Faza va liniya kuchlanishlari orasidagi nisbat. Agar 7.2-rasmdagi sxemadagi konturlarida liniya kuchlanishlari faza kuchlanishlarining geometrik ayirmasiga teng bo‘ladi:
(7.4)
Ushbu tengliklardan foydalanib, faza va liniya kuchlanishlari orasidagi nisbatni aniqlash mumkin. Buning uchun ixtiyoriy O nuqtadan faza kuchlanishlarining vektorlari o‘zaro 1200 farq bilan chiziladi. So‘ngra faza kuchlanishlarining ma’lum qiymatlariga ko‘ra (7.4) ifodaga binoan liniya kuchlanishlarining vektor diagrammasini qurib, uning qiymatini aniqlaymiz (7.4-rasm). Ushbu vektorlar diagrammasidan ko‘rinadiki, uchala liniya kuchlanishlari o‘zaro teng va faza jihatdan bir-birlariga nisbatan 1200ga siljigan. Teng yonli OMN uchburchakdan quyidagilarni aniqlaymiz:
Agar bo‘lsa, u holda
(7.5)
Demak, elektr istemolchilari yulduz usulida ulanganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishidan marta katta bo‘lar ekan.
Nol simning vazifasi. Fazalardagi yuklamalr har xil bo‘lganda nol simda siljish kuchlanishi paydo bo‘ladi(fazalardagi kuchlanishlarning yig‘indisi noldan farqli). Bu kuchlanishning fazalarga qayta taqsimlanishi natijasida ayrim fazada kuchlanish ortib ketadi, ba’zi fazada kamayib ketadi, albatta bu elektr iste’molchilar ishiga salbiy tasir ko‘rsatadi.Shuning uchun, nolinchi sim orqali kuchlanish yana generatorga qaytarib yuboriladi va fazalardagi kuchlanishlar taqsimoti bir xilligi ta’minlanadi.
сариқ
қизил
кўк
a b
7.8-rasm. Bir fazali va uch fazali sistemalarda nol sim
Bir fazali alohida iste’molchilarda u yerdan izolyatsiyalangan bo‘ladi. Katta quvvatli va uch fazali elektr iste’molchilarda xavfsizlik nuqtai-nazaridan qurilmalarning korpusi ham nol simga ulangan bo‘ladi.
Nazorat savollari
1. Tok va kuchlanishlarning simmetrik sistemasi nima?
2. Uch fazali yuklamani o‘lchash usuli qanday aniqlanadi?
“uchburchak” usullarida ulash.
Uch fazali tok istemolchilarini uchburchak usulida ulash deb, birinchi fazaning oxirgi uchi X’ ni ikkinchi fazaning boshuchi B’ bilan, ikkinchi fazaning oxirgi uchi Y’ ni uchinchi fazaning bosh uchi C’ bilan va uchinchi fazaning oxirgi uchi Z’ ni birinchi fazaning bosh uchi A’ bilan ulashga aytiladi (8.1-rasm, a). Bunday ulash usuli “ ” belgisi bilan ko‘rsatiladi. Odatda, generatorning chulg‘amlari yulduz usulida ulanadi. Ammo uch fazali transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amli yulduz yoki uchburchak usulida ulanishi mumkin.
8.1-rasmdagi sxemalardan ko‘rinadiki, istemolchining faza qarshiliklari har juft liniya simlariga ulangan. Demak, istemolchi uchburchak usulida ulanganda uning har bir fazasi manbaning (yoki tarmoqning) liniya kuchlanishiga ulanar ekan. Bunday ulash sxemasida liniya va faza kuchlanishlari o‘zaro teng bo‘ladi:
Istemolchining faza qarshiliklaridan o‘tayotgan IAB, IBC, ICAtoklarga faza toklari deyiladi. Liniya simlaridan o‘tayotgan toklar esa liniya toklari deyiladi. Faza va liniya toklarining shartli musbat yo‘nalishlari 8.1-rasm, a va b da ko‘rsatilgan.
8.1-rasm.
Faza kuchlanishlari va qarshiliklarining ma’lum qiymatlarida har bir faza tokini va quvvat koeffitsientini hisoblab topish mumkin:
Yoki umumiy holda
Istemolchining faza qarshiliklarini yulduz yoki uchburchak usulida ulash liniya kuchlanishining qiymatiga va istemolchining qanday nominal kuchlanishga mo‘ljallanganiga bog‘liq. Masalan, pasportida “Y| ” yozuvi bo‘lgan uch fazali asinxron dvigatelni liniya kuchlanishi li tarmoqqa yulduz usulida, liniya kuchlanishi Ul=220 V li tarmoqqa esa uchburchak usulida ulash mumkin. Agar li tarmoqqa uchburchak usulida ulanilsa, bo‘lib, stator chulg‘amlari kuyib ketadi. Agar li tarmoqqa yulduz usulida ulanilsa, bo‘lib, dvigatel to‘la quvvat bilan ishlamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |