Faza va liniya toklari orasidagi nisbat. Uchburchak usulida ulashda faza va liniya toklarining teng emasligi 8.1-rasmdagi sxemalardan ham ko‘rinib turibdi. Bu toklar orasidagi nisbatni aniqlash uchun Kirxgofning 2-qonuniga asosan A, V, C tugunlar uchun quyidagi tenglamalarni yozamiz:
(8.1)
Demak, liniya toklari faza toklarining geometrik ayirmasiga teng ekan.
8.2-rasmda aktiv-induktiv xarakterdagi simmetrik yuklama uchun liniya va faza kuchlanishlari hamda toklarining vektor diagrammasi ko‘rsatilgan. Dastlab liniya (faza) kuchlanishlari vektorlarining uchburchagi quriladi, so‘ngra = faza toklarini liniya kuchlanishlari ga nisbatan kechikuvchi burchaklar ostida chizamiz. Keyin (8.1) ifodaga binoan liniya toklarining vektorlarini topib, ularning qiymatini aniqlaymiz.
Ushbu vektorlar diagrammasidan ko‘rinadiki, uchala liniya toklari (IA, IB, IC) o‘zaro teng va faza toklaridan faza bo‘yicha 300 ga kechikadi.
Teng yonli uchburchak BND dan (8.1) formulani topgandagi kabi usul bilan
(8.2)
ekanligini aniqlaymiz.
Demak, istemolchilarni uchburchak usulida ulaganda liniya toklari faza toklaridan marta katta bo‘lar ekan. (8.2) ifoda yuklama simmetrik bo‘lgandagina kuchga ega. Yuklama nosimmetrik bo‘lganda har bir liniya toki alohida o‘lchanadi yoki ma’lum faza toklari bo‘yicha (8.2) ifodaga binoan tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasini tegishli masshtabda ko‘rib aniqlanadi.
Uch fazali zanjirlarning quvvati
Bir fazali tok zanjirida ko‘rilgan aktiv, reaktiv va to‘la quvvat tushunchalari uch fazali tok zanjirida ham o‘z ma’nosini to‘la saqlaydi. Yuklama simmetrik va nosimmetrik bo‘lganda yulduz va uchburchak usulida ulangan istemolchilarning aktiv, reaktiv va to‘la quvvatlarini hisoblash (aniqlash) formulalari bilan tanishib chiqamiz.
1.Yuklama nosimmetrik bo‘lganda har bir fazaning quvvati alohida hisoblab topiladi.
Yulduz usulida ulanganda usulida ulanganda
Aktivquvvat
Uch fazali zanjirning aktiv quvvati alohida fazalar aktiv quvvatlarining yig‘indisiga teng, ya’ni
Reaktiv quvvat
Uch fazali zanjirning reaktiv quvvati alohida fazalar reaktiv quvvatlarining yig‘indisiga teng, ya’ni
To‘la quvvat
Uch fazali zanjirning to‘la quvvati
2. Yuklama simmetrik bo‘lganda
Istemolchi yulduz usulida va uchburchak usulida ulanganda esa va yekanligini hisobga olib, aktiv, reaktiv va to‘la quvvatlarni aniqlashning quyidagi umumlashgan formulalarini yozish mumkin:
Yuklama qarshiliklarini yulduz usulidan uchburchak usuliga va aksincha o‘tkazib ulash amalda uchrab turadi. Masalan uch fazali elektr pechining temperaturasini rostlash maqsadida dan Y ga o‘tkazib ulanadi. Ammo bunda pechning quvvati 3 marta kamayadi. Agarda Y dan ga o‘tkazib ulansa pechning quvvati 3 marta ortadi. Haqiqatan ham, yulduz usulida ulanganda:
Uchburchak usulida ulanganda esa
Do'stlaringiz bilan baham: |