Siyosiy-partiyaviy kurash boskichida Italiya (XX asr 50 – 90- yillar).
Italiyada urushdan keyingi o‘n yilliklarda boshqa yetakchi kapitalistik mamlakatlardan farqli ravishda ko‘p partiyaviysiyosiy tizim vaproporsional saylov tizimi asosidagi vakillar muassasalarini shakllanishi sahlanib turdi.
Ammo Italiyaga boshqa ayrim xususiyatlar ham ta’luqli edi. 1947 – 1948 yillardan boshlab bir necha o‘n yilliklar davomida, saylovlarda 45 – 50 % ovoz olgan Xrestiyan-demokratik partiyani roli saqlanib turdi.
Ko‘rsatilgan yillar maboynida XDP va uning yetakchisi de Gasperining siyosiy kursi “sentriz” sifatida harakterlanaredi, ya`ni balanslash, so‘llar va o‘nglar o‘rtasida muvozanatni saxlashedi. Bunday kursning natijasi, ijtimoiy konservatizm va ijtimoiy yon bosishlar o‘rtasidagi ikkilanish bo‘ldi. Buning natijasida ushbu yillar davomida mamlakatda jiddiy islohotlar amalga oshirilmadi.
60- yillar boshiga kelib sentrizm o‘z kuchini yoqatdi. 1960 yil Tombroni hukumati parlamentda vakillarga ega bo‘lgan o‘nglar va neofashistlar tomonidan o‘ziga ko‘mak qidira boshladi.
Ammo XDP ichida boshqa gruppirovka ham faol o‘zini namoyish eta boshladi. Ular “iqtisodiy mo‘jiza” tasiri ostida jamiyatdagi demokratik kuchlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan ijtimoiy islohotlarni o‘tkazish shart deb hisoblasharedi. XDPning so‘l qanoti bilan hamkorlikga sotsialistik partiyani ham, mamlakat boshqaruvida ishtirok etish uchun jalb qilish ko‘zda tutildi. Shu asosda 1960- yillarning boshida Italiyada islohotlar dasturini (elektrostansiyalarni natsionalizatsiyalashtirish, iqtisodiyotni programmalashtirish, agrar isloxat, ta’lim isloxati, nafaqa taminlash tizimi, viloyatlar avtonimyasini joriy etish) ilgari surgan so‘lsentrizm koalitsiyasi shakllandi. Bu siyosat “so‘lsentrizm” nomini oldi.
So‘lsentristlar koalitsiyasi unchalik jiddiy bo‘lmagan muammolarga duch kelib o‘z kuchini yoqata boshladi. 1972 yil ajralish haqidagi qonun qabul qilindi. Katolik Italiya uchun bu jiddiy masala edi. Milliondan ortiq ojralib ketgan oyilalar mulk bilan bo‘g‘liq bo‘lgan va shunga o‘xshash boshqa muamolarning echimini topa olmadilar. Vatikanning qo‘llab-quvvatlashi asosida XDPda qonunga nisbatan jiddiy oppozitsiya mavjud edi.
Ammo ajralish to‘g‘risidagi qonun so‘lsentrizmning inqirozga uchrashida sababdan ko‘ra ko‘proq bohona edi. Inqirozning mohiyati butunlay boshqa narsadaedi: Italiya o‘zining ijtimoiy muammolarini asososiy so‘l kuch – kompartiyaning ishtirokisiz hal qila olmasedi. Mamlakatdagi doimiy siyosiy beqarorlik hukumat inqirozida o‘z aksini topdi. 1948 yildan beri 30 yil ichida mamlakatda 40 hukumat kabineti almashdi.
70- yillar o‘rtasiga kelib vaziyat o‘zgardi, “so‘lsentrizm” inqirozi XDPni nqiroziga aylandi. 1976 yil saylovda XDP 35% ovoz oldi, kommunistik partiya – 34%. Shunday qilib, kompartiyani ajratib qo‘yish harakatlari barbot bo‘ldi. Italiyaning yetakchi siyosatchilariga na “o‘ngsentristlar”ning siyosati, na “so‘lsentristlar”ning siyosati mamlakatda siyosiy barqarorlikga olib kelaolmasligi ayon bo‘ldi. XDPning ko‘zga ko‘ringan yetakchisi Aldo Moro “uchinchi variant” yoki “uinchi faza” (ya`ni sentrizm va so‘lsentrizmdan so‘ng) g‘oyasini ilgari surdi. Ushbu g‘oya mamlakat boshqaruviga kommunistik partiyani jalb etishni ko‘zda tutaredi.
1977 yil iyun oyida 30 yil ichida birinchi marta, IKPni ham hisobga olganda oltita partiyaning hukumat siyosatini belgilovchi shartnoma imzolandi. Kommunistlar, sotsialistlar, xristian demokratlar, sotsial-demokratlar, respublikachilar va liberallar, birgalikda qabul qilingan dasturni (“ishonchsizlik” siyosati) amalga oshirish davrida hukumatni iste`foga ketishini talab etmaslikni kelishib oldilar.
1978 yil mamlakatdagi siyosiy inqirozdan chiqishning shunday yo‘l bilan echimni topish haraktlari “qizil brigadalar”ning jinoyiy teroristik provokatsiyalariga ko‘ra barbot bo‘ldi. IKP bilan hamkorlik qilish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan Aldo Moroni, jinoyiy guruhlar tomonidan olib qochib ketiladi va o‘ldiriladi. Yuzaga kelgan siyosiy inqiroz hukumatning iste`foga ketishi va IKPning oppozitsiyaga o‘tishi bilan yakunlanadi.
XDP hukumatning shakllantirishdagi monopoliyadan mahrum bo‘ldi. 1981 yil hukumatni shakllantish huquqi respublikachilar lideri Spadolinniga, so‘ng sotsialistik partiya lideri B. Kraksiga berildi. 1992 yil prezident Kossiga iste`foga ketdi. 1992 yil bo‘lib o‘tgan parlamen saylovi asososiy siyosiy partiyalar, shu jumlada IKP, ISP va XDPlarning ta’siri tushib ketganligini namoyon etdi.
1992 yil Italiyada keng masshtabdagi “Toza qo‘llar” kompaniyasi boshlab yuborildi. Bunday kompaniya asosiy siyosiy partiyalar rahbarlarida va hukumatning eng yuqori eshelonida ommaviy korrupsiya dalillarini anig‘ladi. “Toza qo‘llar” operatsiyasining tergov ro‘yhatiga 20 mingdan ortiq odam tushdi. Ular qatorida bosh vazirlar, vazirlar, parlament deputatlari, siyosiy partiyalar rahbarlari bor edi. 1992 yil fyevralidan boshlab ikki yil maboynida poraxorlikda ayiblanib 2 mingdan ortik kishi qamaldi. Ularga sudning bildirishi taqdim etildi. Bundaylar qatorida sobiq bosh vazirlar Dj. Andreotti, B. Kraksi, parlament deputatlari va senatorlar boredi. Hukumatning yuqori eshelonining mafiya bilan aloqalari tog‘risidagi ushbu katta sud jarayoni Italiya jamiyatini xayratga soldi va bu esa o‘z navbatida Qarshilik harakati payitida Italiyada yuzaga kelgan siyosiy-partiyaviy tizimning parchalanishining boshlanishi bo‘ldi.
Ammo “Toza qo‘llar” kompaniyasi Italiyaning uch bosqichli sud tizimining sansalorligi tufayli natijasiz yakunlandi.Qamoqda faqat uchta sudlanuvchi qoldi, bosh tergovchilar esa chetlashtirildi. Bu janjallar oxir oqibat Ikkinchi jaxon urushidan so‘ng shakllangan siyosiy-partiyaviy tizimning parchalanishiga olib keldi.
1994 yil mart oyida mudatdan oldin bo‘lib o‘tgan parlament saylovi avvalgi partiyaviy tizimning to‘la barbot bo‘lganligini anig‘lab berdi. XDP uchta siyosiy oqimga bo‘linib ketdi, ISP o‘zini tarqatib yubordi. Kompartiya esa saylovgacha Demokratik so‘l kuchlar partiyasiga (DSKP) aylantirildi.
Saylovda mutloq yangi va noma’lum bo‘lgan siyosiy guruhlar g‘alaba qozondi: millioner S. Berluskoni rahbarligidagi “Olg‘a, Italiya!”, federalist U. Bossi rahbarligidagi “Shimol Ligasi”, neofashistlar va millatchilikning o‘ng kuchlar birlashmasi – “Milliy alyans”. Bu partiyalar “Ozodlik qutb” blokiga birlashdilar. So‘l partiyalar progressiv kuchlar Alyansini tashkil etdilar.
“Shimol Ligasi”va neofashistlarning “Milliy alyans” koalitsiyasi asosida S. Berluskoni hukumatni shakllantirdi. Ushbu hukumat 1994 yil oxirigacha mavjud bo‘ldi. Yangi, hisob bo‘yicha 53- Italiya hukumatini mustaqil nomzod bo‘lmish Lamberto Dini boshqardi va o‘z kabinetini “partiya a’zosi bo‘lmagan ministr-texniklardan” shakllantirdi. Ammo bu hukumat ham siyosiy inqiroz olidida bardosh beraolmadi. 1996 yil aprelda navbatdan tashqaribo‘lib o‘tgan parlament saylovi “Oliva” blokiga birlashgan so‘l kuchlarga g‘alaba olib keldi. Unda Demokratik so‘l kuchlar partiyasi (DSKP) yetakchi kuch bo‘ldi. Bu partiya 22% ortiq ovoz olib birinchilik o‘rinni egalladi. 1998 yil bir qator tutruqsiz nopartiyaviy kabinetlardan so‘ng Italiya prezidenti DSKP yetakchisi bo‘lmish 49-yoshli eks-kommunist Massimo d”Alemaga hukumatni shakllantirishni topshirdi.U, Italiya tarixida sobiq IKPning hokimiyat tepasiga chiqqan birinchi vakili edi. Massimo d, Alema hokimiyatni 18 oy davomida boshqardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |