4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)



4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) 
Reja: 
1. Qadimgi Yunoniston madaniyati
2. Qadimgi Rim madaniyati
 
Tayanch so‘z va iboralar 
Ellada, avristokratiya odobi, Sparta maktabi, Egey madaniyati, Gomer 
davri, Arxaik davri, Klassik davr madaniyat, Ellinizm, me’morlik, 
haykaltaroshlik, teatr, Rim qonuni, sodiqlik, urug‘doshlik, harbiy jasorat
kolizey, ommaviy bayramlar, tasviriy san’at, senat, Rim falsafasi, 
nasroniylik, kalendar. 
4.1.
 
Antik YUnoniston madaniyati 
 
Antik davr madaniyati-jahon sivilizatsiyasining ilk markaz-laridan 
bo‘lib, u davrda falsafa,madaniyat fan sifatida shakllandi. Uning uchun 
SHarq madaniyatining, ayniqsa, arifmetika, astronomiya, mifologiya va 
teologiya sohalarida erishilgan dastlabki muhim yutuqlarining ahamiyati 
katta bo‘ldi. 
Qadimgi YUnon madaniyati mil. av. XXVIII asrdan mil. av. II 
asrgacha davom etdi. YUnonlar o‘zlarining vatanini 
Ellada 
deb ataganlar. 
Qadimgi YUnon madaniyatining eng yuqori darajaga ko‘tarilgan davri 
mil.av. V-IV asrlarga to‘g‘ri keladi. Qadimgi YUnon madaniyati jahon 
madaniyati tarixida fenomen hodisa sifatida o‘zini namoyon etdi. 
Qadimgi YUnon madaniyati beshta davrga bo‘linadi: Egey madaniyati 
(mil. av. XXVIII-XI asrlar); Gomer davri madaniyati (mil. av. XI-IX asrlar); 
Arxaik davri madaniyati (mil. av. VIII-VI asrlar); Klassik (
yuqori 
darajadagi
) davri madaniyati (mil. av. V-IV asrlar); Ellinizm davri 
madaniyati (mil. av. 323-146 yillar). 
Egey madaniyatini ko‘pincha 
Krit-Miken madaniyati 
deb ham 
atashadi. Buning sababi Krit oroli va Miken shahri YUnon madaniyatining 
asosiy markazlari sanalgan. SHuningdek, bu davrni afsonaviy podsho 
Minosning nomi bilan Minoy madaniyati deb ham atashadi. 
Mil. av. III minginchi yillarning oxiri, ikki minginchi yillarning 
boshlarida Krit orolida Knoss, Festa, Mali va Kato-Zakro shahar davlatlari 
vujudga keldi. SHaharlarning tutgan o‘rni hisobga olinib, ba’zida ularni 
«Saroy madaniyati» deb ham atashadi. Bu davrda asosiy mashg‘ulot qishloq 
xo‘jaligi bo‘lib, bunda don, uzum, zaytun etishtirilgan. Xo‘jalikda 
chorvachilik, hunarmandchilik va savdo ham muhim o‘rin tutgan. 
XIX asrning 70 yillarida nemis arxeologi Genrix SHliman Egey dengizi 
qirg‘oqlarida qazuv ishlari olib bordi va natijada 7 ta shaharni aniqladi. 
SHaharlarning biridan oltin san’at buyumlari xazinasi topildi. 
Krit madaniyatiga taalluqli Knoss saroyi «Labirint» (yunon-xonalari 
behad qup, yo‘laklari odamni adashtiruvchi ulkan bino) nomi bilan tarixga 
kirgan bo‘lib, u ko‘p qavatli, 300 xonadan iborat, 16 ming kv.m. maydonni 


egallagandi. Saroyda suv o‘tkazuvchi moslama (
vodoprovod
), kanalizatsiya 
va vannalar, hunarmandchilik ustaxonalari bo‘lgan. Saroyning maxfiy 
xonasidan ayol shaklidagi ma’budaning qo‘lida ilonni ushlab turgan 
haykalchasi topilgan. Saroyning devorlarida hozirgacha «Gullar teruvchi», 
«Qushni tutishga shaylanayotgan mushuk», «Xo‘kiz bilan o‘yin» kabi rasm 
manzaralari saqlanib qolgan. Krit chiziqli harflardan iborat o‘z yozuviga ega 
bo‘lgan. 
Chiziqli yozuv Krit orolining eng qadimgi yozuvlari tizimi; A va B 
turlari farqlanadi. Chiziqli yozuvlaning B turi (krit-miken bo‘g‘in yozuvi)da 
bitilgan matnlar yunon tili lahjalaridan birini namoyon qiladi. Mil.av. XV-
XIV asrlarga mansub ushbu matnlar XIX asr oxirlarida Krit orolida, mil.av. 
XIII asrga mansub matnlar esa 1939 yili Peleponnesning janubiy qismida 
topilgan. Bu yozuvdagi matnlar birinchi marta ingliz olimi A.Evans 
tomonidan 1909 yili e’lon qilingan. CHiziqli yozuvni o‘qishga ingliz olimlari 
M.Ventris va J.CHedvik 1953 yilda muvoffaq bo‘lgan. CHiziqli yozuvnig A 
turi hali o‘qilmagan va uning hind-evropa tillariga aloqadorligi 
isbotlanmagan. 
Ellada 
hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli ― respublika va 
demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443-429 
yy.) davrida gullab-yashnadi. YUnonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga 
ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga 
taalluqli edi. YUnonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy 
manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Masalan, quldorlik 
davlat tizimini idor etish vositasi. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish