4-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish


Demak, o’qitish jarayonini loyihalash uchun



Download 100,97 Kb.
bet3/15
Sana06.02.2022
Hajmi100,97 Kb.
#433456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Loyihalash

Demak, o’qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta’limning umumiy maqsadlari asosida, o’quv maqsadlarini, buning uchun o’qish va o’qitishni, o’zlashtirishni rejalashtirgan holda, o’qish natijalarini kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. SHunday qilib, pedagogik texnologiyada o’quv mazmuni asosida o’zlashtirish natijalarini kafolatlash uchun, o’quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o’quv mashg’u-lotlari loyihalashtiriladi. Buni qayta takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo’lsak, unda o’quv jarayoni ma’lum modullar, birliklardan iborat bo’ladi, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo’shilishi asosida yagona va yaxlit mazmunga keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan, qaytariladigan va tuzatishlar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.
Bugungi kunda pedagogik tizimni loyihalash va rejalashtirish masalasi oliy ta’lim tizimida yetakchi tendensiya sifatida namoyon bo’lmoqda. Biroq loyihalash va rejalashtirishga doir faoliyatning mazmun-mohiyati hamma uchun birdek tushunarli bo’lmayapti. SHuning uchun fanlar bo’yicha yaratilayotgan ta’lim texnologiyalarida formallik, takroriylik, maqsad va vazifalarning nomuvofiqligi, qayta aloqalarning intensiv emasligi, loyihalash va rejalashtirishning ketma-ket amalga oshirilmasligi kabi kamchiliklar ko’zga tashlanmoqda.
Ta’limga texnologik yondashuv o’qituvchidan o’quv mashg’ulotiga tayyorlanish jarayo-nida juda ko’p mehnat qilishni talab qiladi. Mazkur jarayonda professor-o’qituvchi har bir mavzu bo’yicha o’quv maqsadini oydinlashtirish, pedagogik vazifalarni to’g’ri qo’yish, o’quv faoliyati natijalarini aniqlashtirish, ta’limni tashkil etish shakl, metod va vositalarini to’g’ri tanlab olish, o’quv vaqtini oqilona taqsimlash orqali o’qituvchi va talabaning faoliyatini aniq tartiblangan algoritmini hosil qilishi lozim. Ana shu tartibda o’quv jarayonini loyihalay olgan professor-o’qituvchigina talabalarning o’quv-bilish faoliyatini erkin boshqara oladi.
Ta’lim – boshqariladigan jarayon bo’lib, uning natijasi, ko’p jihatdan, tayyorlan-gan didaktik loyihaga bog’liq. Didaktik loyiha esa ta’lim texnologiyasining mahsuli-dir. O’quvchi-talabalarning bilish faoliyatini didaktik loyihaga ko’ra boshqarish ta’lim texnologiyasining pedagogik asosi sanaladi. Har qanday jarayonning boshlanishi va yakuni mavjud bo’lganidek, didaktik loyihani amalga oshirishning ham kirish va chiqish nuqtalari bor. Ikki nuqta orasiga juda ko’p nuqtalarni joylashtirish mumkin bo’lga-nidek, didaktik loyihani amalga oshirish ibtidosi bilan intihosigacha bo’lgan masofada ta’limning samarali usullari, vositalari ko’p topiladi. Bu yerda ta’lim texnologiyasi eng samarali usul bo’lib, ta’limning samarali shaklini tanlashda o’qituvchiga yordamga keladi.
Demak, maqsaddan etalonga yetib kelguncha o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talaba ongi juda ko’p hodisalar bilan uchrashadi. Ta’limga texnologik yondashish – bu ma’lumot va ta’lim mazmunini atroflicha tahlil qilish yo’li bilan o’quv-tarbiya jarayonining umu-miy, xususiy maqsadlarini tahlil qilish, o’qituvchi (pedagog) va o’quvchi-talaba maqsad-larining uchrashgan nuqtalarida (o’qitish maqsadi, o’qish maqsadi) ta’limning didaktik maqsadini belgilash asosida ta’limni loyihalash va amalga oshirish yo’llari bilan mo’ljaldagi etalonga erishishdir. Umuman, ta’lim texnologiyasi haqida gap ketganda o’zaro daxldor quyidagi hodisalarni bir-biridan farqlashga ehtiyoj tug’iladi: ta’lim-ni didaktik loyihalash; loyihani amalga oshirish; ta’limning joriy va oraliq natijasiga ko’ra didaktik loyihaga tuzatish va o’zgartirishlar kiritish; ta’lim-ni takrorlash va yakuniy nazoratdan iborat. Bu hodisalarning birinchi va ikkinchisi an’anaviy ta’lim tajribasida ham uchraydi. Ta’lim texnologiyasining an’anaviy ta’lim tizimidan farqi shundaki, ta’lim natijasi va uning etalon darajasida bo’lishi doimo o’qituvchi (pedagog) hamda o’quvchi-talabaning diqqat markazida turadi. O’qituvchi (peda-gog) ta’lim natijasini tez-tez tekshirib, o’quvchi-talabalarni o’zlari erishgan yutuqlar-dan ogoh qilib turadi va o’quvchi-talabalar o’zlari erishgan yutuq va kamchiliklarni anglab, yutuqlarini yanada ko’paytirishga, kamchiliklarini esa bartaraf etishga harakat qiladi. O’quvchi-talabalar ta’limning zaruriyligini, ular ta’lim jarayonining haqiqiy sub’ektiga aylangan paytida sezishadi.

Download 100,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish