Magnit strelkasining engashuvi. Sixchaga gorizontal qilib erkin osilgan magnit strelkaning ikkala uchi hamisha ham bir gorizontal tekislikda yotmaydi. Shimoliy yarim sharda strelkaning shimoliy uchi shimoliy magnitaviy qutbning tortishi tufayli gorizontal chiziqdan pastga engashadi, janubiy uchi ko‘tariladi. Bu hodisa magnit strelkaning engashuvi deyiladi. Bu gradus xalqasidan sanoq olish aniqligiga ta’sir etadi. Strelka gorizontal holatda turishi uchun janubiy uchi tomoniga pulat surma xomutcha bog‘lanadi. Ishlash joyining kenglama bo‘yicha o‘zgarishiga qarab, xomutcha suriladi. Masalan, shimolga borgan sari engashish ko‘paygani sababli xomutcha strelka janubiy uchiga suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |