4-mavzu: G’arbiy Yevropa davlatlari. 1945 yildan bugungi kungacha Italiya reja



Download 77,82 Kb.
bet8/10
Sana02.01.2022
Hajmi77,82 Kb.
#310248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3. 1970 – 2000 yillarda Fransiya.

1969 yil Fransiyaning yangi prezidenti etib de Gollning yaqin safdoshlaridan Jorj Pompidu saylandi, saylovdan so‘ng u o‘z yo‘nalishini “vorislik va dialog (gaplashuv)” bed atadi. Ushbu formulaning birinchi qismi de Goll siyosatini davom etilishini anglataredi, ikkinchi qismi esa oppozitsiya (hukumatga “mustaqil” respublikachilar yetakchisi Valeri Jiskar d,Esten taklif etilgan edi) bilan yaqinlashuvni anglataredi.

Tashqi siyosatda esa vorislik mamlakatning tashqisiyosiy pozitsiyasini mustaxkamlash va mustaqil siyosat olib borishni anglataredi. Dialog siyosati esa “Yevropa qurulishi” masalasida yevropaparaslarga yon bosishni nazarda tutaredi. Shu asososda, Fransiya Anglyani Umumiy bozorga qabul qilinish masalasida o‘z etirozlari bekor qildi.

Ijtimoiy-iqtisodiy strategiyada esa neoliberalizm tomoniga hamda “samarali bozor munosabatlarini tiklash” yo‘liga o‘tildi.

Bozor munosabatlari tomoniga burilish hamda o‘z vaqtida de Goll vada berga “yangi jamiyat” dasturi va ijtimoiy hamkorlikdan voz kechilishi, “Respublika ximoyasi uchun ittifoq” (YUDR)da hukumat konservativ kuchlariga nisbatan ko‘rasilgan tazyiqedi. Buning natijasi 1973 yil mart oyida o‘tkazilgan saylovda namoyish bo‘ldi. “Respublika ximoyasi uchun ittifoq” (YUDR) 4 mln. ovoz yoqotdi. Gollistlarning inqirozi birinchi marta ochiq namoyish bo‘ldi. Ushbu jarayon 1974 yil prezident J.Pompiduning tasodifiy o‘limi bilan yakunlandi.

Navbatdagi etti yilga Fransiya prezidenti etib “ozodlik” respub­lika­chilari va bir qator boshqa mayda partiyalar guruhining, keyinchalik esa “Fransiya demokratiyasi uchun ittifoq” (FDI) nomini olgan birlashmaning yetakchisi bo‘lmish Jiskar d,Esten saylandi.Bosh vazir etib boshqa siyosiy partiya – “Respublikani qo‘llab-quvvatlash birlashmasi” (RQQB)ning yetakchisi Jak Shirak tayinlandi. Jak Shirak, gollistlar partiyasining qolganlarini qutqorish va o‘z atrofida mamlakatning o‘ng siyosiy qanotini birlashtirish burchini o‘z zimmasiga oldi. 1978 yil bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari, Fransiyadagi siyosiy-partiyaviy tizimning qayta qurilganli­gini aks ettirdi. Ikki o‘n yillik maboynida parlament bloklarini tashkil etuvchi o‘nlab parlament guruhlari o‘rniga, to‘rta yirik partiyadan mavjud bo‘lgan siyosiy kuchlarga bo‘linish ro‘y berdi. Bularga, tahminan 20–25 % ovoz olgan “Respublikani qo‘llab-quvvatlash birlashmasi” (RQQB), “Fransiya demo­­kratiyasi uchun ittifoq” (FDI), sotsialistlar partiyasi va kommunist­lar kiraganedi.

To‘rtinchi respublika davrida yuzaga kelgan ko‘p partiyaviy tizim o‘rniga, 70–90- yillarda ikkita asosiy o‘ng va ikkita so‘l partiyalarning ikki qutubli tizimi shakllandi.

Prezidentlardan V.Jiskar d,Esten, F.Mitteran, J.Shirak liberal, so‘l va o‘ng siyosiy oqimning muntazam namoyondalariedi. Prezident V.Jiskar d,Esten (1974 - 1981 yillar) og‘ir yillarda mamlakatga rahbarlik qildi. Bu davrda jahonda iqtisodiy va tizimliy inqirizlar (1974 – 1975, 1980 – 1982) boshlandi, ilmiy-texnikaviy inqilobning yangi bosqichi avj oldi.

Aslida jahon tarixida yangi tashabbuslarni talab etuvchi yangicha davr boshlandi. XX asrning so‘ngi choragida Fransiyaning har bir prezidenti global va milliy muammolarga duch keldi. Ammo ularning har biri har xil yo‘llar bilan ularning echimini topishga intildi.

V.Jiskar d,Esten Fransiyaning siyosiy xayotida liberal oqimning namo­yan­dasiedi.Inqilobsiz, islohotlar yo‘li bilan “etuk liberal jamiyatni” barpo etish uning bosh g‘oyasiedi. 70- yillarda eng kam ish haqini oshirish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi, saylovchilarning saylash huquqlari 20 yoshdan 18 yoshga tushirildi, ayollarga abort qilish ruhsati berildi va shu kabi boshqa bir qator islohotlar o‘tkazildi.V.Jiskar d,Esten, mamlakatni bozor iqtisodiyoti asosida rivojlantirishning faol tarofdoriedi.

1972 yil sotsialistlar va kommunistlar tomonidan birgalikda qabul qilinga dastur, mamlakat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mutlaqo boshqacha yo‘llar bilan hal etilishini taklif etaredi. 1981 yilgi saylovda so‘llar nafaqat sotsialistlar yetakchisi bo‘lmish F.Mitteranni prezident etib sayladilar, balki Milliy majlisda ham ko‘pchilikni tashkil etdilar. 1947 yildan keyin birinchi marta sotsialistlar kommunistlarga koalitsion hukumat tarkibiga kirishni taklif etdilar. Hukumatni sotsialistlardan P.Morua boshqardi.

Sotsialistlar va kommunistlar tomonidan birgalikda qabul qilinga dastur ko‘ra, P.Moruaning bosh maqsadi mamlakatda deyarli barcha banklarni va qisman yirik sanoat korxonalirini (Fransiyaning 9-ta eng yirik korporatsiyalarini) milliylashtirishga, ijtimoiy zidditni susaytirishga, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishga, to‘la bandlikni ta’minlashga qaratilganedi. Ammo shunga qaramay mamlakatda ishsizlik holati yuqori darajadaedi.

1984 yilgi Milliy majlisga bo‘lib o‘tgan saylovda o‘ng partiyalar ko‘pchilik ovozni oldilar va prezident-sotsialist xuzurida o‘nglar hukumati shakllantirildi. Ular, byudjetning katta defitsitini qisqartirish maqsadida milliylashtirish yo‘lidan qayitish va iqtisodiyotda qatim qo‘llik tartibini o‘rnatishga kirishdi, bu esa konservatizm yo‘liga burilishdan dalolat beraredi.

Bunday holat, 1988 yil Prezident saylovida F.Mitteran qayta prezident etib saylanishiga qo‘l keldi. Prezidentning egiluvchanlik siyosati tufayli so‘llar prezidenti va o‘nglar hukumati o‘rtasidagi qarama-qarshilik vaziyati ko‘zga ko‘rinmas siyosiy inqirozsiz saqlanib turdi. Bunday holat iqtisodiyot sohasida va ijtimoiy munosabatlarda sotsialistlar ham neokonservatik yo‘lga o‘tganliklaridan dalolat berdi.

1995 yil maydagi prezident saylovlarida o‘nglar yetakchisi, Parij shahrining meri Jak Shirak g‘alaba qilishiga erishildi. Yangi saylangan prezident 1997 yil Milliy majlisga muddatdan oldingi saylov o‘tkazili­shi­ni e’lon qildi. Ammo J.Shiraknin ko‘zlagan maqsadlariga qaramasdan bo‘lib o‘tgan saylovda so‘l kuchlar bloki (sotsialistlar, kommunistlar, “yashillar”) g‘alaba qozondilar. Natijada Fransiyada avvalgi qarama-qarshilik holat qayta yuzaga keldi. Faqat endi o‘nglar prezidentligi davrida so‘llar hukumati shakllantirildi.


Download 77,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish