Oddiy jadval deb o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari birma-bir ro`yxat ko`rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Gruppaviy jadval deganda o`rganilayotgan ob`ektlarni birbelgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Kombinatsion jadval – bu ega qismida ob`ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvallar.
Statistik jadval ixcham va ko`rimli chiqishi uchun uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda
murakkab bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan
bog’langan bir nechta jadvalda ifodalash zarur.
2. Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak.Unda vaqt, hudud, o’lchov birligi (agar ham ko’rsatkichlar bitta o’lchov 32
birligida o’lchansa) ko’rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa
va tushunarli bo’lishi lozim. Jadvallarda so’z qisqartirishsiz yoziladi. Agar
umumiy o’lchov birligi bo’lmasa har bir qator va ustun uchun o’zining o’lchov
birligi keltiriladi.
3. Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo’shiladigan bo’laklar tamoyilida joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi. Agarda hamma bo’laklar to’g’risida ma’lumot bo’lmasa yoki ularni hammasini ko’rsatishga zaruriyat bo’lmasa oldin jami berilib, undan keyin shu jumladan degan so’z yozilib eng asosiy yoki kerakli bo’laklar sanab o’tiladi. 4. Agarda jadval katta bo’lsa, qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga tartib nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan belgilanishi mumkin. Jadvalda o’zaro bog’liq ma’lumotlar yonma-yon keltiriladi.
5. Jadvalda ko’rsatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
6. Jadvallarni to’ldirishda quyidagi shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim: agarda ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (. . .) qo’yiladi yoki “ma’lumot yo’q” deb yoziladi. Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi.
Hisoblanishi lozim bo’lmagan katakka iks (x) qo’yiladi. Masalan, jadval
qatorida aholining yoshi guruhlari kesimida esa ajralgan oilalar soni (har ming
kishiga) berilgan. Qatorda birinchi guruh 5-7 yoshgacha bo’lsa, bu qatorni
kesim bilan kesishgan katagida “x” qo’yiladi. Bu hammaga tushunarli.
O’rganilayotgan yil bo’yicha ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha () qo’yib, qaysi yilga taaluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
7. Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0,1; 0,01;
0,001 va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi
qoidaga amal qilishi kerak. Masalan, 650% emas, 6,5 marta deb yozgan ma’qul.
Keyin, mutloq raqamlarni ham o’qish oson bo’lishi uchun o’lchov birliklari
kattaroq yozilgani ma’qul. Masalan, qatorda so’m yozib, ustunda quyidagi
raqam berilsa 8769618534. Bunday raqamlar jadvalda 10 ta bo’lsa, uni hech
kim o’qimaydi. Shuning uchun, qatorda so’m emas, mlrd.so’m deb berib,
ustunda esa 8,8 raqami berilsa jadval ixcham va o’qiydigan bo’ladi.
8. Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisobkitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
9. Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar
tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida
hisoblanganligi ko’rsatiladi.
10.Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va
umumiy to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |