4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)

Milet maktabi 
mil.av. VI asrda vujudga kelgan, Ioniya dengizi 
sohilidagi Milet shahri nomidan olingan. Yirik namoyondalari ― 
Fales, 
Anaksimandr, 
Anaksimen, 
Geraklit. 
Ular 
tabiatdagi 
hodisalarni 
o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlikda, bir-biriga o‘tib turishda deb, voqea– 
hodisalar sababini tabiatning o‘zidan qidirganlar. Ruhiy hodisalarni 
materiyaning ko‘rinishi, butun tabiatni jonli deb tushunganlar. Evropada 
ilmiy kosmogoniya, kosmologiya, fizika, geografiya, meteorologiya, 
astronomiya va boshqa fanlar tarixi Milet maktabidan boshlanadi. Mil.av. 
VII-VI 


asrlargacha bo‘lgan yunon tafakkurining shakllanishiga va rivojiga 
Misr, Bobil, 
Finikiyada rivoj etgan 
ta’limotlar
asos bo‘lgan. Kronos 
va Zevs haqidagi tushunchani ham
ioniyalik olim Feresides YAqin SHarqdan olgan. Mil.av. VI asrga
kelib yunonlar
eroniylar bilan yaqindan aloqada bo‘la 
boshlagach, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari dini, Zardusht 
ta’limoti Ioniyalik doshishmandlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. 
Mil.av. VI asrda grek fanining poydevorini yaratgan ioniyalik etti olimning 
kelib qichishi, asosan
Sharq mamlakatlaridan 
–Bisa 
frigiyalik, Fales finikiyalik, Feresides esa janubiy anatoliyalik bo‘lgan. 
Ioniyalik faylasuf olimlarining ilmiy faoliyati amaliy hayot ehtiyojidan 
kelib chiqqan holda rivojlangan. Bu olamlar o‘z ta’limotida astronomiya, 
matematika, fizika va biologiya haqida dastlabki tushunchalarni, kundalik 
hayotda zarur bo‘lgan asboblarni yaratganlar. Ular yaratgan ta’limot ibtidoiy 
materializm ruhida edi. 
Qadimgi grek fani, falsafasi markaziy Gretsiyada emas, balki kichik 
Osiyoda, Ioniyadagi yirik port shahri Miletda shakllangan. Milet shahri 
geografik jihatdan qulay joylashgan bo‘lganligi sababli bu erda savdo, 
hunarmandchilik boshqa joylarga nisbatan erta va keng rivojlangan. 
Haqiqatdan, Milet Assiriya ustidan g‘alaba qozongan Midiya bilan yaqin 
aloqada bo‘lgan va tabiiyki, bu mamlakatda tarqalgan zardushtiylikdan ham 
yaxshigina xabardor bo‘lgan, ayniqsa, kosmologiya va kosmogoniya 
sohasida miletliklar misrlik va bobilliklarning abstrakiy farazlariga emas, 
balki zardushtiylikning muayyan tizimga solingan ilmi nuzumiga amal 
qiladilar. 
Milet olimlari orasida, ayniqsa, Fales ta’limoti diqqatga sazovardir. 
Fales faylasuf, astranom, matematik, fizik, siyosiy arbob va savdogar edi. 
Midiya, Eron mug‘lari bilan muloqotda bo‘lgan, ularning kosmogonik 
ta’limotlarini o‘rgangan va shu ta’limot asosida borliq xususiyati, osmon va 
er haqidagi nazariyasini yaratgan. Afsuski, Fales asarlari qadim davrlardayoq 
yo‘qolib ketgan.Faqat keyingi davrda o‘tgan faylasuf olimlar, ayniqsa, 
Aristotel asarlarida berilgan ma’lumotlarga tayanib olimning ibtidoiy 
materializmga asoslangan ilmiy qarashlari haqida fikr yuritish mumkin er 
kurrasi suvda turadi, suv hamma narsaning moddiy asosi). 
Zardushtiylik kosmogonikasi bo‘yicha yer gardish shaklida, u suvda 
turadi, namlik, suv hamma narsaning asosi, yerni okean qurshagan, u xuddi 
suvdagi taxtadek, ana shu doktrianaga binoan zardushtiylar suvni hatto 
olovdan ham ortiqroq e’zozlaganlar. Ularning fikricha, yerni qurshagan olti 
modda (olti ma’buda)ning birinchisi suv. Aristotel keltirgan Falesning 
ikkinchisi tezisi “tabiatdagi hamma narsalarda ma’budlarning ishtiroki bor, 
ular o‘lik emas, tirik”. Bu g‘oya esa zardushtiylikning yuqorida keltirilgan 
g‘oyasiga asoslanadi. Zardushtiylikda Axura Mazda avval borliq va hamma 
narsalarni tana qobig‘idan (menog) ozod holda yaratgan, keyin ularga shakl 
bergan, degan ta’limot bor. Falesning har bir buyumda ma’bud xudo bor, 
degan nazariyasi xuddi ana shu buyumlarning menog holatini eslatadi. 


Zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra Axura Mazda yaratgan olti modda –olti 
ma’bud Amesha-Sienta (ya’ni “mangu avliyolar”) quyidagilardir-Voxu-Mana 
(YAxshi niyat), Asha-Vahishta (O‘ta adolatliylik), Sienta-Armaiti (Diyonatli 
avliyolik), Xshatra-Vaprya (Orzu etilgan qudrat, iroda), Xaurvatag ( 
YAxlitlik) va Ameretag (Mangulik). Ularning hammasi Axura Mazdaning 
emanatsisi. Ular o‘zlari yaratgan har bir moddada ishtirok etadilar. Falesning 
ikkinchi tezisi esa zardushtiylikning aynan ana shu Amesha-Spenta ta’limoti 
ta’siri ostida shakllangan. Borliqning asosi to‘rt unsur (suv, er, olov, havo) 
ta’limotida ham Sharq falsafasining ta’siri bor. Insoniyat tarixidagi eng 
ko‘hna va haligacha o‘z kuchini yo‘qotmagan “Kimligingni o‘zing yaxshi 
bilib ol” va “hech narsa haddan ziyoda bo‘lmasligi kerak” degan ikki hikmat 
ham Falesga taalluqli. Aytishlariga qaraganda Fales o‘z ta’limotini she’r 
bilan yozgan. 
Fales ta’limotini uning shogirdi va vatandoshi Anaksimandr 
(mil.av.611-545) davom ettirdi. Anaksimandr yunon adabiyoti tarixidagi 
birinchi nasriy asar “Tabiat haqida” risolasini yaratgan edi. Anaksimandr 
Fales kabi kosmogoniya masalasiga, borliq, hamma narsalar qayerdan 
bo‘lganiga ko‘proq qiziqqan. Falesdan farqli o‘laroq, u borliq fazoning 
cheksizligidan paydo bo‘lgan, “cheksizlik hamma narsaga yo‘nalish beradi va 
hamma narsani idora etadi” deydi. 
Aristotel Anaksimandrning bu fikriga izoh berib, “har bir paydo bo‘lgan 
narsaning oxiri bor, lekin u mutloq yo‘q bo‘lib ketmaydi” deydi. Aristotel bu 
fikrni “faylasuf aytgan cheksizlik ilohiyat, chunki u mangu, yo‘q bo‘lib ham 
ketmaydi” deb izohlaydi. 
Aristotelning ana shu yuqorida keltirilgan talqini keyingi davr yunon 
falsafasi uchun ham hal etuvchi rol o‘ynaydi. “Cheksizlikdan paydo bo‘lgan 
buyumlar ma’lum vaqtdan keyin yana asli holiga, cheksizlikka qaytadi. 
Shunday qilib behisob dunyolar paydo bo‘ladi va halok bo‘ladi”. Cheksizlik 
haqidagi nazariya zardushtiylikning Axura Mazdasi bilan bog‘liq edi, chunki 
bu ma’budning makoni osmondagi cheksiz nurda. Anaksimandrning 
ratsionalistik fikri bo‘yicha jahonda bizning erimizga o‘xshagan “dunyolar 
ko‘p, lekin ular bir-biridan juda uzoqda, ularni faqat tafakkur kuchi bilan 
bilish mumkin, ko‘rib bo‘lmaydi”. Bu ta’limot Axura Mazda tomonidan 
erimizni qurshagan olti kichik ma’buda yaratilishi haqidagi ta’limot ta’siri 
ostida kelib chiqqan. 
Anaksimandr yaratgan kosmogonik ta’limoti boshqa yunon faylasuflari 
ijodida uchramaydi. Anaksimandrning fikricha, koinotdagi har bir dunyoni 
avval havo, keyin olov qurshagan. Erimizning havo bilan olov qobig‘i 
o‘rtasida avval yulduzlar, sayyoralar, keyin oy va nihoyat quyosh joylashgan, 
er konus shaklida. Kosmogoniyani ana shunday tasavvur etish kohinlar 
tomonidan ishlab chiqilgan zardushtiylik ta’limoti bilan bog‘liq. To‘g‘ri 
Anaksimandr zardushtiylarning kosmos haqidagi nazariyasiga bir qancha 
o‘zgartirishlar kiritib, ancha murakkablashtiradi, havoda (atmosferada) 
teshiklar bor, yulduzlarning katta – kichikligi ana shu teshiklar bilan bog‘liq, 
yulduzlar teshiklar orqali ko‘ringan erning olov qobig‘i. 


Miletlik faylasuf olimlarning uchinchisi, Anaksimandrning do‘sti, 
shogirdi Anaksimen (mil.av. 585-525) edi. Fales va Anaksimandr asarlari 
kabi Anaksimon merosi ham bizga boshqa mualliflarda keltirilgan parchalar 
orqali etib kelgan. Olimning fikricha, hamma narsalar havoning siyraklanishi 
yoki zichlanishidan paydo bo‘ladi, siyraklansa olov, zichlansa shamol, bulut, 
tuman, keyin suv, er, tosh bo‘ladi; er tekis doira, uni havo ushlab turadi. 
Yerdan chiqqan bug‘lar musaffolashib olovga aylanadi, olov quyoshga, oy va 
yulduzlarga aylanadi, yulduzlar barglarga o‘xshab engilgina fazoda uchib 
yuradilar. 
Markaziy Osiyoda rivoj topgan ibtidoiy falsafiy ta’limotlar, ayniqsa 
zardushtiylik ta’limoti dialektika asoschilaridan biri efeslik Geraklit (mil.av. 
544-483) dunyoqarashiga kuchli ta’sir etgan. Geraklitning “Tabiat haqida” 
asaridan bizgacha 130 parcha (fragment) etib kelgan. U bu kitobini juda 
murakkab tilda, ilmning mag‘zini chaqa oladigan, farosatli va dono 
kitobxonlarga mo‘ljallab yozganini aytadi. 
Fales borliqning asosi suv, Anaksimandr havo desa, Geraklitning 
fikricha, hamma narsaning asosi olov. Zardushtiylik ta’limotida esa Axura 
Mazda Amesha-Sienta-olti kichik ma’budlar-olti borliqni olovdan barpo 
etgan, olov ularga hayot va issiqlik beradi, deyiladi. Greklitning fikricha, 
olov erdan chiqqan va uni o‘zgartirib yuborgan. Olov kosmosdagi dunyolar 
o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi, havo, suv, er olovdan paydo bo‘ladi va 
ma’lum vaqtdan so‘ng hammasi yana o‘tga aylanadi. Dunyoda hamma narsa 
doimiy harakatda va o‘zgarishda, qotib qolgan narsa esa umuman bo‘lmaydi. 
Doimiy o‘zgarish va harakatni Geraklit qarama-qarshiliklar birligi va kurashi 
sifatida tushunadi. Bu tezis asosida zardushtiylik dinidagi Axura Mazda bilan 
Angra-Man’yu, yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi doimiy kurash yotadi. 
Geraklitning fikricha, quyosh harakatini Dike, zardushtiylikda esa Mitra 
nazorat qilib turadi. Dikening yana bir vazifasi yolg‘onning jazosini berish. 
Zardusht olti abstrakt, axloqiy tushunchalarni ham ilohiylashtirib “Mangu 
avliyolar” nomini bergan edi. Milet faylasuf olimlarida kosmik adolat 
tushunchasi 
bo‘lib, Geraklitda u Dike bilan bog‘liq, Dike esa 
zardushtiylikdagi Asha-Vahishta, adolat, haqqoniylik haqidagi ta’limot bilan 
bog‘liq ekanligi aniq. 
Geraklit ham Zardusht kabi abstrakt tushunchani iloxiylashtiradi. Uning 
fikricha, donishmandlik-ilohiyat, lekin uni Zevs deb atab bo‘lmaydi. 
“Donishmandlik hamma uchun yagona, u dunyoda joriy etilgan tartibni 
saqlab turishni biladi. Donishmandlik insonlar faoliyatini doim kechayu 
kunduz kuzatib boradi”. Ilohiyat insonlar qilmishini nazorat ostida tutishi
greklar uchun yangilik bo‘lib, zardushtiylikning Axura Mazdasi va Amesha- 
Sientasi faoliyatining aynan o‘zi edi. YAxshilik, haqqoniylik, diyonatlilik 
kabi xususiyatlarga ega insonlar ruhi, Geraklit ta’limotida aytilishicha, 
o‘lgandan so‘ng osmonga chiqib, quyosh va yulduzlarning musaffo fazosida 
mangu bo‘ladilar, nafsga berilganlar oy atrofida bo‘lib, yog‘in-sochin, 
sovuqlik ulardan tarqaladi. Eng oliyjanob qahramon, botir odamlar ruhi eng 
yuqori osmonu falakka ko‘tariladilar. 


Insonlarning vafotidan keyingi taqdirini Greklit tomonidan yuqorida 
keltirilganidek talqin qilish grek dini, dunyoqarashi uchun mutloq yangilik 
edi. Chunki ularning tasavvurida hamma o‘liklar Tartarga o‘liklar dunyosi 
ma’budi Aid o‘lkasiga boradi. Geraklit insonlarning o‘lganidan keyingi 
taqdiri haqidagi nazariyasini zardushtiylik ta’siri ostida ishlab chiqqan. 
Buning yana bir isboti: zardushtiylik dini yer muqaddas, o‘lgan har bir narsa 
harom, muqaddas yerni ifloslantirmaslik uchun uni erga qo‘mib bo‘lmaydi, 
o‘liklar suyagi go‘shtidan ajratilib ostodonga solib yerga ko‘milgan. Geraklt: 
jon chiqish vaqtida tana buziladi, haromlashadi, shuning uchun uni na erga 
ko‘mib, na olovda kuydirib bo‘ladi, uni hayvon va qushlar yeb ketishi kerak 
deydi. 
Milet, tarixining mil.av. VII-VI asrlardagi iqtisodiy-ijtimoiy holati 
o‘zidan yuqori bo‘lgan madaniyat ta’sirini qabul qilish darajasiga ko‘tariladi 
va Sharq ta’siri esa potensial kuchlar taraqqiyotiga turtki bo‘ldi. Natijada 
Miletda shakllanib rivoj etgan ibtidoiy materialistik ilmiy- falsafiy ta’limot 
tashkil topdi. To‘g‘ri, Sharqning ta’siri uzoq davom etmadi, mil. av. V asrda 
ro‘y bergan Yunon-Eron urushlari bunga chek qo‘ydi. Lekin Milet maktabi 
bundan keyingi grek tafakkuri rivojiga, ayniqsa, Demokrit, Platon, Aristotel, 
Diogen, Epikur kabi faylasuflar ta’limotiga katta ta’sir etdi va yunon tabiiy 
fanlar rivojini aniqlab berdi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, agar 
qadimgi yunon fani, falsafasi keyingi davr Sharq va Yevropa ilm-fani va 
falsafasiga asos bo‘lgan bo‘lsa, demak, bunda zardushtiylik ta’limotining 
xizmatini inkor etib bo‘lmaydi. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish