Direksion burchaklar. Zona sistemasida ish olib borilganda chiziq yo‘nalishini aniqlashda zonaning o‘qiy meridiani asos qilib olinadi va poligon uchlaridan o‘qiy meridianga parallel chiziqlar o‘tkazilib, shunga nisbatan chiziqning yo‘nalishi topiladi. Shunda chiziq uchidan o‘qiy meridianga parallel o‘tgan chiziqning shimoliy yo‘nalishidan soat strelkasi yuradigan tomon bo‘ylab berilgan chiziqqacha bo‘lgan gorizontal burchak direksion burchak bo‘lib, harfi bilan belgilanadi. Direksion burchak ham azimut burchagi kabi 0° dan 350°gacha bo‘ladi, ya’ni 0°<<360°. Kichik joylarda chiziq azimuti va direksion burchagi bir xil bo‘lganidan, azimutni direksion burchak deb olinadi. Bir yo‘nalishdagi chiziqning direksion burchagi chiziqning hamma nuqtasida bir xil bo‘ladi (4.9-shakl). DC chiziqning D, A va V nuqtalaridan ShDJD, ShAJAva ShVJVmeridianlar o‘tkazib, DC chiziq azimutlari topilgan; shaklga ko‘ra: ADAB. D va V nuqtalardan A nuqta meridianiga (o‘qiy meridian) parallel chiziqlar o‘tkazilgan, ya’ni Sh2J2 ShAJASh1J1.