Injiniring xizmatlari - tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va yetkazib berish jarayonlarini tayyorlash, ta’minlash bo‘yicha muhandislik-maslahat xizmatlarini (loyiha oldi ishlarini o‘tkazish, innovatsiyalarni joriy qilish arafasida texnika va texnologiya ob’ektlarining loyihalashtirilishi va konstruktorlik jihatdan ishlab chiqilishi, loyihadan keyingi montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarni) o‘z ichiga oladi.
Ixtiro - bu turli sohalardagi mahsulotga (xususan, qurilma, modda, mikroorganizm shtammlari, o‘simlik va hayvonlar xujayralariga) yoki usulga (moddiy vositalar yordamida moddiy ob’ektlar ustidan harakatni amalga oshirish jarayoniga) tegishli texnik yechimdir. Agar ixtiro yangi bo‘lib, ixtiro darajasiga ega va sanoatda qo‘llash mumkin bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Foydali model - bu moslamaga taalluqli texnik yechimdir. Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol qilish predmetlari hamda ularning tarkibiy qismlarining konstruktiv yo‘l bilan bajarilishi foydali modellarga kiradi. Agarda foydali model yangi va sanoatda qo‘llaniladigan bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Sanoat namunalari - bu sanoat yoki hunarmandchilik buyumlarining tashqi ko‘rinishini belgilovchi badiiy-konstruktorlik yechimidir. Agar sanoat namunasi yangi yoki original bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Seleksion yutuqlar - ijodiy mehnat orqali o‘simlikning yangi navi yoki hayvonlarning yangi zotini yaratish (aniqlash) kabi insonning aniq bir maqsadga qaratilgan faoliyatining natijasidir. Agar seleksion yutuqlar yangi, boshqalardan farqli va barqaror bo‘lsa, unga huquqiy muhofaza (patent) beriladi.
Tovar, ish, xizmatlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (101-satr) - sotish tartibida ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan (ortilgan), shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashtirishga (almashtirish shartnomasi bo‘yicha) o‘z kuchi bilan ishlab chiqarilgan, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati ??S, aksiz va shunga o‘xshash boshqa to‘lovlarsiz joriy yuklab chiqarish baholarda, shu jumladan, innovatsion tovar, ish, xizmatlar (102-satr) - joriy yilda turli xil texnologik innovatsiyalar asosida (mahsulot va jarayon innovatsiyalarni amalga oshirish natijasida) ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi.
101-satrni hisobot yilida innovatsiyaviy tovarlar ishlab chiqargan (realizatsiya qilgan) yoki ishlab chiqarmagan, innovatsiyaviy xarakterdagi xizmatlar, ishlar bajargan yoki bajarmaganligidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar to‘ldiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |