Huquqiy munosabatlarning sub’yektlari. Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi, ularning vujudga kelishi uchun zarur bo‘lgan tarkibiy kismlar mazkur munosabatlarning unsurlari deb ataladi. Bular huquqiy munosabatlarning sub’yekti, ob’yekti, sub’yektiv huquq va yuridik. majburiyatlardir. Hukuqiy munosabat, avvalambor, insonlar (insonlar jamoasi) o‘rtasidagi aloqa, bog‘lanish, munosabatdir. Shu nuqtai nazardan hukuqiy munosabat o‘z ishtirokchilariga, taraflariga ega. Har qanday munosabat ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasidagi bog‘lanish, muloqot sifatida talqin etiladi. Binobarin, muayyan sub’yektlarning mavjud bo‘lishi huquqiy munosabatlar amalga oshishining muqarrar sharti hisoblanadi.
Xukuqiy munosabatlar sub’yektlari - huquqiy normalar tufayli muayyan munosabatlar ishtirokchisi hamda sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlar egasi bo‘lgan insonlar yoki tashkilotlardir.
Ta’rifdan ma’lum bo‘lishicha, hukuqiy munosabat sub’yekt-lari ikki toifaga bo‘linadi: insonlar yoki jismoniy shaxslar va tashkilotlar (jamoaviy sub’yektlar). Jismoniy shaxslarga tegishli davlatning fuqarolari, shu mamlakat hududda turgan xorijiy davlat fuqarolari va fukdroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Xukukning jamoaviy sub’yektlariga turli-tuman davlat va nodavlat idoralar hamda tashkilotlar, shuningdek davlatning o‘zi ham kiradi. Jamoaviy sub’yektlar sifatida ba’zan ijtimo iy birliklar ham tushuniladi: masalan, referendum yoki saylovlar o‘tkazilgan chog‘ida - xalq ana shunday sub’yekt hisoblana-di. Fuqaroviy xukuqiy munosabatlarda jamoaviy sub’yektlar yuridik shaxslar sifatida maydonga chiqadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida jismoniy va yuridik shaxslar ta’rifi berilgan. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fukarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi. Qonun barcha fuqarolarning xukuq va burchlarga ega bo‘lish kobiliyatini (qukuqiy layoqatini) teng ravishda e’tirof etadi. Kodeksning 39-moddasida yuridik shaxs tushunchasi bayon etilgan.
Unga muvofiq, o‘z mulkiga, xo‘jalik yuritishida yoki kundalik boshkaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob bera-digan, o‘z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquklarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majbu-riyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxsning hukuqiy layokati va muomala layoqatibir vaqtda, ya’ni u tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tugatiladi.
Yuridik shaxsning maxsus hukuq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi.Davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar quyida hollarda huquqiy munosabatlarning sohibi bo‘ladilar: a) o‘zlarining xokimiyat yeki qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish orqali; b) jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyesiy hayotida foliyatida ishtirok etish orqali; v) xo‘jalik va mulkiy munosabat bilan bog‘liq faoliya
ni amalga oshirish orqali.
Davlatning o‘zi to‘ligicha huquq sohibi bo‘lish hola lari ham mavjud. Masalan, xalqaro-huquqiy munosabalarda ya’ni, xorijiy davlatlar bilan muloqotga kirishganda; davlat huquqiy munosabatlarda, - ya’ni, federatsiya bilan uning sub’yektlari o‘rtasida aloqalar amalga oshganda yoki davlat fuqaroligiga qabul qilishda yoxud davlat o‘z fuqarosiga faxriy unvonlar berganda va hokazo holatlarda fukaroviy-huquqiy munosabatlarda, - ya’ni, davlat mulki bilan bog‘liq munosabatlarda, ijtimoiy xarakterdagi tarixiy, milliy, ilmiy, madaniy va moddiy boyliklarga davlat merosxo‘r (voris) bo‘lgan hollarda; jinoiy hukuqiy munosabatlarda, - ya’ni, jinoiy ish bo‘yicha hukm yoki fuqarolik ishi bo‘yicha hal qiluv karori davlat nomidan e’lon qilinadi.
Davlat ishtirok etadigan mulkiy munosabatlar davlat mulki, tashqi savdo, kredit, boj va qarz masalalarida vujudga keladi. Muayyan hollarda davlat yagona huquq sub’yekta sifatida maydonga chiqadi. Masalan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga muvofiq, O‘zbekistonda yer, yer osti boyliklariga, suv va o‘rmonga, temir yo‘lga, havo va suv transportiga, aloqa vositalariga egalik qilish huquqi faqat davlatga tegishlidir. O‘zbekiston Reslublikasi - xalqaro huquqiy munosabatlar sub’yekti, ya’ni ma’lum hukuq va majburiyatlar egasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |