5-2 tar 20 guruhi talabasi abdurahmonov sardorning jahon tarixi fanidan “xvii asr II yarmi XX asr boshlarida Germaniya”mavzusi uchun tayyorlagan taqdimot-slayd
5-2 TAR 20 GURUHI TALABASI ABDURAHMONOV SARDORNING JAHON TARIXI FANIDAN “XVII ASR II YARMI XX ASR boshlarida Germaniya”mavzusi uchun tayyorlagan taqdimot-slayd
Reja
O‘ttiz yillik urushdan keyin Germaniyaning ahvoli. Brandenburg – Prussiya davlatining tashkil topishi.
Germaniyada xalq harakatlari. Nemis milliy madaniyati taraqqiyoti.
Germaniya imperiyasining tashkil topishi, XIX asr oxirgi choragida Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi. Ichki siyosat
XIX asrning oxirgi choragida Germaniyaning tashqi siyosati. Birinchi jahon urushida ishtirok etishi.
Oʻttiz yillik urushdan soʻng germaniya ahvoli
O`ttiz yillik urush Germaniya iqtisodiyotining umumiy turg’unligiga va hatto tushkunlikka yuz tutishiga olib kelgan birdan – bir yoki eng muhim sabab bo`ldi, deb hisoblash to`g’ri emas edi. Lekin urush natijasida yuz bergan vayronagarchilik mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida reformaciya davri hamda dehqonlar urushi etilgan vaqtdan buyonko`rina boshlangan tendenciyalarni batamom oshkora ko`rsatib berdi. Germaniyaning hamma erida soldatlar beboshligi hukm surdi. Hamma joyda kontribuciyalar solinar, aholi talanar, uy-joylarga o`t qo`yilar, kishilarga jabr-zulm qilinar va o`ldirilar edi. Germaniya jahon savdosidan chetga chiqib qolgan edi, jahon savdosining yo`llari esa yangi tomonlarga o`tib ketgan edi. Italiya va Germaniyaning shu vaqtgacha mavjud bo`lgan iqtisodiy markazlari o`zining ilgarigi ahamiyatini yo`qotgan edi.
Oʻttiz yillik urushdan soʻng germaniya iqtisodiyoti va sanoati.
30 yillik urushdan keyin Germaniya G’arbiy Evropadan ancha taraqqiy etgan mamlakatlardan ya`ni Gollandiya, Angliya va Fransiyadan orqada qolgan va ularga qaram bo`lgan davlat edi. XVI asr boshlaridagi dehqonlar urushi mag’lubiyatga uchraganligining salbiy oqibatlari ham o`z ta`sirini ko`rsatmoqda edi. Chunki, shu salbiy oqibatlari natijasida mamlakatning siyosiy jihatdan parchalanishi kuchayib ketgan edi. XVII va XVIII-asrlarda Germaniya savdo-sotiq rivojlangan Gollandiyaga hamda sanoati taraqqiy etgan Angliyaga ko`p jihatdan qaram bo`lgan edi. Bu davrda eng katta iqtisodiy o`zgarishlar Germaniyaning faqat qishloq xo`jaligida yuz berdi, chunki qishloq xo`jaligi kapitalistik jihatdan ancha taraqqiy etgan mamlakatlarning kapitalistik manufakturasi uchun sanoat xom-ashyosi hamda g’alla etkazib beruvchi bo`lib qolgan edi.