Beshinchi Respublika va Sharl de Goll prezidentligi
davrida Fransiya.
De Goll tomonidan Fransiyaning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. 1958 yil 28 sentabrda Konstitutsiya loyihasi referendumgaqo‘yildi va79,2% ovoz bilan ma’qullandi. Ushbu Konstitutsiya asosida majoritar tizim bo‘yicha ikki turda Milliy majlisga saylov o‘tkazildi. Saylov arafasida de Goll tarofdorlari “yangi respublika ximoyasi uchun ittifoq” nomidagi yangi siyosiy partiyani yaratdilar va ular “Mustaqillar” bilan birga Milliy majlisda ko‘pchilik o‘rinni oldilar. 1958 yil dekabr oyida de Goll Fransiya prezidenti etib saylandi.
1962 yila prezident sayloviga o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi qonunga muvofiq prezident umumxalq saylovi yo‘li bilan salanadigan bo‘ldi va bunday holat prezidentni Milliy majlisdan ustin qo‘ydi. De Goll butun hokimyatni o‘z qo‘lida mujasamlashtirdi. Asosiy masalalar bo‘yicha qaror chiqarishda, umumxal ovoziga qo‘yish yo‘li bilan u referendumga murojat etardi. Mamlakatning tashqi va harbiy siyosatini va shuningdek Jazoirga nisbatan olib borilayotgan siyosatni de Goll shaxsan o‘zi boshqararedi. Shunday qilib asta sekin mamlakatda «Shaxsiy hokimlik» rejimi o‘rnatildi.
1960 yilda Fransiyaning 14 mustamlakalariga mustaqillik berildi. Ultrakolonialistlarning qarshiligini bartaraf etib va Jazoirdagi armiya qumondonligining isyonini engib, de Goll Jazoir respublikasi bilan muzokaralarni boshlab yubordi va 1962 yil martida Eviane shahrida Jazoirga mustaqillik berish haqidagi shartnoma imzolandi.
Mustamlakachilik urushlariga yakun yasab, Fransiya hukumati de Gollning asosiy g‘oyasini amalga oshirishga kirishdilar - mustaqil tashqi siyosat, hamda iqtisodiy va ijtimoiy modernizatsiya yo‘lida Fransiyaning ulug‘ligini tiklash. Tashqi siyosatdagi eng muhim aksiyalardan biri bu Fransiyaning NATO harbiy tashkilotini tark etish va mamlakat hududidan amerika harbiy bazalarini olib chiqib ketilishi bo‘ldi. Shuningdek, de Goll amerikaning Vetnamdagi intervensiyasini qoraladi.
Fransiyani buyukligini tiklash g‘oyasini amalda bajarish maqsadida, de Goll keng iqtisodiy modernizatsiya dasturishi bajarishga kirishdi. Bunda umummilliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda (ko‘mir konlari, metallurgiya korxonalari, transport, elektrostansiyalar va boshqalar) davlat korxonalari faoliyatini vazirlik tomonidan qattiq reglamentatsiyalash amalga oshirildi. Bir vaktning o‘zida, modernizatsiya xususiy tadbirkorlar oldiga davlat korxonalari bilan birga va davlatning tashkiliy va moliyaviy ko‘magidagi hamkorlik asosida samolyotsozlikni, atom energetikasini, kosmik texnologiya va raketosozlikni kardinal ravishda yangilash vazifasini qo‘ydi. Fransiya, iqtisodiyotda tub tarkibiy qayta qurushni o‘tkazdi, texnologik modernizatsiyani amalga oshirdi, ishlab chiqarishni va ishlab chiqarish mehnati samarasini G‘arbiy Yevropadagi o‘rtacha darajadan yuqori ko‘tardi.
Va nixoyat, jiddiy o‘zgarishlar qishloq hojaligida ham sodir bo‘ldi. Avvalgi tarqoq va mayda er dehqochilikdan, davlat tomonidan ko‘rsatilgan yordam tufayliFransiyada fermerlik shaqillantirildi, kooperativ harakatlar mustahkamlandi. Natijada, qishloq hojaligiga xizmat qiluvchi, qayta ishlabchiqaradigan va boshqa sanoat korxonalari bilan yaqindan integratsilashgan zamonaviy mahsulot fermerlik ishlab chiqorishiga aylandi.
Ammo, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va uning nisbatan tez rivoj topishi salbiy oqibatlarga ham duchyor bo‘ldi. Ananaviy tizimni buzilishi hammani hamqoniqtirmasedi, yangicha sharoit va o‘zgarishlarga hammayam moslashaolmadi. Davlat tomonidan biznesni va mehnat munosabatlarining reglamentatsiyalanishi xalqning tinkasini quritaredi, ijtimoiy sohani rivojlanishidagi orqada qolishlar va inflyashiya ko‘pchilikni xapsalasini tushirib yubordi. Bularning hammasi mamlakat ichida ijtimoiy portlash holatini yuzaga keltirdi. Faqat bitta uchqun kerak edi xalos.
Parij talabalarining ta’lim sohasidagi islohotlar uchun boshlangan namoyishlari, 1968 yilgi siyosiy inqirozga turtki bo‘ldi. Namoyishchi talabalar universitetning binosini qo‘lga oldi. YOrdamga chaqirilgan politsiyachilar talabalarni vaxshilarcha do‘paslashdi. 13 may kuni yuzlab parijliklar gollistlar rejimiga norozilik bildirib namoyishga chiqdilar. Sotsiologik surov natijalariga ko‘ra Parij aholisining beshdan to‘rt qismi talabalarni yoqlab chiqdilar. Ultroradikallarning ayrim lidyerlari tezlik bilan revolyusiyani boshlash davolarini amalga oshirish maqsadida, ataylab politsiyani kuch ishlatishga chorladi va shu yo‘l bilan ommaning avantyuristik harakatlarini boshlab yuborishga umid qildi.
Ammo mamlakatda revolyutsion vaziyat yuzaga kelmadi. Iqtisodiyot ko‘tarila boshladi. Millat ma’naviy tiklana boshladi. Mahfiy ravishda de Goll harbiy qisimlarga borib, armiya va qumondonlik uning tarafida ekanligidan mamnun bo‘ldi. Parijga qayitib kelgach, de Goll Milliy kengashni tarqatib yubordi va islohotlar hamda “yangi jamiyatni” vada bergagan holda 23 iyunga yangi parlament saylovlarini belgiladi. Saylovda yangicha - “Respublika ximoyasi uchun ittifoq” (YUDR) nomini olgan gollistlar partiyasi g‘alaba qozondi. Barcha so‘l partiyalar – kompartiya, sotspartiya, radikallar – saylovda mag‘lubiyatga uchradilar.
1968 yil sodir bo‘lgan voqealar de Goll uchun tasodifiy va og‘ir zarba bo‘ldi. Saylovda erishilgan g‘alabaga qaramasdan mamlakatdagi bir qator islohotlarni o‘tkazish zaraurligini de Goll yaxshi tushinaredi. Buning uchun ijtimoiy mojarolarni pasaytirish hamda ijtimoiy hamkorlik va o‘zaro kelishuv yo‘liga o‘tish zaruredi. “Ishtirok” siyosati ruxida mahalliy o‘z o‘zini boshqarishda o‘tkazilgan islohot dastlabki islohotlardan biriedi. 1969 yil aprelida saylovchilarning ko‘pchiligi mahalliy o‘z o‘zini boshqarishdagi islohot loyixasini rat etdilar. Ovoz berish natijalari ma’lum bo‘lganidan so‘ng de Goll iste`foga ketishi to‘g‘risida elon qildi. 1970 yil noyabrida de Goll vafot etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |