- Urush vaqtida birgina Vallenteyn armiyasi talonchilik qilib qolmadi, balki qaroqchilar otryadining boshliqlari, ya`ni katolik, protestant armiyalarining oficyerlari dehqonlarni talashda bir-biridan o`tib tushdilar, ulardan ba`zilari million-million boylik egasi bo`lib oldilar. Vallenshteynning urushda topgan boyligi qariyb 9 million gel`denni tashkil qildi.
Dehqonlarning yersizlanishi - Dehqonlarning ersizlanishi turli joylarda turli darajada yuz berdi. Sharqiy Germaniyada (Brandenburg, Prussiya, Pomeraniya, Maklenburgda) dehqonlar eng ko`p zarar ko`rdi. Mahalliy dvoryanlar bu erda chorvachilikni rivojlantirishni o`zlari uchun eng foydali ish deb bildilar, shuning uchun XVII-XVIII asrlarda Maklenburgdagi dehqonlarning ersizlanishi va o`z oqibatlari jihatidan Angliyadagi g’ov tutishni eslatar edi. Pomeshchiklar dehqonlarning yerlarini bosib olib, ularni chorva mollar boqiladigan yaylovga aylantirar, dehqonlarning o`zlarini esa pomest`ega berkitib qo`yilgan batraklarga aylantirar edilar.
Prussiya davlati hududi va aholisi - Prussiya territoriyasining hajmi (118, 4 ming kv. M) jihatidan 10 o‘rinda, aholisining soni (22 mln) jihatdan esa 13 o‘rinda turar edi. Shu sababli soliqlar sistemasini haddan tashqari kuchaytirishni talab etar edi. F. Vilgelm I dvoryanlar qarshiligini sindira oldi, bu harakat avjiga chiqqan paytda, u mag‘rurlik bilan Shunday dedi: “Men o‘z maqsadimga egaman va davlatni mustahkamlayman, toj-taxtni bronza qoyadek mahkam qilib qo‘yaman”. Bora-bora pomeshchiklar qirolning soliqlar solish siyosatiga ko‘nikib qoldilar. Yunkerlar orzu qilgan o‘lka klassik feodal- krepostnoylik tuzumi hukm surgan Prussiyada kuchli armiya mavjud bo‘lgandagina yashay olishni ular tushundilar. Bundan tashqari soldatlar soni ham ortdi.
Fridrix I hukumronligi davri - Fridrix I davlat mablag‘lariga andishasizlik bilan qarar, ularni o‘z kisasidagi puldek sarflashga odatlanib qolgan edi. Davlat daromadlari bor yo‘g‘i 3 mln. Dan sal ko‘proqni tashkil etgani holda, u toj kiyish marosimining bir o‘zigagina 6 mln. Sarfladi. Fridrix I o‘z a’yonlari bilan Kenigabergga toj kiyish marosimiga yo‘lga chiqqanda, navbatma-navbat 30 ming otga minib borishdi. XVIII asrda Prusiya siyosiy sistemasini yaratgan kishi F. Vilgelm I (1713-1740) deb hisoblanadi, holbuki u ham otasi singari ot va itlarga juda ishqiboz bo‘lib, lekin farqi Shunda ediki, ortiqcha pul sarf qilishdan qo‘rqardi. U otasi o‘lgandan keyin ko‘p saroy a’yonlarini haydab yubordi. Pulning tashqariga chiqib ketishiga xalaqit berish maqsadida u ko‘pchilik chet el tovarlarining keltirilishini ta’qiqlab qo‘ygan edi. Madaniyat va san’at sohalarini taraqqiy etishiga yo‘l qo‘ymas edi. Uning podsholigi vaqtida Prussiya armiyasi 2 baravar ko‘paydi. Yeri kam bo‘lgan uning kichikroq bir mamlakatini Evropada 4-o‘rinda turgan armiyani boqishga majbur edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |