Adabiyotlar ro‘yxati:
1. O’zbekiston respublikasi oila kodeksi. 1-bob 75-modda.
2. Tohir Malik Umidimiz yulduzlariga yangi asr avlodi. Toshkent 2016
3. Xolmatova M., Muraveva N. Yoshlar oilaviy hayot bo‘sag‘asida – Toshkent: O‘zbekiston, 2000.
4. O. E. Eshmuradov “Oilaviy muhit va oilaviy munosabatlar psixologiyaning o‘rganish predmeti sifatida” “O‘zMU xabarlari” Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnali 2019 yil 1/6/1-soni. 162-164 betlar
SHAXS YETUKLIGI VA UNING IFODALANISHI
Egamov M.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat Universiteti Pisxologiya (faoliyatning barcha turlari bo’yicha) yo’nalishi 4-bosqich talabasi
Shaxs bilan bog’liq tushunchalar qatorida uning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, ma’naviy, falsafiy dunyosi bilan bevosita bog’liq bo’lgan bir tushuncha bor bu - yetuklik tushunchasi. Yetuklik tushunchasi V.I.Dalning rus tili izohli lug’atida “yetilish, pishish, o’ylab, fikrlab ish ko’rish davri” deb ifodalangan.
Yetuklik bu nima? Bu jismoniy yoshgina emas, balki bu ijtimoiy, emosional, ma’naviy va intellektual taraqqiyotdir. Yetuklik avvalom bor, subyektiv tushuncha bo’lib, yetuklikni belgilovchi mezonlargina emas, balki shaxsning o’zini shu tushunchaga va shu holatga bo’lgan munosabati ham muhimdir. Psixologiyada yetuklik tushunchasi ancha keng mushohada qilishni talab etadigan tushuncha. Zero bu tushuncha individ, shaxs va individuallik tushunchalari bilan bevosita bog’liq. Yetuklik deganda, insonni ma’lum yosh davrida uning rivojlanishiga qo’yilgan mezonlar asosida to’liq yetilishi, kattalar qo’yadigan talablarga javob berishi hamda o’zi ham aynan shu jarayonni anglab yetishi deb izohlashimiz mumkin. Yetuklikni izohlashda ekzensistensial tadqiqotlarga asoslangan holda shaxsni o’zini bu jarayonga munosabatini taxlil etish lozim. Shundan kelib chiqqan holda yetuklik:
Mas’uliyatni o’z bo’yniga olish va qaror qabul qilish;
yetakchi bo’lishga intilish, o’zi va atrofdagilarni boshqara olish;
o’zi va atrofdagilarni emosional va ruhiy qo’llab-quvatlashga tayyor bo’lish;
o’ziga ishonish va qat’iyat bilan harakat qilish;
falsafiy mushohada qili va fikrlarni umumlashtira olish;
o’z prinsiplarni himoya qilish, ilgari surgan qarashlarini tasdiqlay olish, tanlagan yo’lidan qaytmaslik, irodaviy mustahkam bo’lish;
shaxsiy individal qarashiga ega bo’lish;
hayotiy tajribani ortttirish va uni yosh avlodga berishga tayyor bo’lish;
realizm, rasionallik, qilingan ishlarini taxlil qilish, baholash va unga javob berisha olish;
hayotiy ijtimoiy rollarda o’zgarmaslik va to’g’ri bajarishga intilish.
B.G.Ananyevning fikricha, yetuklik mezonlarini ishlab chiqish va taxlilida “yetuklik” tushunchasi “katta bo’lish”, “kamol topish” tushunchalari bilan uyg’unlashib sinonimik qatorni tashkil etishi mumkni. Lekin aslida, subyektiv faoliyat va shaxs haqida gap ketganda ular, albatta, mazmun va mohiyat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Katta bo’lib yetilish bu hali yetuklik emas. Inson yuqorida qayd etilgan mezonlarni o’zida mujassamlashtirgandagina yetuklikka yetgani haqida gapirish mumkin. Bu o’rinda yetuklik kasbiy, ijtimoiy-oilaviy, hayotiy-siyosiy, muloqot, shaxslararo munsabatlar, farzand tarbiyasi bilan bog’liq faoliyatlarda ifodalanishi mumkin.
Albatta, yetuklik shaxs rivojlanayotgan muhit va unga ta’sir etayotgan faktorlarga bevosita bog’liq.
Shaxsning yetuklik darajasiga ta’sir etuvchi 5 aspektni ajratish mumkin:
Muvaffaqiyatga intilish motivasiyasi - qo’yilgan maqsad sari intilish, maksimal ravishda o’z-o’zini realizasiya qilish, mustaqillik, tashabbuskorlik, liderlikka intilish, yuqori natijalarga erishishga harakat qilish.
O’z “Meni”iga munosabat o’ziga bo’lgan munosabatda, qobiliyat, xarakter va temperement munosabatlari, o’z-o’zini baholash, talabchanlik, samimiylik, kamsuqumlik, o’zini manmanlikdan asrash, boshqa odamlarga nisbatan hurmatda bo’lish.
Fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, kasbiy mas’uliyat va kompetensiya, muloqot qilishga extiyoj, jamoaviy mehnatni qo’llab-quvvatlash.
Hayotiy ustanovkalar. Intellektning xis-tuyg’udan ustunligi, emosional barqarorlik, hamkorlikka intilish va keng fikrlilik.
Boshqalar bilan emosional, psixologik yaqinlikka intilish. Boshqalarni eshitish qobiliyati, boshqalar bilan yaqin bo’lish extiyoji.
Shaxsning har bir taraqqiyot bosqichidagi yetukligini shu bosqichdagi yetakchi faoliyat uning faolligini, muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |