga yana qo’shimcha ravishda p1 bosim paydo bo’ladi. Shuning uchun quyidagini yozamiz
(3)
hisoblashlar ko’rsatadiki
(4)
(3) va (4) dan
(5)
bu miqdori 1 mol bo’lgan real gazning holatini ifodalaydi va unga Van – der – Vaals tenglamasi deyiladi.
Ixtiyoriy m massali gaz uchun bu tenglama quyidagicha yoziladi
(6)
bu ifodalardagi a va b sonlari har bir gaz uchun alohida qiymatlarga ega bo’lib, ularga Van – der – Vaals doimiylari deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |