4-Mavzu: Antik davr madaniyati (2 soat) Reja



Download 237,2 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/29
Sana29.04.2022
Hajmi237,2 Kb.
#593703
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
4 mavzu matni (pdf) (1)

Praksitel 
quyi klassika davri namoyondasidir. Uning asarlari asosan 
marmardan ishlangan. Praksitel davrning badiiy talablariga javob beradigan 
yangi, o‘ta nozik go‘zallik namunalarini yaratdi. U YUnon haykaltaroshligida 
birinchi bo‘lib yalang‘och ayol obrazi “Afrodita” haykalini yaratgan. Asarlari 
nisbatlar jihatidan kelishgan va uyg‘un; marmarni mahorat bilan yo‘nib, 
tasvirni his qila olgan va uning mayin shakliga erishgan. Praksitel shakllariga 
nafis holat va engillik bera oladigan tashqi tayanch nuqtalarini topa olgan: 
Bular “Musallas quyayotgan satir”, “Erot”, “Apollon Saurokton” haykallarida 
yorqin namoyon bo‘lgan. 
Galikarnas
-qadimda Kichik Osiyo sohilida joylashgan yunon 


shaharlaridan biri bo‘lib, o‘z zamonasida nihoyatda go‘zalligi bilan mashhur 
bo‘lgan. Oq marmardan ishlangan muhtasham qasrlar, teatrlar, shoh saroyi, 
bog‘lar, keng ko‘chalar shahar husniga husn qo‘shib turgan. Galikarnas 
dovrug‘ini olamga mashhur qilgan shoh Mavsol maqbarasini
1
qurgan kishilar 
uni olamning etti mo‘‘jizasidan biri deb ko‘klarga ko‘tarishgan. 
1
Mavsol nomidan keyinchalik mavzoley so‘zi kelib chiqqan. 


Me’morlar to‘g‘ri to‘rtburchakli, kengligi 66 metr, uzunligi 77 metrga 
yaqin, balandligi 46 metrli uch bo‘linmadan iborat ajoyib maqbara yaratishdi. 
Birinchi bo‘linma oq marmardan baland qilib ishlangan zinali tagkursi
bo‘lib, unda Mavsol va Artemisiyaning maqbarasi joylashdi. YUqori qismi 
binoning to‘rt tomonini o‘rab turuvchi, marmardan ishlangan bo‘rtma 
shakllar bilan bezatildi. Bino yuqorisidagi ikkinchi bo‘linmaning atrofi qator 
ustunli sahn bo‘lib, bu er ilohiy shoh va uning rafiqasi sharafiga qurbonlik 
qilish uchun mo‘ljallangan. Ustunlar serbezak piramonlar bilan yasatilgan. 
Binoning eng tepasiga marmardan ishlangan haykal-to‘rt ot qo‘shilgan ikki 
g‘ildirakli arava o‘rnatilgan. 
Binoning quyi qismi atrofiga sherlar hamda otlarini eldirib borayotgan 
suvoriylarning haykallari o‘rnatildi. Maqbaradagi quyi va yuqori xonalarning 
shiftlarini ichki tomondan o‘n beshta ustun ko‘tarib turgan. 
Maqbarada shoh Mavsol va malika Artemisiya haykali yonma-yon 
turgan. CHunki, Artemisiya umr yo‘ldoshi xotirasini abadul-abad yod etuvchi 
vafodor beva sifatida o‘zini ham abadiylashtirgan. Mashhur haykaltarosh 
Skopas 
o‘z zamonasidagi haykaltaroshlik an’analariga xilof ravishda, 
toshdagi ko‘r ko‘zlarni ko‘ra oladigan qilib, malikaning ko‘z boqishida 
ayriliq dardi, iztirob, qahr va anduhni ifoda eta olgan. G‘arb varvarlari – 
salibchilar ushbu binoda ishlatilgan materiallarni buzib olib, o‘zlarining saroy 
qurilishiga ishlatishgan. 

Download 237,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish