Ma’muriy-huquqiy me’yorlar va ma’muriy huquqiy munosabatlar.
4 soat
Reja:
1. Ma’muriy-huquqiy me’yorlarning tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Ma’muriy-huquqiy me’yorlarning tasnifi.
3. Ma’muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va turlari.
4. Ma’muriy-huquqiy munosabat sub’yektlari.
5. Ma’muriy-huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Ma’muriy-huquqiy me’yorlar tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari. Har kanday huquq sohasi huquqiy me’yorlardan iborat bo‘ladi. Bizga oldingi darslardan ma’lumki, ma’muriy huquq fani davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ma’muriy-huquq me’yorlari deganda - bu davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki tasdiqlangan (yoki sanksiyalangan) yurish-turish qoidasi bo‘lib, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Boshqa huquq sohalari me’yorlari kabi ma’muriy-huquqiy me’yorlar ham davlat tomonidan muhofaza kilinadi.
Ma’muriy-huquqiy me’yorlar - davlat boshqaruvi sohasida davlat boshqaruvi organlari, davlat xizmatchilari, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotlar, mehnat jamoalari va fuqarolarning qonunchilik bilan ruxsat etilgan yurish-turish qoidalari chegarasini belgilab beradi.
Ma’muriy-huquqiy me’yorlar davlat boshqaruvi ob’yekt va sub’yektlarining o‘zaro munosabatlari, boshqaruv va boshqariluvchi faoliyatning ko‘pgina tomonlarining huquqiy rejimini belgilab beradi. Ushbu me’yorlar fuqarolarning huquq va majburiyatlarini, ularni amalga oshirish tartibi va kafolatlarini belgilab beradi.
Huquq ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etuvchi vosita sifatida doimo, muayyan xulq-atvor, xatti-harakat qoidasi sifatida o‘zini namoyon etib, u tegishli hayotiy holatlarda huquq sub’yektlari tomonidan qayta-qayta qo‘llanishga mo‘ljallangandir.
Huquq o‘z ichki tuzilishiga ega. Yaxlit bir tizim sifati-hukuq tizimi o‘z ichiga huquq tarmoqlarini, huquq in-stitutlarini oladi. Hukuq tizimining eng kichik, birlamchi tarkibiiy unsuri bo‘lib, huquk. me’yori hisoblanadi. Agar huquqni , huquq tizimini bir bino deb qaraydigan bo‘lsak, huquq me’yori uning bir g‘ishti sifatida yoki bir jonli organizmning eng kichik bir hujayrasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu bois, unda hukuqka xos bo‘lgan muhim belgilar jamlangan bo‘ladi. Huquq me’yori hokimiyat tepasida turgan siyosiy kuchlarning amr-irodasini ifodalaydi; davlat tomonidan o‘rnatilgan yoki sanksiyalangan bo‘ladi; barcha huquk, sub’yektlari tomonidan bajarilishi majburiy; aks holda davlatning majburlov kuchi bilan ijrosi ta’minlanadi; me’yortiv aktlarda va boshqa hukuq manbalarida ifodalanadi. Ayni paytda, huquq me’yoriga yaxlit bir tizimning eng kichik bo‘lakchasi sifatida o‘ziga xos jihatlar ham tegashlidir.
Aslida «me’yor» so‘zi lotincha bo‘lib, u o‘zbekchada «qoida»,”namuna” ma’nolarini anglatadi. Darhaqiqat, har bir me’yor o‘zida biron-bir xatti-xarakat, xulq-atvor qoidasini, muayyan yurish-turish modelini ifodalaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 48-moddasiga binoan, fuqarolar Konstitutsiya va konunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning hukuklari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar, - bu huqukiy me’yor fuqarolarning amaldagi qonunchilikka nisbatan qanday-harakat qilishi to‘g‘risidaga qoidalarni o‘zida mustahkamlagan. Shunday qilib, huquq me’yori - barcha huquq sub’yektlargari uchun majburiy bo‘lgan, davlat tomonidan o‘rnatilgan va sanksiyalangan xatti-harakat qoidasi, xulq-atvor namunasi bo‘lib, unda ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi.
Huquq me’yorida mustahkamlangan harakat, xulq-atvor qoidasida jamiyatning, xalq hayotining moddiy sharoitlari bilan belgilanadigan erki, manfaatlari ifodalanadi. Huquq me’yori shaxslarning bir-biri bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatida qanday xatti-harakat modeliga, namunasiga rioya etishlari lozimligini, ya’ni qaysi harakatlarni sodir etishlari lozimligini yoki etmaslik mumkin ekanligani ko‘rsatadi. Shu ma’noda, huquq me’yori huquqiy xulq mezoni sifatida o‘zini ko‘rsa tadi. Uning tartibga soluvchi vosita sifatidagi ahamiyati shunda ko‘rinadiki, biron-bir hukuq sub’yekti (xususan shaxs, organ, muassasa) o‘z harakatida xuquk, me’yorida mustahkamlangan qoidaga rioya etadi yoki boshqa huquq sub’yektidan huquq me’yorida belgilangan tegishli xatti-harakatni sodir etishni talab qiladi, shuningdek, belgilangan qoidaning bajarilmaganligi huquqbuzuvchiga nisbatan ta’asir chorasining qo‘llanishiga olib keladi.
Huquq sub’yekti huquq me’yorida belgalangan xatti-harakat namunasiga rioya qilgan holatida, xukuq me’yori o‘zini xatti-harakat o‘lchovi, xatti-harakat doirasi va chegarasi sifatida namoyon etsa, unda belgilangan qoida buzilganda esa, u huquq sub’yektining harakatiga baho berish vositasi sifatida o‘zini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, huquqning tartibga soluvchilik roli katta tarbiyaviy axamiyatga ega, shu bois huquq me’yori ham bo‘lishi mumkin bo‘lgan huquq buzilishi hollarining oldini olishga xizmat qiladi, chunki hukuq sub’yekti tomonidan belgilangan xatgi-harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda unga nisbatan ta’sir choralarining qo‘llanishiga olib kelad
Huquq me’yori - ijtimoiy me’yorlarning alohida 6ir turidir, u boshqa ijtimoiy me’yorlardan bir qator jihatlari bilan ajralib turadi. Avvalambor; huquq me’yori umumiy xarakterga egadir. U ijtimoiy munosab qatnashchilarining barchasiga, ularning xohish-istagiga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli bo‘ladi, ya’ni u biron bir konkret hol va hayotiy holatga mo‘ljallangan bo‘lmay, balki ularning muayyan bir ko‘rinishiga, turiga, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir kategoriyasiga, turkumiga tegishlidir (masalan: bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibinikohdan o‘tish va hokazo).
Huquqiy me’yorning umumiy xarakterga ega ekanligi avvalambor shunda ko‘rinadiki, toki huqukiy me’yorda ko‘zda tutilgan holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu me’yor ham qo‘llanaveradi, qo‘llanilgach esa kuchini yo‘qotmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi - «Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish» - shu paytgacha sodir etilgan va etilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarlik holla-rida qo‘llaniladi.
Huquqiy me’yorning yana bir muhim jihati uning davlat erki-irodasini, amrini ifoda etishida ko‘rinadi. Shu bois, huquq me’yori - muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan harakatni sodir etishni maslahat beruvchi tavsiyanoma tarzidagi qoida bo‘lmay, balki, shu me’yorda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligani belgilovchi-sh hokimona amr - buyruqdir. Zero, har qanday huquq si vakolatli davlat organi tomonqdan o‘rnatiladi yoki iyalangan bo‘ladi, shu bois davlat amri-irodasini ifo-(i, umummajburiy koida tariqasida amal qiladi. Huquq sida belgilangan lozim xatti-harakat qoidasi mabodo ilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi davlatning majburlov choralari harakatga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |