4-Mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash



Download 66,25 Kb.
bet5/7
Sana15.12.2022
Hajmi66,25 Kb.
#886583
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli
diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli
ustunlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ustun uzunligi (bo’yi) kuzatilayotgan
kattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabda
statistika ko’rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan,
ustma-ust (qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi.
Shuningdek, ular grafik maydonda (bu holda vertikal o’q shkala vazifasini
bajaradi), ya’ni to’g’ri chiziqli koordinat tizimida joylanishi mumkin.
Ustunli va lentali diagrammalar statistika ma’lumotlari grafik tasvirining
qabuli sifatida mohiyatiga ko’ra o’zaro o’rin almashunuvchidir, ya’ni ko’rib
chiqilayotgan statistika ko’rsatkichlari ham ustunlarda, ham tasmalarda baravar
taqdim etilishi mumkin.
Tuzilmaviy diagrammalarning maqsadi - hodisalar (to’plam) ning har bir
qismlari nisbati sifatida tavsiflanadigan statistik to’plamning tarkibini grafikda
ifodalashdan iborat. Statistik to’plam tarkibi ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlar
yordamida grafik shaklda ifodalanishi mumkin. Birinchi holatda nafaqat alohida
qismlar o’lchamlari, balki grafik o’lchami ham statistika miqdorlari bilan
belgilanadi va oxirgilarining o’zgarishiga muvofiq o’zgaradi. Ikkinchi holatda esa
– butun grafik o’lchami o’zgarmaydi (chunki har qanday to’plamning barcha
qismlari yig’indisi 100% ni tashkil etadi), faqat uning alohida qismlari o’lchamlari
o’zgaradi. Yig’indi tarkibining mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha grafik
tasviri yanada chuqurroq tahlilga yordam beradi hamda ijtimoiy-iqtisodiy
hodisalarni keng miqyosda taqqoslash va solishtirishga imkoniyat yaratadi
Chiziqli va yassi diagrammalarning juda ko`p turlari mavjud bo`lib, ular orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat.
Chiziqli diagrammalar. Bu diagrammalar eng keng tarqalgan bo`lib, ular yordamida dinamika qatorlari, hodisalar orasidagi bog’lanishlar, taqsimlanish qatorlari va shartnoma (reja)ni bajarish ko`rsatkichlari tasvirlanadi. Chiziqli diagrammalar koordinat maydoni yoki raqamli setka asosida tuziladi. Vertikal o`qqa (ordinata o`qi) olingan masshtabda dinamika qatorining ko`rsatkichlari yoki natijaviy belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanib joylashtiriladi. Gorizontal o`qqa (absissa o`qi) ma`lum masshtabda qatorning davrlari (vaqtlari) yoki omil belgining qiymatlari nuqtachalar bilan nishonlanadi. Keyin o`qlardagi har qaysi nuqtachalardan qarama-qarshi o`qqa nisbatan parallel ravishda perpendikulyar chiziqlar o`tkaziladi. Ularning o`zaro uchrashgan nuqtalari (ordinata cho`qqilari) bir-biri bilan birlashtiriladi va natijada siniq chiziq hosil bo`ladi. Bu siniq chiziq dinamika qatorini yoki o`rganilayotgan hodisalarning o`zaro bog’lanishini tasvirlaydi.
Quyidagi ma`lumotlarni chiziqli diagramma shaklida ifodalaylik.
4.1-jadval
O`zbekistonda 2009-2015 yillarda etishtirilgan paxta va don yalpi hosili, mln. tonna

Yillar
Ko`r-
satkichlar

2009

2010

2011

2012

2013

2014

2015

Paxta

3002

3265

3122.4

2803.3

3536.8

3749.0

3002

Don

3929

4072

5792,6

6319,2

6000,8

6540,9

3929

Manba: O`zbekistonning iqtisodiy yo`nalishlari, oktyabr-dekabr 2006 y.
Koordinat sistemasini chizib, vertikal o`qqa paxta va don yalpi hosilini, gorizontal o`qqa esa yillarni joylashtiramiz. Agar masshtab qilib davrlar uchun 1 sm : 1 yilga, ko`rsatkichlar uchun esa 1 sm : 1 mln. t. paxta va donga teng deb olsak, u holda yuqoridagi ma`lumotlar abssissa va ordinata o`qlarining shkalalarida quyidagi nuqtachalar bilan ifodalanadi:

Yillar (sm)

1

2

3

4

5

6

1

Paxta

3,0

3,3

3,1

2,8

3,5

3,7

3,0

Don

3,9

4,1

5,8

3,2

6,0

6,5

3,9



Bu nuqtachalarni tegishli o`qlarda nishonlab, ulardan perpendikulyar chiziqlar o`tkazamiz, keyin ularning o`zaro kesishgan joyidagi nuqtalarni birlashtirib, 4.1-chizmadagi paxtachilik va don etishtirishga tegishli siniq chiziqlarni hosil qilamiz.

Masshtab: 1 sm-1 mln.t.


4.1-chizma. O`zbekistonda paxta va don etishtirishning o`sishi.
CHiziqli diagrammada bir nechta hodisa dinamikasini ham tasvirlash mumkin. Bu holda siniq chiziqlar har xil rang bilan yoki bir-biridan ajralib turadigan ko`rinishda (yo`g’on chiziq, ingichka, punktir va h.k) chizilishi kerak (10-chizma).
Dinamika qatorlarini chiziqli diagramma shaklida tasvirlayotganda shuni esda saqlash lozimki, grafikning ko`rimli va oson tushunarli bo`lishi uchun masshtabni to`g’ri olish muhim ahamiyatga ega.

Download 66,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish