Karno sikli. Foydali ish koeffitsiеnti



Download 1,05 Mb.
Sana10.06.2022
Hajmi1,05 Mb.
#651376

Karno sikli. Foydali ish koeffitsiеnti.

II bosh qonun 1824 yilda S. Karno tomonidan ochilgan va Karno sikli bilan bog’langan. Shunga ko`ra, bu sikl amaliy hamda tarixiy ahamiyatga egadir. Karno siklida, o`z-o`zicha bormaydigan – issiqlikni ishga aylanish jarayoni o`z-o`zicha boruvchi jarayonni issiqdikning issiq jismdan sovuq jismga o`z-o`zicha o`tish jarayoni bilan qo`shib birgalikda olib borganda amalga oshishi mumkinligi, shu bilan birga texnikada amaliy ahamiyatga ega bo`lgan foydali ish koeffitsienti ( ) ning nimalarga bog’liqligi va uni oshirish usullari ko`rsatilgan.


Karno sikli T1 – temperaturali issiqlik manbai va T2 – temperaturali sovitkich rezervuaridan iborat. Ular juda katta hajmda bo`lib, isitkichdan issiqlik olinganda va sovitkichga issiqlik berilganda, ularning temperaturasi deyarli o`zgarmaydi. Hamma jarayonlar kvazistatik muvozanat holatidan cheksiz kichik farq qiladigan holatda bosqichlab olib boriladi. Bular esa hamma jarayonni termodinamik qaytar ravishda olib borishni ta’min qiladi. Karno sikli aylanma jarayon bo`lib, jarayondan so`ng sistema va tashqi muhit o`zining oldingi holatiga qaytadi. Ikki rezervuar o`rtasida ishchi jism – ideal gaz o`rnatilgan, gaz kengaygan-siqilganda porshen ideal holatda harakat qiladi. Karno sikli quyidagi rasmda (12-rasm) tasvirlangan.
Karno siklida ish bajarish siklik, ya’ni aylanma jarayon natijasida amalga oshiriladi. Bu sikl birin-ketin boradigan to’rtta qaytar jarayondan iborat:
a) gazning izotermik kengayishi – AB izotermasi;
b) gazning adiabatik kengayib, sovishi – BC adiabatasi;
v) gazning izotermik siqilishi – CD izotermasi;
d) gazning adiabatik siqilib, isishi – DA adiabatasi;

12-rasm. Karno sikli.
a) 1 mol ideal gaz issiqlik manbaidan issiqlik olib, T1 temperaturada V1 dan V2 gacha AB izoterma bo`ylab qaytar tarzda kengaysin; bunda sistema bajargan ish A1 bo`lsin, sistemaning bajargan ishi musbat (+), sistema ustidan bajarilgan ish manfiy (–) ishora bilan belgilanadi:
A1 = RT1 ln (A1>0) (3.1)
Bu ish miqdori kvadrat yuzasiga teng bo`ladi.
b) birinchi jarayon natijasida B nuqtaga kelgan gazni issiqdik manbaidan ajratib, adiabatik ravishda (ya’ni ) V3 gacha kengaytiramiz. Bu kengayishda sistema issiqlik manbaidan ajratilganligi sababli, o’zining ichki energiyasi hisobiga ish bajaradi:
A2 = -U = CV (T1-T2) (A2>0) (3.2)
Bu ish mikdori kvadrat yuzaga teng bo’ladi.
v) sistema T2 da CD izotermasi bo’ylab V3 dan V4 gacha siqilganida, sistema ustidan bajarilgan ish quyidagiga teng bo’ladi:
(A3<0) (3.3)
ish miqdori kvadrat yuzaga teng.
g) siklning oxirida ideal gaz V4 dan dastlabki xajmi V1 gacha DA bo`ylab adiabatik siqilganida bajarilgan ish:
A4 = U = CV(T1-T2) (A4<0: U>0) (3.4)
Bu ish kvadrat yuzaga teng bo`ladi. Agar Q1 – issiqlikdan olingan va Q2 – sovutgichga berilgan issiqlik bo`lsa, umumiy bajarilgan ish:
A = Q1 – Q2 = A1+A2+A3+A4 (3.5)
A2 bilan A4 ning qiymati teng, lekin ishorasi qarama qarshi bo’lganligidan
A = Q1 – Q2 = A1 + A3= RT1ln (3.6)
BC va DA adiabatik jarayonlarga Puasson formulasi tadbiq etilsa: BC jarayon uchun: T1V2γ-1 = T2V3γ-1 DA jarayon uchun: T1V1γ-1=T2V4γ-1
bo’ladi; ularni bir-biriga bo`lib, γ-1 darajali ildizni olsak, bo`ladi. Buni
A = Q1-Q2 = A1+A3= RT1ln
tenglamaga qo`ysak,
A = Q1-Q2 = R (T1-T2) ln (3.7)
Bu ish kvadrat yuzasiga teng bo’ladi.
Bu tenglamaning chap tomonini ga, o’ng tomonini unga teng bo`lgan RT1ln ga bo`lsak:

yoki
(3.8)
bo`ladi. Q1-Q2 ayirma isitgichdan olingan issiqlikning ishga aylangan qismini ifodalaydi, uning Q1ga nisbati foydali ish koeffitsienti (FIK)dir:
= = (3.9)
bo`ladi.
Shunday qilib FIK isitkich va sovutkichning temperaturalari ayirmasiga bog’liq bo`lib, jism qanday materialdan tashkil topganligiga va uning tabiatiga bog’liq emas.(Karno-Klauzius nazariyasi). Issiqlikning ishga aylanish imkoniyati tenglama = = bilan chegaralangan bo`lib, doimo birdan kichik bo`ladi va qaytar ravishda ishlovchi har qanday mashinaning foydali ish koeffitsienti = = tenglamadan ko`p, ya’ni Karno sikli foydali ish koeffitsientidan ko`p bo`lishi mumkin emas (Karno qonuni).
Bir xil temperatura chegarasida (T1–T2) qaytar va qaytmas ishlovchi mashinalar bo`lsa, doimo qaytmas ishlovchi mashinaning FIK hamisha kam bo`ladi. Mashinaning ishlash jarayonida, qanday bo`lmasin qaytmas jarayon borsa, masalan, ishqalanish natijasida ish issiqlikga aylansa u FIKning kamayishiga olib keladi. Jarayon qaytar jarayonga yaqinlashgan sari ko`p ish bajariladi. Shunday qilib, qaytar ravishda ishlovchi mashinaning FIK eng ko`p bo`ladi va maksimal ish bajariladi, bu ishga Amax — maksimal ish deyiladi.
Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish