4-Ma’ruza. Orientirlash burchaklari.
Joyda chiziqlar yo‘nalishini aniqlash.
Reja:
1. Azimutlar.
2. Rumblar.
3. Meredianlarning yaqinlashish burchagi.
4. Direksion burchaklar.
5. Direksion burchak bilan rumb burchak orasidagi munosabat.
6. Haqiqiy va magnit azimutlar.
Tayanch iboralar: chiziqning yo‘nalishi, azimutlar, meridian, soat strelkasining yo‘nalishi, to‘g‘ri azimut, teskari azimut, meridianlarning yaqinlashish burchagi, rumb burchaklar, o‘tkir burchak, to‘g‘ri va teskari rumb, choraklar, direksion burchak, to‘g‘ri va teskari direksion burchak.
Berilgan chiziq yo‘nalishini Yerning to‘rt tomoniga nisbatan qanday ketishini biror bosh yo‘nalishga nisbatan aniqlash chiziqni orientirlash deyiladi. Ma’lumki, Yer yuzasidagi har qanday nuqtadan yolg‘iz bir meridian o‘tadi va uning yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Shunga ko‘ra, nuqtadan o‘tgan chiziqning yo‘nalishi shu nuqta meridianining yo‘nalishiga nisbatan berilgan chiziq hosil qilgan burchak orqali aniqlanadi. Bu burchaklar azimut, rumb va direksion burchaklarga bo‘linadi.
Azimutlar. Joyda berilgan chiziq uchidan o‘tgan meridianning shimol yo‘nalishidan soat strelkasining yurishi bo‘yicha chiziq gorizontal qo‘yilishining yo‘nalishigacha bo‘lgan burchak azimut deyiladi va A bilan belgilanadi. Masalan, ABCD poligonda AV chiziqning (4.1-shakl) azimuti A1 ga teng bo‘lib, AAV =A1 shaklida yoziladi. Xuddi shunga o‘xshash, VS chiziq azimuti AVS =A2 va ASD=A3, ADA=A4. Azimut qiymati 0° dan 360° gacha bo‘la oladi, ya’ni 0° A 360°. Azimut qiymati berilsa, shu azimutga tegishli chiziqni yasash mumkin.
4.2-shakl.
Masalan, MN chiziqning azimuti AMN=120°00' bo‘lsa, chiziqni yasash uchun M nuqtani belgilab (4.2-shakl), undan meridian ShJ o‘tkaziladi; keyin transportir yordamida M nuqtada shimoldan hisoblab 120° burchak yasaladi.
To‘g‘ri va teskari azimut. Geodeziyada chiziq nomini ikki harf bilan belgilashda harflarning oldin-keyinligiga qarab, chiziq yo‘nalishi o‘zgaradi va, shunga yarasha, chiziq azimutining qiymati ham turlicha bo‘ladi. Masalan, 4.3-shaklda AV chiziqni to‘g‘ri desak VA chiziq teskari bo‘ladi; bu chiziqlarning azimutlari ham to‘g‘ri va teskari deyiladi.
AV chiziqning A nuqtasidan ShAJA meridianini, V nuqtasidan ShVJV meridianini utkazsak, azimut ta’rifi bo‘yicha AV chiziqning azimuti AAV=A to‘g‘ri azimut, VA chiziqning azimuti AVA=A' teskari azimut bo‘ladi. To‘g‘ri va teskari azimutlar orasidagi munosabatni quyidagicha chiqarish mumkin. V nuqtadan A nuqta meridiani ShAJA ga parallel ShAJA, chiziq o‘tkazib, burchaklarni shakldagicha belgilasak quyidagini yozamiz:
A'=A+180°+, (4.1)
bu yerda — ikki meridian orasidagi burchak bo‘lib, meridianlarning yaqinlashish burchagi deyiladi. Shunday qilib, teskari azimut to‘g‘ri azimut bilan 180° va meridianlar yaqinlashish burchagi yig‘indisiga teng. A nuqtaga nisbatan V nuqta o‘ngda (misoldagi kabi) bo‘lsa, musbat, chapda (g‘arbda) bo‘lsa, manfiy bo‘ladi, shunga ko‘ra (4.1) formula o‘zgarmaydi, o‘z ishorasi bilan olinadi.
4.3-shakl. 4.4-shakl.
Do'stlaringiz bilan baham: |