3-mavzu: Chiziqlarni oriyentirlash. Reja: chiziqlarni orientirlash burchaklari Haqiqiy azimut va direksion burchaklar



Download 0,62 Mb.
bet2/2
Sana02.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#479601
1   2
Bog'liq
3-маруза

r1=A
r2=1800-A
r3=A-1800
r4=3600-A

Azimut. Har qanday tayanch meridiandan boshlab soat yo‘li bo‘yicha o‘lchanadigan gorizontal burchak azimut deb ataladi. Gorizontal s’yomkalarda azimutlar odatda shimol yo‘nalishidan boshlab o‘lchanadi, biroq astronomlar va harbiylar esa tayanch yo‘nalish sifatida janub yo‘nalishidan foydalanishadi. NGS da NAD27 uchun azimut etaloni sifatida janub yo‘nalishi foydalaniladi, biroq NAD83 uchun shimol yo‘nalishi qabul qilingan. 3.1-rasmda azimutlarni shimoldan o‘lchash ko‘rsatilgan. Ular 0° dan 360° gacha o‘lchanadi. SHunday qilib shaklda


OA chizig‘i azimuti - 70°; OB-145°; OC-235°; va OD-330°. CHiziqning to‘g‘ri yo‘nalishi uning to‘g‘ri azimuti, teskari yo‘nalishi teskari azimut bilan beriladi.

3-shakl. Azimutlar 3.2-rasm. Rumb burchaklari

Rumblar. Rumblar chiziqlar yo‘nalishini belgilashning boshqacha tizimidir. CHiziqning rumbi tayanch meridian bilan berilgan chiziq orasidagi o‘tkir gorizontal burchakdir. U shimol yoki janub yo‘nalishidan sharq va g‘arb yo‘nalishlariga qarab o‘lchanadi. Rumb qiymati 90° dan kichik bo‘lganligi uchun uning oldiga shimol yoki janub harfi, oxiriga sharq yoki g‘arb harfi qo‘yiladi. Misol, 3.2-rasmda OA chizig‘i rumbi N70° E (70° SH.SHq.) kabi yoziladi. SHimol-sharq (NE) choragida barcha rumblar meridiandan soat mili bo‘yicha o‘lchanadi. Janub-sharq (SOE) choragida barcha rumblar meridiandan soat miliga qarshi amalga oshiriladi, shuning uchun OV chizig‘ining rumbi S35° E (35° j.shq.) bo‘ladi. O‘xshash holda OS ning rumbi S55° W va OD niki esa N30° W hisoblanadi. Qachonki chiziq kardinal yo‘nalishda joylashsa rumblar “SHimol”, “SHarq”, “Janub” yoki “G‘arb” kabi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.


Geodezik rumblar geodezik meridiandan, astronomik rumblar mahalliy astronomik meridiandan, magnit rumblari lokal magnit meridianidan, to‘r rumblari tegishli meridinning to‘rlaridan o‘lchanadi. Magnit meridiani dalada kompas milini qutbga qarab yo‘nalganidan olingan bo‘lishi mumkin va hisoblangan magnit rumbini olishda o‘lchanadigan burchak bilan topiladi.

4-shakl. To‘g‘ri va teskari rumblar

4-shaklda A, V, S va D nuqtalarida ketma-ket kompas o‘rnatiladi AB, BA, BC, CB, CD, va DC chiziqlarni rumblarini aniqlash ko‘zda tutiladi. YUqorida aytib o‘tilganidek AB, BC, CD rumblari to‘g‘ri (oldinga) rumblar, BA, CB va DC rumblari teskari (orqaga) rumlar hisoblanadi. Teskari rumblar to‘g‘ri rumblar kabi bir xil sonli qiymatga ega, biroq harf belgilari qarama qarshi bo‘lishi kerak. SHunday qilib, agar AB ning rumbi N44° E (44° sh.shq.) bo‘lsa, BA ning rumbi S44° W (44° j.g‘.) bo‘ladi.


Azimutlar va rumblarni bog‘liqligi. Ko‘plab s’yomka jarayonlarida rumblar va azimutlar qo‘llanishi sababli ularning xossalarini solishtirishi 7.1-jadvalda keltirilgan. Rumblar azimutlardan azimutning joylashish choragini aniqlab, jadvalda ko‘rsatilganidek qayta oson hisoblanadi/
Yer sirtini biron-bir proeksiyada tekkislikda tasvirlashda, masalan, Gauss-Kryuger proeksiyasida, tekislikdagi burchakdan, ya’ni direksion burchakdan foydalanadi. Direksion burchak aynan azimutga o‘xshash 00dan 3600gacha o‘lchanadi va bilan belgilanadi. Ushbu shakldan azimut bilan direksion burchak orasidagi bog‘lanish quydagicha ifodalanadi:
A=α+γ
bu formulalardagi γ ishorasi nuqta o‘q meredianidan sharqda joylashsa musbat, g‘arbda joylashsa manfiy olinadi.

5-shakl
SHakldan ko‘rinishicha chiziqni to‘g‘ri MN direksion burchagi va teskari (NM) direksion burchagi 1800ga farq qiladi. Agarda ushbu nuqta merediani va bosh meridian uzoqliklari farqi l bo‘lsa, meridianlar yaqinlashishi burchagi quyidagi taqribiy formula bo‘yicha topiladi γ=lsinB, B – ushbu nuqtaning geodezik kengligi.
Bir qator amaliy vazifalarni bajarishda magnit azimutlaridan foydalanish ma’qul, chunki ular oddiy asboblar –kompas va bussol yordamida osongina o‘lchab aniqlanadi. Bu asboblarda asosiy qisim -magnit mili bo‘ladi. Magnit meridiani yo‘nalishi magnit mili yordamida aniqlanadi.
Magnit mili sun’iy magnitlangan temirdan tayyorlangan bo‘lib, u gorizontal holatda muvozanat va erkin harakatlanishi uchun vertikal o‘q uchiga o‘rnatiladi (6- shakl).

6-shakl

Magnit meridiani deb magnit milining muvozanat holatda turganida uning magnit o‘qi orqali o‘tuvchi vertikal tekislikni Er sirti bilan kesishishidan hosil bo‘lgan chiziqqa aytiladi.


Magnit milining o‘tkirlangan uchlarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqqa uning geometrik o‘qi deyiladi. Magnit mili uchlari yaqinida joylashgan ikki nuqtada magnit kuchlanishi katta bo‘lib, ular magnit milining qutblari deyiladi.
Erkin turgan magnit mili uchlaridan o‘tuvchi tekislik magnit merediani tekisligi deyiladi.
Erkin holdagi magnit milida bu qutblardan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bir uchi bilan shimolni, ikkinchisi bilan janubni ko‘rsatadi.
Yer sirtidan o‘tkazilgan magnit meridianlari Erning magnit qutblarida tutashadi. Erning magnit qutblari geografik qutblar bilan to‘g‘ri kelmagani sababli, magnit meridianlari geografik meridianlarga to‘g‘ri kelmaydi.
Geografik va magnit meredianlari tekisligi orasidagi burchak magnit mili og‘ishi deyiladi. Og‘ish shimoldan sharqqa va g‘arbga sanaladi va tegishlicha sharqiy (+) va g‘arbiy (-) og‘ish deyiladi (7-shakl).
Magnit azimutlari An magnit merediani shimolidan soat yo‘li bo‘yicha 00dan 3600gacha o‘lchanadi. Haqiqiy azimut bilan magnit azimuti o‘rtasidagi bog‘lanish quydagicha
A=An+δ .
Erni turli joylarida magnit milini og‘ish qiymati asriy, yillik va sutkali o‘zgarishga ega.

7-shakl.

Azimut halqali bussol yordamida joydagi chiziqlarning magnit azi-mutlari, rumb halqali bussol yordamida magnit rumblari o‘lchanadi.


Magnit meridianiga nisbatan o‘lchangan magnit azimuti va magnit rumbi orientirlash burchaklari hisoblanadi.
Magnit azimuti An ham haqiqiy azimutga o‘xshab soat mili yo‘li bo‘yicha 0° dan 360° gacha o‘lchanadi.
Magnit milining og‘ishi turli joyda turli qiymatda bo‘ladi. Magnit anamaliyasi bo‘lgan hududlarda magnit milidan foydalanish mumkin emas.
Magnit milining og‘ishi bir joyda hamisha bir qiymatda bo‘lmay, asta-sekin o‘zgarib turadi. o‘zgarish yillik va asriy bo‘ladi. Og‘ish bir kecha -kunduz davomida ham o‘zgarib turadi, bunga kunlik o‘zgarish deyilib, u 15' atrofida, ba’zan undan ham katta bo‘ladi.
SHularga binoan magnit mili magnit meridianining yo‘nalishini taxminan ko‘rsatadi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lmagan s’yomkalar uchun boshlang‘ich chiziq yo‘nalishini magnit mili bilan o‘lchasa bo‘ladi.
Magnit mili og‘ish qiymati haqidagi ma’lumotni berilgan hudud bo‘yicha meteostansiyalardan olsa bo‘ladi, chunki ular magnit og‘ishini doimiy kuzatib, hisoblab borishadi. Topografik kartalarning pastki chap qismida karta tuzilgan hudud uchun magnit milining o‘rtacha og‘ish qiymati ko‘rsatiladi.
Agar γ va δ qiymatlari berilgan bo‘lsa, direksion burchak va magnit azimuti orasidagi bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:
A = α + γ,
An= A – δ,
bundan direksion burchak va magnit azimuti orasidagi bog‘lanish
α = An– (γ – δ)
bu erda γ va δ ishoralari hisobga olinishi kerak.
Erning magnit maydoni va kompas. Teodolit va shunga o‘xshash asbolar yaratilishidan oldin chiziqlar yo‘nalishi va burchaklar sirkul yordamida aniqlanar edi. AQSH da ilgarilari ko‘pgina ishlar shunday oddiy qurollardan foydalanib bajarib kelingan. 8-rasmda er o‘lchash kompasi ko‘rsatilgan. Asbob metall tayanch taglik (A), va uning ikkala uchlarida joylashgan dioptrlar (V) dan iborat. Kompas qutisi (S) va metal taglikda bir-biriga perpendikulyar o‘rnatilgan 2ta silindrik adilaklar (D). Qachonki adilaklar pufakchasi markazga kelganda kompas qutisi gorizontal holga kelib foydalanishga tayyor bo‘ladi.
So‘nggi modellardagi kompaslar 7.9 (a) rasmda ko‘rsatilgandek shtativda o‘rnatilgan bo‘lib, ular turg‘unlikni ta’minlaydi. Kompas magnitlangan milini himoyalash uchun ustidan shisha bilan qoplangan.

8 –rasm. (a) s’yomka kompasi (b) kompas qutisi
Kompasdan foydalanishda uning dioptri o‘lchanadigan chiziqqa qaratilib uni strelkasi bo‘yicha magnit rumbi bevosita olinanadi 8 (b) rasm.

Nazorat savollari
1. Orientirlash deb nimaga aytiladi va qaysi orientirlash burchaklarini bilasiz?
2. Haqiqiy azimut nima? To‘g‘ri va teskari azimutlar haqida ma’lumot bering.
3. Direksion burchak nima? U haqiqiy azimut bilan qanday bog‘langan.
4. Rumb burchagi nima? Uni direksion burchak bilan bog‘langanligi.
5. Magnit meridiani va magnit azimuti nima?
6. Azimut va rumblar orasidagi bog‘lanish qanday?
7. Azimut bilan rumbni I - chorakdagi munosabatini ko‘rsating?
8. Azimut bilan rumbni II - chorakdagi munosabatini ko‘rsating?
9. Azimut bilan rumbni III - chorakdagi munosabatini ko‘rsating?
Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish