4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)

Aristofan 
(mil. av. 445-385) — yunon shoiri, «komediya otasi». 
Aristofan nazari davrning dolzarb muammolariga qaratilgan bo‘lib, ijodida 
yorqin namoyon bo‘ladi va o‘sha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini 
ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini o‘ziga rom etgan radikallar 
aqidasiga («Chavandozlar»), sofistlarning individual falsafasiga («Bulut») 
ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining 
inqirozi alomatlarini ko‘ra oldi. Aristofan komediyalarida muhim voqealarga 
munosabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi («
Lisistrata
»), 
hayotiy shaxslarni kamsitish 
(«Bulut»da — Suqrotni
), fantastik vaziyatlar 

Axariyanlar», «Qushlar
») ham Aristofan ijodiga mavzu bo‘lgan. 
Arxitektura va shahar qurilishi bo‘yicha miletlik 
Gippodam 
tomonidan shaharlarning rejalashtirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, 
unga ko‘ra shahar jamoa markazi, yashash uchun uy-joy hamda ishlab 
chiqarish va port zonalaridan iborat bo‘lishi kerak edi. Monumental 
qurilishning asosiy turi ibodatxonalar bo‘lgan. Arxitektorlar-
Gektin 
va 
Kalikrat
lar tomonidan qurilgan Afina Akropoli jahon arxitekturasining 
noyob namunalaridan biri hisoblanib, unda 46 ta ustun va haykallar bo‘lgan. 
Mil. av. VII-VI asrlarda yunon me’morlari san’at durdonasi bo‘lgan bir 
qancha ibodatxonalar bunyod etishgan. SHular ichida eng salobatlisi va 
muhtashami, Efes shahrida ma’buda 
Artemida 
uchun bunyod etilgan 
ibodatxona edi.Me’mor 
Xersifron 
efesliklarga ko‘sh ustunli ulkan 
ibodatxona qurishni taklif qiladi. Lekin qanday qurilish materiallaridan 
foydalanish kerak, degan masala ko‘ndalang bo‘lib turganida, banogoh 
shahar yaqinidan oq marmar koni topilib qoladi.Naql qilishlaricha, qurilish 
120 yil davom etgan ekan. Ibodatxona bejamdor ustunlar, ma’budlarning 
tasviri, odam bo‘yi baravaridagi bo‘rtma naqshlar, sof oltindan ishlangan 
sigir haykali bilan bezatilgan. 
Marmardan yaratilgan bu san’at koshonasini dunyoning etti iqlimidan 
kelib tomosha qiluvchilarning keti uzilmaydi. Biroq, savlat to‘kib turgan bu 
ibodatxonaning kuli ko‘kka sovuriladi. Bu mudhish voqea mil. av. 356 yilda 
ro‘y beradi. YA’ni, efeslik Gerostrat degan bir kimsa tarixda nomim qolsin 
deb yuz yil mobaynida olamni hayratda qoldirgan bu mo‘‘jizaga o‘t 
qo‘yadi.Ibodatxona yong‘indan qattiq zarar ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, 
efesliklar uni qayta tiklashga ahd qilib, bor-yo‘q boyliklarini muqaddas 
ibodatxonani tiklashga in’om etishadi. 
Mil. av. 333 yilda Osiyoga yurish boshlagan Iskandar Zulqarnayn 
qo‘shinlari Efesga yaqinlashib qolganida shaharliklar ibodatxonani tiklash 
bilan band edilar. Aholi jahongirni shodu–hurramlik bilan kutib oladi. 
Bundan nihoyatda xursand bo‘lgan Iskandar ibodatxona qurilishi bilan 
bog‘liq barcha harajatlarni o‘z zimmasiga olishni va’da qiladi. Biroq 


ibodatxona makedoniyalik shohning madadisiz qayta quriladi. Keyingi 
qiyofasida u yanada ulug‘vor, yanada salobatli ko‘rinardi. Zotan, endilikda 
ibodatxona juda katta maydonni (
bo‘yi 110, eni 55 metr
) egallardi, 
zinapoyalari ham oldingiga nisbatan ko‘proq edi.Bu ziyoratgoh koshona 
qurib bitkazilgach, o‘z zamonasining mashhur rassomlari-yu-haykaltaroshlari 
Praksitel va Skopaslar rahbarligida ishlangan 127 ta ustunlar ajoyib haykallar 
va rasmlar bilan bezatilgan. 
Olimpiya o‘yinlarining boshlanganiga 300 yil bo‘lganiga qaramay, 
o‘sha vaqtlarda YUnonistonda Zevsga bag‘ishlangan birorta ibodatxona yoki 
haykal bo‘lmagan. Mil. av. 470 yilda Zevsga bag‘ishlangan ibodatxona va 
qadimgi dunyoning etti mo‘‘jizasidan biri, deb nom olgan uning mahobatli 
haykali yaratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, obida marmardan qurilgan. Pastki 
qismi chig‘anoqtoshdan yasalgan, balandligi 10,5 metr, diametri 2 metrdan 
oshadigan 34 ta ulkan ustunlar uni o‘rab turgan. Ibodatxona sahnining 
o‘lchami 64x27 metr, asosidan tepasigacha balandligi 20 metrdan oshgan. 
Binoning tashqi devorlariga Geraklning 12 g‘alabasi o‘yib aks ettirilgan 
toshtaxtalar o‘rnatilgan. Balandligi 10 metrdan oshgan bronza eshiklar 
ochilishi bilan ibodatxonaning ichkarisidagi bor go‘zallik namoyon bo‘lgan. 
Ibodatxona qurilishi tutgandan so‘ng olimpliklar shaharda Zevsning 
haykalini bunyod etishga qaror qilishgan. Inshootni bunyod etish uchun 
Afinadan o‘sha vaqtlardagi eng mashhur haykaltarosh Fidiy taklif etilgan. 
Fidiy Zevsning ulkan taxtda o‘tirgan yog‘och haykalini yaratgan. Zevsning 
tanasini yasash uchun ishlatilgan fil suyagi, qimmatbaho toshlar, shu 
jumladan 200 kilogramm sof oltin sarflangan. Oltin asosan, Zevs tanasining 
bir qismini yopib turgan yopqich, uning chap qo‘lida ushlab turgan saltanat 
hassasi va burgut, o‘ng qo‘lidagi g‘alaba ma’budasi Nikaning haykali hamda 
ma’bud boshiga kiygan zaytun novdalaridan qilingan gulchambarni yasash 
uchun ishlatilgan. 
Zevs taxti ulkan bo‘lib, o‘tiradigan joyining tomonlari 6 metr, o‘rindiq 
sifatida ishlatilgan tosh-taxtaning qalinligi 1 metr bo‘lgan. Ma’budning 
oyoqlari ikkita sher ko‘tarib turgan taglikda turgan. Taxtda o‘tirgan Zevs 
haykalining umumiy balandligi 17 metr bo‘lgan. Ma’bud ko‘zlarining 
kattaligi odam mushtidan yirikroqligi mazkur inshootning naqadar ulkan 
bo‘lganidan dalolat beradi. Olimpda yaratilgan Zevs haykali qadimgi
dunyoning etti mo‘‘jizasidan biri hisoblangan. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish