4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)

Gerodot 
(mil. av.490-425) tarix fanining otasi. Mil. av. 455-447 
yillarda butun Kichik Osiyo, Misr, Bobil, Finikiya, Kirena, YUnonistonning 
Bolqondagi shaharlari, Qora dengiz sohillari bo‘ylab sayohat qilib, skiflar 
haqida ma’lumot to‘plagan. 
Gerodot yaratgan “Tarix”aleksandriyalik olimlar tomonidan to‘qqiz 
kitobga taqsimlanadi va har biriga muzalar nomi (Klio, Evterpa, Taliya, Mel 
pomeni, Terisixora, Erato, Poligimniya, Uraniya va Kalliopa) sarlavha 
sifatida qo‘yiladi. Har bir kitob o‘z navbatida yuzlab boblardan iborat. 
“Tarix”da Evropa va Osiyo, YUnoniston va Eron o‘rtasidagi urushlar voqeasi 
yoritilgan. 
Gerodot 
asari 
jahon 
badiiy 
adabiyoti 
xazinasining 
ajoyib 
namunalaridan biri. Unda geografiya, etnografiya va tarixdan eng qadim 
davrlarga oid, turli xalqlar va elatlar, hududlarga oid juda qiziq ma’lumotlar 
bor. Lekin paradoks shundaki, “Tarix” asarini bizning tushunchamizdagi 
tarixiy asar deb bo‘lmaydi. Qadim grek tarixi, jumladan Geradot asari ham 
hozirgi tarixiy asarlardan mutlaqo farq etadi. Unda haqiqatni tasvirlash, uning 
sabablarini ochish va ilmiy umumlashtirishlarga emas, balki asarning 
badiiyligiga ahamiyat berilgan. 
Gerodot “Tarix”ining asosiy g‘oyasini yunon dunyosining sharq 
dunyosi bilan kurashi tashkil qiladi. Gerodot Midiya, Ahamoniylar davlati 
tarixi, tabiiy sharoiti va murakkab hayoti, aholisining o‘tmishi, dini, o‘ziga 
xos urf – odatlari hamda madaniy yodgorliklarini ustalik bilan bayon etib, 
tarixiy voqealarni keng tahlil qilgan. 
Antik adabiyotda birinchi bo‘lib skiflarning hayoti va turmush tarzlari 
Gerodot asarida tadrijiy suratda bayon etilgan. Xususan, u O‘rta Osiyoda 
yashagan massagetlar haqida batafsil ma’lumotlar keltirib, massagetlar 
malikasi To‘marisning axmoniylar podshosi Kir II bilan bo‘lgan jangini 
yuksak mahorat bilan bayon qilgan. 
Qadimgi Yunon madaniyatidagi teatr sohasida tragediya, komediya 
janrlarining paydo bo‘lishi va ravnaqi muhim voqea hisoblanadi. Yunon 
teatri qishloq xo‘jaligi, uzumchilik homiysi bo‘lgan Dionis sharafiga 


o‘tkaziladigan bayramlar vaqtida ijro etiladigan xalq qo‘shiqlari va o‘yinlari 
asosida vujudga kelgan. 
Esxil 
(mil. av. 525-456) ― dramaturg, “tragediyaning otasi”. Uning 80 
dan ortiq dramasidan «Eroniylar» (472), «Fivaga qarshi ettovlon» (467), 
«Oresteya» (458), «Iltijogo‘ylar» hamda «Zanjirband Prometey» 
tragediyalari bizgacha etib kelgan. 
Esxil Afina demokratiyasi avj olgan davrda yashagan va bu sharoit 
uning ijodiga ham ta’sir etgan. Tragediyaga ikki aktyorni kiritib, uni 
chinakam dramatik janrga aylantirgan va dialog konfliktining yuzaga 
kelishiga imkon yaratgan. Esxil tragediyalari monumental, kompozitsiyasi 
mutanosib; ularda xor etakchi o‘rinda, personajlar tavsifnomasi 
ziddiyatlardan holi va qatiy maqsadga qaratilgan. 
Esxil tragediyalarida insonparvarlik, vatanparvarlik kabi ijtimoiy va 
axloqiy muammolar ko‘tarib chiqilgan. Prometey haqidagi trilogiyasidan 
faqat «Zanjirband Prometey» tragediyasi saqlanib qolgan. Prometey 
timsolida zulmga qarshi, adolat uchun kurashuvchi buyuk inson xarakteri 
yoratilgan. Esxilning “Zanjirband Prometey” tragediyasi shoir Asqar Qosim 
tarjimasida o‘zbekchada nashr etilgan. 
Sofokl 
(mil. av. 496-406) ― dramaturg, shoir, siyosiy va harbiy arbob. 
Sofokl antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan 
shaxsning ma’naviy shakllanishi muammosini echishda dunyoning 
parvardigor tomonidan idora etilishini nazardan qochirmagan. Uning 
“Traxiyalik ayollar” tragediyasidan boshqa barcha asarlari oliyjanob 
kishilarning nomlari bilan atalgan. Antik manbalarga ko‘ra, 123 ta drama 
yozgan. “Ayaks”, “Antigona”, “SHoh Edip”, “Elektra”, “Filoktet”, “Edip 
Kolonda” va boshqalar. 
Bu asarlarning qaxramonlari murakkab vaziyatda do‘q va po‘pisalarga 
yoxud murasasozlikka da’vat etuvchi kengash va maslahatlarga qaramay, o‘z 
maqsadlari sari intiladilar. Antigona “norasmiy qonun”ga itoat etib, davlat 
qonunini buzadi va qonun jinoyatchi ko‘milmasin degan hukmiga qaramay, 
akasini dafn etadi. Elektra qatl etilgan otasining o‘chini olish uchun akasi 
Orestaga yordamlashib, qotil onani o‘ldirishda qatnashadi. Edip taqdiri 
azaldan qanchalik qochishga urinmasin, otasining qotili va onasining eri 
bo‘lib chiqadi. Bu aybi uchun shoh Edip o‘zini jazolaydi. 
Ana shu tarzda Sofokl tragediyalarining qahramonlari, o‘z istaklariga 
qarshi o‘laroq, taqdiri azalning qurboni sifatida gavdalanadilar. Sofokl 
voqeaning tabiiy oqimini aks ettirar ekan, tasvirga ilohiy kuchlarni jalb 
etmaydi, tomoshabin uning asarlarida kamdan-kam hollarda folbin, 
bashoratchilarga duch keladi. Sofokl Esxildan farqli o‘laroq, tragediyaning 
trilogiya ko‘rinishlaridan voz kechib, har bir asarida syujetning 
mustaqilligiga erishadi. Uning ikkinchi yangiligi uch aktyor ishtirokidagi 
sahnalardan samarali foydalanishidir. 
Sofokl jahon adabiyoti tarixidan bir necha monumental obrazlarni 
yaratgan ijodkor va jiddiy dramatik kompozitsiyalar ustasi sifatida o‘rin 
egallagan. Sofokl asarlari teatr san’ati yuksak taraqqiyot darajasiga 


ko‘tarilgan hozirgi davrda ham o‘z qimmatini yo‘qotmay, jahon 
dramaturgiyasining shoh namunalari bo‘lib qolmoqda. Sofoklning “SHoh 
Edip” (1969), “Antigona” asarlari hozirgi o‘zbek milliy teatrda (1971), 
“Elektra” 
tragediyasi 
esa 
Abror 
Hidoyatov 
nomidagi 
teatrda 
sahnalashtirilgan. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish