3-mavzu: Chiziqlarni oriyentirlash. Reja: chiziqlarni orientirlash burchaklari Haqiqiy azimut va direksion burchaklar



Download 0,62 Mb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#479601
  1   2
Bog'liq
3-маруза
Табиий ресурс, Baholash usullari, Ўрта асрларда геог, 2-topshiriq, Академик қоидалар Термиз Давлат Университети, 11-15 geodemografiya, Sammit Himoloy tog, 1 курс ЙМ КУРИЛИШ КИМЁСИ тестлар , 9-10 amaliy mashg’ulot Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar o‘zgarishini bashorat qilish., 2-Ma`ruza, 7-8 амалий машғулот , Amaliy mashg\'ulotlar.pdf, 1068-Article Text-2147-1-10-20210724 (1), yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif



3-mavzu: Chiziqlarni oriyentirlash.
Reja:
1. CHiziqlarni orientirlash burchaklari
2. Haqiqiy azimut va direksion burchaklar
3. Magnit azimuti va uni o‘lchash
Tayanch iboralar: Orientirlash burchaklari, azimut, haqiqiy azimut, teskari azimut, meridian, magnit meridiani, direksion burchak, rumb burchagi, Erning magnit maydoni, kompas.

Joydagi chiziqni orientirlash bu ushbu chiziqni meredianga nisbatan yo‘nalishini aniqlash demakdir. CHiziqning yo‘nalishini chiziq uchidan o‘tgan meridianga nisbatan aniqlanadi. CHiziq uchidan o‘tgan meridian bilan shu chiziq orasida hosil bo‘lgan burchakka orientirlash burchagi deb aytiladi.


CHiziqlar yo‘nalishini aniqlovchi burchaklar sifatida azimut, direksion burchak va rumblar xizmat qiladi.
Haqiqiy meridian — yarim kun chizig‘i ma’nosida bo‘lib, Er aylanish o‘qi orqali o‘tgan tekislikning Er shari yuzasi bilan kesishishidan hosil bo‘ladigan faraziy chiziqdir.
Bosh meridian — nuqta uzoqligini aniqlashda hisob boshlanadigan meridian tekisligidir. Hozir butun dunyo mamlakatlarida Londondagi Grinvich observatoriyasining markaziy nuqtasidan o‘tgan meridian bosh meridian deb qabul qilingan.
O‘q meridian — zonalar sistemasida bir zonaning o‘rta meridiani shu zonaning o‘q meridiani bo‘ladi.
CHiziqlar yo‘nalishi. CHiziq yo‘nalishi ixtiyoriy nuqtadan o‘tuvchi va meridian deb ataluvchi tayanch chiziq bilan berilgan chiziq orasidagi gorizontal burchak bilan aniqlanadi. Yo‘nalishlarni belgilash uchun turli meridianlar: (a) geodezik (u ko‘pincha haqiqiy meridian deyiladi), (b) astronomik, (s) magnit, (d) to‘r chizig‘i foydalaniladi.
Yerning geografik qutblari o‘rtacha o‘rni orqali o‘tuvchi shimol-janub tayanch chiziqqa geodezik meridian deyiladi.
Yerning geografik qutblari bir lahzalik o‘rni orqali o‘tuvchi shimol-janub tayanch chiziqqa astronomik meridian deyiladi.
Astronomik meridian yo‘nalishi koinot ob’ektlarini dala sharoitida kuzatishdan aniqlanadi. Geodezik va astronomik meridianlar bir-biriga yaqin, biridan ikkinchisiga o‘tish uchun kichik tuzatmalar kiritish orqali o‘tiladi.
Yer magnit qutbining ta’siri ostida magnit milining erkin holati bo‘yicha magnit meridiani aniqlanadi.
Davlat yoki boshqa yassi koordinatalar sitemasida s’yomkalarni bajarishga asoslangan to‘r chizig‘i meridiani foydalaniladi. To‘rning shimoli yassi koordinatalar sistemasini qamrab oluvchi hududning tanlangan markaziy meridiani yoki butun hudud bo‘yicha unga parallel o‘tkazilgan geodezik shimolning yo‘nalishidir.

1-shakl
Joyda haqiqiy meridian yo‘nalishini aniqlash murakkab masala bo‘lib, u astronomik kuzatishlar orqali bajariladi va joydagi chiziqlarni orientirlash uchun ishlatiladi.
Meridianni shimoliy uchidan boshlab soat mili yo‘li bo‘yicha chiziq yo‘nalishigacha o‘lchangan gorizontal burchakka azimut deyiladi.
Azimut A bilan belgilanib 00 dan 3600 gacha o‘lchanadi.
Xaqiqiy azimut deyiladi - agarda u xaqiqiy meridiandan boshlab o‘lchangan bo‘lsa.
To‘g‘ri yo‘nalish MN azimuti A to‘g‘ri va teskari yo‘nalish NM azimuti A teskari azimut deyiladi. Meredianlar o‘zaro parallel emas, shuning uchun chiziqni turli nuqtalaridagi azimuti turli bo‘ladi. Berilgan ikkita nuqtalardan o‘tuvchi meredianlar parallel emas va ular orasidagi burchak meredianlar yaqinlashishi burchagi γ deyiladi. SHakldan chiziqni to‘g‘ri va teskari azimutlari orasidagi bog‘lanish quydagicha ifodalanadi:

Amaliyotda bazida azimutlar o‘rniga rumb burchagidan foydalaniladi.


Rumb o‘tkir burchak 00 dan 900 gachao‘lchanadi va r bilan belgilanib qiymati oldiga u joylashgan chorak nomi yozib ko‘rsatiladi. Azimut bilan rumb orasidagi munosabat quyidagicha ifodalanadi (2-shakl)

2-shakl



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti