4-шўъба. Олий таълим тизимида психолог фаолиятини такомиллаштириш дарс таҳлилининг илмий – методик асослари


OILA MUHITIDA O’SMIR YOSHIDAGI BOLALARNING XULQ-ATVORIDA YOLG’ON VA ALDOV HOLATLARI AKS ETISHIGA SABAB BO’LUVCHI OMILLAR



Download 391,92 Kb.
bet49/74
Sana31.05.2022
Hajmi391,92 Kb.
#623179
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
Bog'liq
4-SHO`BA. TO`PLAM.

OILA MUHITIDA O’SMIR YOSHIDAGI BOLALARNING XULQ-ATVORIDA YOLG’ON VA ALDOV HOLATLARI AKS ETISHIGA SABAB BO’LUVCHI OMILLAR
Temirova Zilola Hikmatovna
TerDU PI Pedagogika va psixologiya mutaxassisligi 1-kurs magistri(97)-786-45-52 zilolahikmatovna2@gmail.com

“Eʼtiboringizni bolalardagi qusur va illatlarga bar-ham berishgagina emas, ularda hayotbaxsh muhabbat uyg‘otishga qarating. Muhabbat bor joyda axloq bolaga tuyg‘u sifatida singdirib yuborilmog‘i kerak”.


G. Gegel.
Annotatsiya: Maqolada o’smirlar va ularning ota-onalari o’rtasidagi munosabatlar, oila muhitida bolaning yolg’on gapirishiga sabab bo’luvchi omillar va bolaning yolg’on gapirayotganini ko’rsatib turuvchi alomatlar bugungi kunning dolzarb muammosi sifatida tahlil qilingan. Bolaning yolg’on so’zlamasligi uchun ota-onalarga tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar: Xulq-atvor, oila muhiti, sog’lom muhit, yolg’on, yolg’onchi.


Olam va odam yaratilibdiki, har qanday jamiyat va ijtimoiy qatlamda qattiq qoralanadigan, jamiyat rivoji, insonlararo munosabatlarga o’z salbiy ta’sirini o’tkazadigan, shuningdek ibtidodan intihogacha davom etadigan yomon illatlar qatoriga yolg’on va aldov holatlarini kiritish mumkin. Yolg’onchilik inson xulq atvorida paydo bo’lib, odat tusiga kirgach, undan xalos bo’lish imkonsiz. Yolg’on bilan boshlangan har qanday munosabatning esa davom etishi amri mahol. Yolg’onchilik kishining yuzini qora qiladigan, kishilarning nazarida uni past qilib oxir-oqibat yolg’izlikka mahkum qilishgacha borishi mumkin bo’lgan, bir marta qo’llansa ildiz otib boradigan, salbiy xislat balki nuqson hamdir. Har bir inson dastlab oilada shakllana boshlashi kabi uning o’zigagina xos bo’lgan xususiyatlar: xulq-atvor, yaxshi va yomon sifatlar ham oila muhitida paydo bo’ladi. Oiladagi muhit naqadar sog’lom bo’lsa, uning vakillari ham shubhasiz sog’lom fikrli, halol, yolg’ondan hazar qiladigan insonlar bo’lib yetishadilar. Oilada zararsiz tuyulgan kichik yolg’onni timsox tuxumiga o’xshatish mumkin. Timsox bolasi tuxumni yorib chiqib vahshiy maxluqqa aylanadi. [1] Oilaning kattalari hisoblangan ota-ona farzand tabiyasiga mas’ul bo’lib, oiladagi bolaga nisbatan e’tiborsizlik butun jamiyatga ziyon keltirishi mumkin. Berilgan har qanday yolg’on ma’lumot ortidan ko’plab xatoliklar, yolg’on mulohazalarni ergashtirib keladi. O’smirlik davri ota-onalar uchun farzand tarbiyasida juda ehtiyotkorlikni talab etadigan, barcha kamchilik va muammolar yuzaga chiqadigan davr hisoblanadi. Bolalar voyaga yetgani sayin, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatlari ortib murakkab muammolar yuzaga kela boshlaydi. Bu muammolarga yechim topishda ota-onalardan sabr-toqat talab etiladi. Zero, “Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.[2] Avvalo, yolg’on va yolg’onchi tushunchalarini farqlab olsak. Vaziyatga qarab mavjud noqulay holatdan chiqib ketish uchun aytilgan yolg’on so’z , bu majburiyat yuzasidan bo’lib, bu har doim ham takrorlanavermaydi. Ayrim kimsalar esa, qanday sharoitda bo’lishidan qat’i nazar yolg’on so’zlashni o’ziga odat qilib, chegaradan chiqib ham ketadilar bunday kimsalarga nisbatan yolg’onchi sifati beriladi. Ammo bolada yolg’on gapirish holatlari dastlab 3- 4 yoshlarida kuzatiladi. Unga qadar esa bolalarning ong faoliyati yaxshi rivojlanmaganligi, ya’ni fikrlay olish qobiliyatiga ega emasligi bu holatning uchramasligiga sabab bo’ladi. Aslida, bolaning xulqida yolg’on va aldov holatining kuzatilishida ota-onaning o’zi sababchi bo’lishi ham mumkin. Hadislarning birida “Ona bolasiga “Kel, bir narsa beraman” desa-yu, lekin bermasa, yolg’onchi bo’ladi”, deyilgan. Chunki onaning qilgan bu ishi bolaga yomon ta’sir qiladi. Shuning uchun bolasiga hazillashib ham yolg’on gapirishi mumkin emas ekan. Bolaga tarbiya berishning yo’li ota-ona o’zlari bolalar oldida rost so’zlashlari, yolg’on gapirmasliklari, bolalarga o’rnak bo’lishlari va farzandlarining muhabbatlarini qozonishga erishishlari orqali bo’ladi. Ota-onalarning farzandlarini haddan tashqari nazoratda ushlab turishga urinishlari. [2] Vaziyatni yanada chigallashtirishga, o’smir xulq-atvorida sodir bo’layotgan o’zgarishlarning yashirin tarzda kechishiga zamin yaratadi. Kuchli nazorat bolanining o’z himoya qobig’ini yaratishiga sabab bo’ladi va bo’lar-bo’lmas nazoratdan, kattalarning jazo va tergashlaridan qochish uchun yo’l izlaydi. Aslida, hayotda ko’p holatlar ichki hissiy kechinmalar ko’pincha qo’rquv asosida yuzaga keladi.
Oila muhitida bolaning yolg’on gapirishiga sabab bo’luvchi asosiy sabablardan biri ham ota-ona, yaqin qarindoshlar bilan erkin munosabatning yo’qligi, shuningdek, kattalarning bola tomonidan yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni to’g’ri qabul qilmasliklari, masalaga yechim topish o’rniga hissiy holatini inobatga olmasliklari, uni siquv ostiga olish, tergab, jazo chorasini qo’llashlaridadir. Albatta, o’smir yoshidagi bolalarning tarbiyasida kuzatilayotgan kamchiliklar fe’l atvoridagi xususiyatlarning salbiy tomonga yuz burishi, uning yoshi bilan bog’liq jarayon bo’lib, bu holatlar gormonal o’zgarishlar bilan izohlaniladi. Oiladagi muosabatlarning ishonchliligi ta’minlangan bo’lsa ya’ni bola o’z muammolarini oila-a’zolari bilan baham ko’rishga odatlangan bo’lsagina o’tish davridan qiyinchiliksiz o’tadi. Shuning barobarida, otasi yoki onasi bilan suhbati chog’ida tortinmasdan bemalol so’zlashish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ularning biri yoki har ikkisiga o’zining tergovchisi yoinki, jazolovchisi emas, balki birgalikda muammolariga yechim topishi mumkin bo’lgan yaqin insonlari sifatida qaraydi. Har qanday masalada murojaat qilishda ikkilanishga uchramaydi. Zero, farzand uchun eng yaxshi maslahatchi ham, uning uchun astoydil qayg’uradigan ham uning o’z ota-onasidir. To’g’rilikka malaka hosil qildirish bilan bolalarga buyruq berish, urishish yoki so’kish foydali emas, balki zararlidir. Bola nima uchun yolg’on gapiradi? Biron jazodan qutulib qolish uchun shunday emasmi? Endigina to’rt yoshga to’lgan bola kosani sindirib yubordi yoki murabboni to’kib yubordi. U onasi yoki otasining baqirishidan yoki urishishidan qo’rqadi. “Bu ishni men qilmadim” degan yolg’on uning uchun najot bo’lib ko’rinadi.[3] Aynan, o’smirlar orasida noaniq tushunchalar haqida so’rash ham yolg’on gapirishga sabab bo’lishi mumkin. O’smirlik yoshidagi bolalarda yosh davr xususiyatiga xos ya’ni qaysarlik, o’jarlik, bo’ysunmaslik kabi sifatlarning mavjudligi shuningdek, o’zini hamisha haq deb hisoblashi sababli qaysidir masalada unga savol bilan murojaat qilsangiz albatta munosabat bildirishga harakat qiladi. Unga noma’lum bo’lgan axborotlarni rost yoki yolg’onligidan qat’i nazar o’z talqinicha yetkazib berishga urinadi.[2] Bolaning yolg’on gapirishiga sabab bo’luvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Qat’iyatsizlik, o’zini oqlash, atrofdagi insonlardan o’zini himoyalash, o’zining e’tirof etilishini xohlash yoki shunchaki o’zining atrofdagi yaqin insonlariga kerak ekanligini bildirish (bu holat ko’pincha oila muhitida o’zini keraksizdek his qiladigan o’smirlarda kuzatiladi)
Bolaning yolg’on gapirayotganligini quyidagi alomatlarda ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
1.Nima qilayotganini o’zi bilmaydi. Haddan tashqari o’zgarish kuzatiladi.2. Noodatiy xatti-harakatlar. 3.Ko’zlar bilan aloqa qilmaydi. Agar siz unga qarasangiz ko’zlarini olib qochadi. 4. Suhbat mavzusini o’zgartirishga harakat qiladi. 5. Savollarni takroran beraveradi. 6 Turli qo’l harakatlarini amalga oshiradi. Boshining orqa qismini qashib, yuziga, sochiga teginaveradi. Kiyimlarini g’ijimlab, unda bezovtalik holati kuzatiladi. 7.Bolaning yuzi qizarib ketadi. 8. Gapirganda so’zlari dadil chiqmaydi. Duduqlanib gapirish kuzatiladi. 9. Og’zini kafti bilan yopadi.10. Tomog’ini qirib gapiradi. 11. Suhbat chog’ida o’zini olib qochadi.
Farzand xulq-atvoridagi yolg’onchilikni yo’q qilishning eng samarali usuli ota-onalarning fe’l-atvoriga xos xususiyat ya’ni rostgo’yligi bilan belgilanadi. Ota-onalar farzandlari uchun halollik namunasi bo’lishlari lozim. Halollik oiladagi sog’lom muhitning zarur shartlaridan bo’lib, bunda oila muhitini ko’lmakdagi suvga qiyoslash mumkin bo’ladi. [4] Ko’lmakdagi suv naqadar sof bo’lsa, baliqning yashovchanligi ortgani kabi, oiladagi sog’lom muhit ham bolaning xulq-atvoriga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Quyida o’smir yoshidagi bolalarning ota-onalariga nima sababdan yolg’on gapirishlari keltirib o’tilgan..

  • O’smir haqiqatni gapirishdan qo’rqib yolg’on so’zlashi mumkin, chunki farzandining nojo’ya harakatini sezgan ota-ona uni jazolaydi yoki hech bo’lmasa tanbeh beradi.

  • Aga o’smir o’zi bilan bog’liq biror holat haqida ota-onasiga aytgan bo’lsa-yu keyinchalik bundan o’zi pushaymon bo’lsa, (ota-ona unga jazo chorasini qo’llasa yoki tergagan bo’lishi mumkin) o’smirning maxfiylashuviga, haqiqatni yashirishiga sabab bo’ladi.

  • O’smir oilasidagi boshqa a’zolarning biror buyumini so’ramasdan olgan bo’lsa, bu vaziyatda ham o’z aybini yashirish uchun yolg’on so’zlaydi. (Bu holat ko’pincha aka-uka, opa-singillar orasida kuzatiladi.

  • Ota-onalar tomonidan qo’yilgan qat’iy cheklovlar ham bolaning yolg’on gapirishiga olib keladi. (bu holat turlicha, ya’ni bolaning salomatligiga zarar keltiradigan mahsulotlardan yeyishga taqiqlash mumkin. Yoki o’zini qiziqtirgan biror bir mashg’ulot bilan shug’ullanishga qo’yilgan cheklov va hokazo…lar bo’lishi mumkin).

  • O’smir yoshidagi bolalar faxr tuyg’usini his qilish uchun tengdoshlariga yolg’on afsonalar to’qiydi. (Otasi uning tug’ilgan kuniga hayratlanarli biror sovg’a qilgani-yu, unga qaratilayotgan e’tibor hqida bo’lishi mumkin).

  • Bola ota-onasiga o’zidagi axloqiy buzilishlar bilan bog’liq holatlarni yashirish maqsadida yolg’on gapirishi, aldashi mumkin. (sigaret chekish, garov o’ynash, darslarda ishtirok etmaslik, va boshqalar bo’lishi mumkin).

Xulosa qilib aytish mumkinki, insoniyat xohlaydimi-yo’qmi vaqti-vaqti bilan yolg’on gapirishga moyil, kutilmagan vaziyat kutilmagan yolg’onlarga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pincha bolalar ayniqsa, o’smir yoshidagi bolalar yolg’on gapirishadi. Ko’pchilik bolalar xayoliy fantaziyalar bilan hayotlarini bezagilari keladi. Bu ijodkorlikning bir ko’rinishi hamdir. Ammo ijod qilish uchun yolg’on ishlatish zarur emasligini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. O’sib-unayotgan yosh-avlodga kattalarning o’zi o’rnak bo’lgani holda, oilada sog’lom muhitni yaratish, ong-u shuuri salbiy o’y-fikrlardan xoli bo’lgan bolalarning ruhiyatini poklik, halollik, adolat, haqiqatgo’ylik kabi islomiy va insoniy tushunchalar bilan sug’orish ota-onalarning asosiy vazifalaridan bo’lib hisoblanadi.

Download 391,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish