8.3. 4.2.3.Qishloq xo‘jaligida innovatsiya texnika va texnologiyalar tashkilotining patent-linsenzion faoliyati. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi: tabiatning tizimi va aylanmasi bilan hisoblashgan holda tuproq, suv, o‘simliklar va hayvonlarning sog‘lig‘ini, shuningdek, ularning orasidagi muvozanatni saqlash;
biologik xilma-xillikni saqlashga hissa qo‘shish;
energiya va tabiiy resurslardan foydalanish mas’uliyatini oshirish;
organik ishlab chiqarish usullariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlab chiqarishni ta’minlash;
organik ishlab chiqarishda gen muhandisligidan foydalanmaslik.
Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish sohasini rivojlantirish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun davlat boshqaruv organlari quyidagi tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshiradi: organik ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni (moliyaviy yordam, imtiyozli kreditlash, subsidiyalash, soliqqa tortish va boshqalar) ta’minlaydigan yillik, o‘rta muddatli va uzoq muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni ta’minlanadi;
organik mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda loyiha va dasturlarni qabul qiladi va amalga oshiriladi;
organik ishlab chiqarishning innovatsion usullar va texnologiyalarni joriy etish, organik ishlab chiqarishga ilg‘or tajribalarni joriy etishni rag‘batlantiriladi;
organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga axborot va maslahat yordamlarini ko‘rsatiladi;
organik ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha innovatsion loyihalarni izlash va amalga oshirishda yordam beriladi;
organik ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat va xalqaro grantlarni taqdim etish hamda tajriba (pilot) loyihalarini amalga oshirish, jumladan, an’anaviy usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga organik qishloq xo‘jaligiga o‘tishida imtiyozlar beriladi;
organik ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini shakllashtirishda ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratish va aholining shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari faoliyatlarini ta’minlaydi
avtorizatsiya va akkreditatsiyalangan muvofiqlikni baholash va inspeksiyalash organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan shakldagi sertifikatlangan organik mahsulot va xomashyolarni ishlab ishlab chiqaruvchilarga nisbatan davlat tomonida qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi;
organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida, davlat xaridlarini amalga oshirishda mahalliy organik mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqaruvchi korxonalarining mahsulotlariga imtiyozlar beriladi;
organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlar talabiga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida ilmiy asoslangan almashlab ekish sxemalarini amalga oshirish va ekinlarni joylashtirish hamda xomashyolar (organik o‘g‘it, o‘simliklarni himoya qilish vositalari va veterinariya organik vositalari)dan foydalanishda davlat aralashuviga va monopoliyaga yo‘l qo‘ymaydi.
Organik mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish organik mahsulotlarni ishlab chiqish va mahsulot muomalasi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.