Ma’muriy-huquqiy me’yorlarning makon bo‘yicha harakatlanishi - me’yortiy aktni chiqaruvchi davlat organining davlat boshqaruvi organlari tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq. Makon bo‘yicha harakat qiluvchi me’yorlar, respublika va mahalliy me’yorlarga, umumiy va sohaviy me’yorlarga, shuningdek, ma’lum bir korxona, muassasa doirasida harakat qiluvchi - lokal me’yorlarga bulinadi.
Ma’muriy-huquqiy me’yorlarning jismoniy shaxslar doirasi bo‘yicha harakatlanishi, ularning tutgan holatiga bog‘liqdir, ya’ni bu me’yorlar umumiy yoki ma’lum bir guruhlarga qo‘llaniladigan me’yorlarga bo‘linadi (masalan, harbiy xizmatchilar, yo‘lovchilar, jamoat joylarida bo‘lgan shaxslarga nisbatan harakat qiladigan me’yorlar va h.k.lar). Ko‘pgina ma’muriy-huquqiy me’yorlar faqat davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning faoliyatini tartibga solishga qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy-huquqiy me’yorlarni o‘zida aks ettirgan vazirlikning huquqiy xujjatlari faqat vazirlik tizimi doirasida harakat qiladi. Davlat qo‘mitalari va ba’zi vazirliklar tomonidan o‘rnatilgan qoidalar sohaviylik xarakteriga ega bo‘lib, kimning bo‘ysinuvida bo‘lishdan qat’iy nazar, tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari. Huquqning ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etishi muammosi davlat va huquq nazariyasi uchun muhim metodologik ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan klsmi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Hukuq normalari o‘z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantirish, ya’ni ularni tartibga solish bilan huquq hayotga tatbiq etiladi.
Huquqiy munosabat - o‘zaro sub’yektiv hukuq va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar (ya’ni, huquq sohiblari) o‘rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir.
Hukuqiy munosabat ta’rifidagi asosiy narsa, avvalo, bu tomonlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon huquq sohiblari ishtirok etib, o‘zaro muloqotga kirishadilar.
Sohiblar bir-biri oldida tegishli sub’yektiv hukuq va majburiyatlarni o‘taydilar. Xukuqiy munosabat ishtirokchilarining hukuq va majburiyatlari bir-biri bilan o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq; bir tomonning hukuqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq, keladi. Masalan, ishga kirish bilan bog‘liq hukuqiy munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma’muriyatida esa tegashli ish haqi to‘lash majburiyati paydo bo‘ladi. Ayni paytda, ikkala sohib ham qonunda belgilangan qator huquklardan foydalanadilar.
Yuridik adabiyotda xukuqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha munozarali. Bir gurux olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi deb hisoblaydilar (L.S.Yavich, V.K.Babayev, Yu.I.Grevsevlar) Boshqa mutaxassislarning ta’kidlashicha: (huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi emas, ya’ni ular mulkiy, mehnat, oilaviy, boshqaruv munosabatlari silsilasida mustaqil o‘rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar faqat ularning yuridik shakli, ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi... Ijtimoiy munosabatlar huquqiy shaklga ega bo‘lishi mumkin, bunda ular huquqiy munosabatlar deb ataladi». To‘g‘ri, ijtimoiy munosabatlarnring hammasi ham huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat manfaatlari nuqtai-nazaridan eng muxim ijtimoiy munosabatlar hukuq bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyosiy normalar, jamoat birlashmalari normalari, odat qoidalari, diniy normalar va hoka-) bilan tartibga solinadi.
Huquqiy munosabatlar quyidagi xususiyat va maxsus belgilar bilan tavsiflanadi: A) Huquqiy munosabat - ijtimoiy tusdagi munosabat, ya’ni insonlar o‘rtasidagi munosabat bo‘lib,, bu ularning faoliyati, xulq-atvori bilan bevosita bog‘liqdir. Aytaylik, mulkdor buyumga nisbatan muayyan huquqlarga ega. Biroq, bu huquklar real hayotiy mazmunga ega bo‘lishi uchun mulkdor mazkur buyum ustidan boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishi lozim. Xususan, mulkdor shaxs buyumni o‘zga kishiga sotishi, o‘zining mulkdan foydalanish huquqini unga o‘tkazishi, hadya qilishi mumkin. Ayni paytda, ulardan o‘zining mulk huquqiga rioya etishlarini talab qila oladi. Hukuqiy munosabat har qanday ijtimoiy munosabat kabi insonlar ongli faoliyatining natijasidir. Kishilar o‘rtasidagi huquqiy aloqalar ongli va ularning oqilona faoliyat natijasi hisoblanadi. Huquqiy munosabat ijtimoiy munosabatning maxsus ko‘rinishi sifatida rang-barang ijtitimoiy hayotning butun borliga va boyligi bilan uzviy bog‘liq hamda mazmunan u bilan belgilanadi. Zero, har qanday ustqurma voqeligi kabi huquqiy munosabatlar ham moddiy iqtisodiy munosabatlarga, bazisga asoslanadi. Bu ustuvor metodologik fikrga yana shuni qo‘shimcha qilish mumkin:
Huquqiy munosabatlar, nafaqat, iqtisodiy munosabatlarga, balki xayotda huquqning mavjud bo‘lishini taqozo etadigan barcha holatlarga ham tayanadi.
Xukuqiy munosabatlarni tavsiflaganda hamisha e’ti-bor beriladigan muhim sifatlardan biri ularning mafkuraviy tabiatidir. Mafkuraviylikni sobiq totalitar tuzumdaga sinfiylik bilan aralashtirib yubormaslik lozim. To‘g‘ri, mafkura sinfiy intilish va manfaatlarni aks ettirishi mumkin. Biroq, bu hol ular aynan bitta hodisa, degan xulosani bermaydi. O‘z mohiyatiga ko‘ra, mafkura ijtimoiy-siyesiy hayotga oid turli qarashlar, nazariyalar tizimidir. Masalan, erkin bozor va tadbirkorlik munosabatlariga o‘tish - mafkuradir; davlat va jamiyatning dinga munosabati ham mafkura; aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish ham mafkura va hokazo. Shuningdek, huquq va unga mutanosib huquqiy munosabatlar hamisha mafkuraviy hodisalar bo‘lib qoladi. Bu yerda, eng muhimi, huquqning tor sinfiy manfaatlarga emas, aksin-cha, umuminsoniy qadriyatlar va manfaatlarni ifodalashga yo‘naltirilganligidir. Mafkuraviylikning yana bir xususiyati shundaki, huquqiy munosabatlar avvalambor kishilar ongi orqali (huquqiy ong sifatida mavjud) bo‘lib, so‘ng real voqelikka aylanadi.
b) Xukuqiy munosabat - hukuk normalarining insonlar xulq-atvoriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat. Hukuq normasi bilan huquqiy munosabat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Hayotda faqat yuridik normalarda nazarda tutilgan hukuqiy munosabatlargina mavjud bo‘ladi. Kishilar o‘rtasidaga muayyan munosabatlarga hukuqiy norma ko‘llanilgach, ular hukuqiy munosabatlarga aylanadi. «Ijtimoiy munosabatlarning huquqiy tartibga solinishini ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniy jarayon deb tushunish lozim. Buning sharti shuki, huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan, hukuqiy voqelikdan bevosita kelib chiqishi kerak, chunki hukuqiy normalar munosabatlarni tug‘diruvchi sabab bo‘lishdan avval ushbu munosabatlar ichki rivojlanishning oqibati, ularning zaruriy, moxiyatiga oid maxsus belgisi bo‘lganligidir.
v) Hukuqiy munosabat - kishilarning o‘zaro sub’yektiv xukuklari va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalaridir. Bu aloqaning alohida shakli. Ya’ni, huquq normalari bilan mustahkamlangan hukuk, va majburiyatlar orqali amalga oshadigan aloqadir. Sub’yektiv hukuk sohibi huquqdor, vakolatli shaxs; yuridik majburiyatlar egasi - majburiyat o‘tovchi shaxsdir. Har kanday huquqiy munosabatda huqukdor shaxs qarshisida majburiyat o‘tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi)hozir bo‘ladi. Xuddi shu ma’noda hukuqiy munosabat individuallashgan (ya’ni, shaxsi aniqdangan) aloqa xisoblanadi. Shaxsini belgilash nomma-nom va ijtimoiy vazifani bajarishdagi roliga qarab ikki ko‘rinishda bo‘ladi.
Shaxsini nomma-nom belgalashda huquq soxiblari o‘z ismi-shariflari, tashkilotlar esa o‘zlarining to‘liq unsur-lari bilan nomlanadilar. Masalan, nikoh munosabatlariga kirishuvchi shaxslarning aiiq ism-shariflari ifoda etiladi. Yoki mahsulot yegkazib berish, yuk tashib berish munosabatlariga kirishgan tashkilotlarning barcha unsurlari, to‘liq nomlanishi va boshqa muhim belgilari anik. ko‘rsatiladi.
Ikkinchi xolatda sub’yektlarni nomma-nom yoki unsurlar (rekvizitlar)ga qarab belgilash talab etilmaydi. Faqat ularning ijtimoiy roli, vazifasi ta’kidlanadi. Masalan, oldi-sotdi munosabatlarida bir tomon-sotuvchi, ikkinchi tomon-xaridor. Yoki ma’muriy huquq buzilishi munosabatlarida bir tomonda militsiya xodimi, ikkinchi tomonda fuqaro va hokazo.
g) Xukuqiy munosabat - irodaviy munosabatdir. Ma’lumki, huquqiy normalarda muayyan davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga hukuqiy munosabat vujudga kelishi uchun uni ishtirokchilarining ham irodasi talab qilinadi. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha ishtirokchilar irodasi bayon etilishi lozim. Aytaylik, nikohga kirayotgan har ikki tomon o‘z irodasini bildirishi yoki oldi-sotdi munosabati sotuvchi bilan xaridor xohish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin. Ba’zi huqukiy munosabatlarda bir tomon iroda bayon etsa, yetarli hisoblanadi. Bunday xukuqiy munosabatlar, xususan, ma’muriy ishlar yoki huquqni muhofaza etuvchi idoralar amri bilan ko‘zg‘atiladigan jinoyat ishlari bo‘lishi mumkin.
d) Xukuqiy munosabat - davlat tomonidan qo‘riqlanadigan munosabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va manfaatlari aks ettirilganligi bois davlat ularning talablari to‘la-to‘kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriy bajarilmagan takdirda davlatning majburlash tizimi ishga tushiriladi. Davlat huquqni qo‘riqlash orqali, ayni vaqtda, huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo‘riqlaydi. Huquqiy munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzda qo‘riqlanganligi bilan ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan farq qiladi. Davlat tomonidan qo‘riqlanadigan huquqiy munosabatlar tizimi jamiyatdagi hukuqiy tartibotning asosini tashkil etadi.
Shunday qilib, hukuqiy munosabat - huquqiy normalarning kishilar xatti-harakati, hulq-atvoriga ta’sir etishi oqibatida vujudga keladigan, davlat tomonidan qo‘riklana-digan hamda uning ishtirokchilarida sub’yektiv hukuq va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Jamiyat hayotida yuzaga keladigan hukuqiy munosabatlar nihoyat darajada turli-tumandir.Ularni bir kancha mezonlar asosida tasniflash mumkin. Huquqiy munosabatlarni kuyidagi mezonlar asosida guruxlash, turlarga ajratish, ya’ni tasniflash maqsadga muvofiq:
1) Huquq sohalariga tatbiqan, ya’ni huquk normalarining muayyan hukuq soxasiga tegashliligiga qarab hukuqiy munosabatlar quyidagi turlarga bo‘linadi: davlat-huquqiy (konstitutsiyaviy) munosabatlar; fuqaroviy-huquqiy munosabatlar; jinoiy-hukuqiy munosabatlar; mexnat-huqukiy munosabatlar; moliyaviy-hukuqiy munosabatlar va hokazo. Shuningdek, mazkur tasniflash doirasida moddiy va protsessual huquqiy munosabatlar; xususiy-xukuqiy hamda ommaviy-huquqiy munosabatlar xaqida gapirish lozim.
2) Hukuqiy munosabatlar o‘zining vazifasi, funksional belgilanishiga ko‘ra tartibga soluvchi (regulyativ) vaqo‘riqpovchi (negativ) turlarga ajratiladi. Bu yerda tasniflash mezoni - huquqning dinamik va statik funksiyalariya’ni tartibga soluvchi funksiyasidir. Tartibga soluvchi huqukiy munosabatlar huquq sub’yektlarining mo‘’tadil xulq-atvorlari, ya’ni huqukqa muvofiq xatti harakatlari natijasvda yuzaga keladigan munosabatlardir. Qo‘riklovchi huquqiy munosabatlar huquqni buzish sodir etish va buning uchun jazo tarzida davlat majburlov chorasini ko‘llash zaruriyati asosida kelib chiqadigan munosabatlardir.
3) Hukuqiy munosabat ishtirokchilarining huquk va majburiyatlari tengligi yoki hokimlik-bo‘ysunish (iyerarxik) tarzidaligiga qarab bu munosabatlar farqlanadi. Tomonlar mavqeining, xukuq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan hukuqiy munosabatlar, masalan, fuqaroviy-hukuqiy, oilaviy-huquqiy munosabatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Hokimlik va itoat etish (ya’ni, avtoritar) zmunidagi huquqiy munosabatlar, jumladan, jinoiy-sh, ma’muriy-huqukiy munosabatlar shaklida bo‘ladi. bir taraf ko‘proq huquqqa, hokimiyat vakillik vako-atlariga ega. Ikkinchi taraf esa itoat holatida bo‘lib, nisbatan ko‘proq majburiyat o‘taydi.
4) Adabiyotlarda kompleks (majmuiy) huquqiy munosabatlar haqida ham gapiriladi. Bunday munosabatlar uzoq davom eguvchi, nisbatan turg‘un, murakkab tarkibli bo‘lib, ulardagi o‘zaro huquq va majburiyatlar ko‘p qirraliligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu turdagi munosabatlarga er-xotin o‘rtasidaga munosabatlar yoki korxona ma’muriyati bilan xodim o‘rtasidagi munosabatlar va hokazo misol bo‘la oladi. Kompleks huquqiy munosabatlar o‘z tatbiqi jarayonida bir necha oddiy huquqiy munosabatlarga bo‘linadi. turlarga ham bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |