4-Mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash



Download 66,25 Kb.
bet1/7
Sana15.12.2022
Hajmi66,25 Kb.
#886583
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

4-Mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash


Reja:
4.1. Statistik jadvallar va ularning turlari, mohiyati.


4.2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
4.3. Grafiklarning turlari va tasniflanishi

Tayanch iboralar: Statistik jadval, jadval maketi, statistik grafik, grafik tasvir, grafik maydon, maydon o’lchovi, masshtab (miqyos)shkala, grafik talqin, dinamik grafiklar, variatsion grafiklar, geografik grafiklar, analitik grafiklar, nuqtali grafiklar, chiziqli grafiklar, yassi grafiklar, hajmli grafiklar, diagramma, xaritogramma, gistogramma, taqqoslovchi grafiklar


4.1. Statistik jadvallar va ularning turlari,mohiyati.
Statistik ma`lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo`lsin, ularni o`qish va tushunish oson bo`lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so`z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.
Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularni birinchi bo’lib
buyuk rus olimi N.K.Kirilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti “Butun Rossiya
davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo’llagan. Ayrim manbalarda statistik
jadvallarni yaratuvchisi deb Anxsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari
1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo
bo’lgan.
Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi
ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning tuli tomonlarini ta`riflovchi ko`rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o`zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik to`g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo`lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o`rganilayotgan ob`ektlar va ularning ko`rsatkichlari joylashtiri­ladi. Har bir qator va ustun o`z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo`lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o`z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo`lib, sonlar bilan to`ldirilmagan bo`lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma`lumotlar ma`nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo`lishi shart.
Statistik jadval chuqur ma`noga ega bo`lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo`yicha uni o`ziga xos mantiqiy gapga o`xshatish mumkin. shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko`rsatkichlar orqali ta`riflanayotgan statistik to`plam jadvalning egasi, ko`rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi o`ng tomonida bo`ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.
Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch tuga bo`linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.

Download 66,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish