Generator va istemolchi fazalari oxirgi uchlarini tegishlicha va O’ nuqtalarga ulash yulduz usulida ulash deyiladi (7.2-rasm). Bunday ulash usuli “ ” belgisi bilan belgilanadi. O va O’ nuqtalar generator va istemolchining nolinchi (yoki neytral) nuqtalari deyiladi. Ana shu nuqtalarni birlashtiruvchi sim nolinchi (yoki neytral) sim deyiladi.
Manba va istemolchi bir nomli fazalarining bosh uchlarini birlashtiruvchi ( va simlar liniya simlari deyiladi. Ana shu simlardan o‘tadigan toklar liniya toklari deyiladi va ular deb belgilanadi.
Manba va istemolchining bir nomli fazalaridan o‘tadigan toklar faza toklari deyiladi va ular deb belgilanadi. Yulduz usuli bilan ulashda manba va istemolchining bir nomli fazalari ketma-ket ulangani uchun liniya va faza toklari o‘zaro teng bo‘ladi:
= (7.2)
Ixtiyoriy liniya simi (manba yoki istemolchining bosh uchi) bilan nolinchi sim (nolinchi nuqta) orasidagi kuchlanish faza kuchlanishi deyiladi va ular tegishlicha (yoki ) tarzda belgilanadi.
Istalgan ikkita liniya simi (yoki manba bilan istemolchining istalgan ikkita bosh uchlari) orasidagi kuchlanish liniya kuchlanishi deyiladi. Ularni (yoki ) tarzda yozish qabul qilingan.
Istemolchining faza qarshiliklari uch fazali manbaning (yoki tarmoqning) faza kuchlanishiga ulansa, u holda istemolchining har bir fazasidagi tok va quvvat koeffitsienti quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
yoki
yoki
yoki
Uch fazali EYuK, kuchlanish va toklarning shartli musbat yo‘nalishi 7.2-rasmdagi sxemada ko‘rsatilgandek qabul qilinadi. Ushbu rasmda tokning musbat yo‘nalishi qilib generatordan istemolchiga tomon yo‘nalishi, generator EYuK ning musbat yo‘nalishi esa generator chulg‘amlarining oxirgi X, Y, Z uchlaridan uning bosh uchlari A, V, C tomon yo‘nalishi olingan. Istemolchilarda kuchlanish va tokning musbat yo‘nalishi qilib ularning bosh uchlaridan oxirgi uchlariga tomon yo‘nalish qabul qilingan.
Nolinchi simdan o‘tadigan tok tarzda belgilanadi. Kirxgofning birinchi qonuniga muvofiq nolinchi simdagi tok liniya (yoki faza) toklarining geometrik yig‘indisiga teng, ya’ni
7.2-rasmdagi sxema uch fazali zanjirning to‘rt simli sistemasi (yoki nol simli yulduz usulida ulash sxemasi) deyiladi. Bunday sistema yuklama nosimmetrik ( bo‘lganda qo‘llanadi. 7.3-rasmda aktiv-induktiv xarakterdagi nosimmetrik yuklama uchun qurilgan faza kuchlanishlari va toklarining vektor diagrammasi ko‘rsatilgan. Uni qurishda avval ixtiyoriy O nuqtadan faza kuchlanishlarining vektorlari 1200 farq bilan chiziladi. So‘ngra faza toklari kuchlanishlarga nisbatan kechikuvchi burchaklar ostida chizilib, tok IO ning qiymati (7.3) ifodaga binoan aniqlanadi.
To‘rt simli sistemada uch fazali zanjirning har bir fazasi mustaqil zanjir hisoblanadi. Faza qarshiliklarining qiymatidan qat`iy nazar uchala faza kuchlanishi o‘zaro teng, ya’ni Biron fazadagi qarshilikning o‘zgarishi shu fazada va nolinchi simdagi tokning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Agar nosimmetrik yuklamada nolinchi sim uzilsa, yuklamasi kichikroq fazaning kuchlanishi nominaldan ortib ketib, shu fazadagi qarshilik qiziydi yoki kuyib ketadi. Yuklamasi kattaroq fazaning kuchlanishi yesa nominaldan kamayib, tarmoqdan kamroq quvvat oladi. Shuning uchun nosimmetrik yuklamada faza kuchlanishlarining simmetriyasini saqlash maqsadida nolinchi simga saqlagich qo‘yilmaydi. Uch fazali notekis yuklamaga, asosan, elektr yoritish asboblari va maishiy istemolchilar kiradi.