4-Mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash


Statistik grafiklar va ularning ahamiyati



Download 66,25 Kb.
bet3/7
Sana15.12.2022
Hajmi66,25 Kb.
#886583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

4.2. Statistik grafiklar va ularning ahamiyati.
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o’rganish qurollaridan biri
hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni,
taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi
maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz
tassavur ham qilib bo’lmaydi.
Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas
(Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo’lib statistik
ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir
Grafik – bu statistik ma`lumotlarni ta`sirchan va jozibali qilib tasvirlaydigan geometrik shakldir.
Statistik ma`lumotlarni keng omma uchun tushunarli, ta`sirchan, diqqatga sazovor va lo`nda qilib bayon etish juda muhimdir. Grafik usuli ana shu maqsad uchun xizmat qilib, amalda keng qo`llanadi.
Statistikada grafiklar deganda ijtimoiy hayot haqidagi ma`lumotlarni shartli olingan me`yorda tuziluvchi har xil geometrik shakl va chiziqlar, predmetlarning tasvirlari (suratlari) hamda geografik xaritalarda nishonlangan shartli belgilar yordamida tasvirlash tushuniladi. Ular kishining diqqatini o`ziga tez jalb etish bilan birga ma`lumotlarni esda yaxshiroq saqlash, to`laroq va chuqurroq tasavvur qilishga imkon beradi. SHuning uchun grafiklar iqtisoliy, madaniy va umuman ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlarimizni ommalashtirishda muhim qurol vazifasini o`taydi.
Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish
lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini,
shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish,
tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim.
Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar
qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari;
masshtab; shkala; grafik talqin.
Statistik ma`lumotlarni grafiklarda tasvirlash natijasida ularni soddalashtirish, oydinlashtirish, umumlashtirish, yakunlashtirish va pirovardida tasavvurimizni boyitish kabi muhim fazilatlarga ega bo`lamiz.
Diagramma deganda statistik ma`lumolar geometrik shakllar yordamida tasvirlash tushuniladi. Agar ma`lumotlar shartli belgilarni geografik kartalarga tushirish yo`li bilan tasvirlansa, bunday grafiklar kartogrammalar deb ataladi. Kartodiagrammalar diagramma va kartogrammalarning aralashmasidan tashkil topadi. Bu holda geografik kartalar hodisalarning hududiy taqsimlanishiga qarab konturlarga (bo`laklarga) bo`linadi va ularda ma`lumotlarni tasvirlovchi diagram­malar keltiriladi. Kartogramma va kartodiagrammalar hodisalarning makonda (territorial) joylanishini tasvirlashda qo`llanadi.
Grafiklarning asosiy turi diagrammalardir. Ularni tuzayotganda ko`pincha yassi geometrik shakllar va chiziqlardan foydalaniladi.

Download 66,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish