4-Ma’ruza Avtotransport ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi va taktikasi.
REJA
4.1. Avtotransport ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi va taktikasi.
4.2. Avtotransport vositalari me’yorlari.
4.3. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash.
4.4. Avtotransport vositalarini texnik ekspluatatsiya qilishda mehnat sarfini aniqlash.
4.1. Avtotransport ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi va taktikasi
Avtomobil ish qobiliyatini tiklashda uchta strategiya mavjud:
I-strategiya (SI) - profilaktika (TXK) ishlari xarajatlari hisobiga berilgan ish qobiliyatini saqlash. Bu strategiyada 2 ta taktika qo‘llanishi mumkin: 1.Ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK taktikasi (SI-I) Bunda ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK (SI-I) da tayinlangan ishlash davomiyligi - ℓTXK erishilishi bilan barcha agregat va uzellarga TXK ning qat’iylashtirilgan (reglamentli) hajmi bajariladi (moy almashtirish, ilashish muftasi tepkisining erkin yo‘lini sozlash, klapanlar tirqishini rostlash va boshqalar). Bu taktika qo‘llashda sodda bo‘lib, uzel ish qobiliyatini R q 1- F ehtimollik bilan kafolatlaydi.
1-rasm. Ishlash davomiyligi bo‘yicha TXK (SI-I) taktikasi
Uning kamchiligi-texnik holat ko‘rsatkichlarining variatsiyalari sharoitida detallar kattagina qismining resursi tayinlangan TXK davriyligidan o‘tib ketar edi va bu resursdan to‘liq foydalanmaslik, qo‘shimcha sarf xarajatlarni yuza keltiradi. 1.2. Texnik holat bo‘yicha TXK taktikasi (SI-II). Texnik holat va sarf-xarajatlarni hisobga olib, ba’zi uzellarga bir TXK oralatib (2ℓTXK) teyexnik xizmat ko‘rsatish mumkin. Buning uchun hamma buyumlarning texnik holatini har bir TXK da tekshirish (holat bo‘yicha TXK (SI-II) va buyumlarni ikki guruhga bo‘lish kerak. (5 - rasm)
2-rasm. Holat bo‘yicha TXK (SI-II) taktikasi
Birinchi guruhdagi buyumlar navbatdagi tekshiruvlararo oraliqda (ℓTXK dan 2ℓTXK gacha): ℓTXK < x < 2ℓTXK va bir buzilishga to‘g’ri keladigan salohiyatli ishlash davomiyligiga ega. Bu buyumlar R1 ehtimollik bilan profilaktik amalning nazorat va ijro etish qismini bajarishni talab etadi. Agar bunday ish qilinmasa, ular ℓTXK...2ℓTXK ishlash davomiyligi oralig’ida ishdan chiqadi. II guruhdagi buyumlar R2 ehtimollik bilan x > 2ℓTXK ishlash davomiyligiga ega, ya’ni ular navbatdagi TXK gacha buzilishlarsiz ishlay oladi. Shuning uchun ular bo‘yicha texnik holat nazorati diagnostika bilan cheklanib, ijro etish qismi keyingi TXK gacha (2ℓTXK) qoldirilgani ma’qul. Bu taktikaning afzalligi – muayyan buyumlarning amaldagi texnik holat o‘zgarishi variatsiyasini hisobga olgan holda, uning resursidan to‘liq foydalanishdir. Uning kamchiligi har bir TXK da qimmatga tushadigan nazorat o‘tkazish va buyumlarni me’yoriy holatga keltiruvchi guruhga va navbatdagi TXK gacha buzilishsiz ishlay oladigan guruhga bo‘lishdir. II strategiya (SII) buyumning yo‘qolgan ish qobiliyatini tiklash.
Buyumning ishlashi natijasida tutash detallarning yeyilganligi profilaktika (TXK) hisobiga to‘liq yoki qisman qoplanadi. Pirovard natijada, buyumning ishlash qobiliyatini profilaktik usullar bilan ta’minlab bo‘lmaydigan holat vujudga keladi, ta’mirlanadi yoki almashtiriladi.
Shu holatgacha bo‘lgan ishlash davomiyligi ta’mirlashgacha bo‘lgan resurs (lr) yoki almashtirishgacha bo‘lgan to‘liq resurs (La) deb ataladi. III strategiya (SI + CII). Buyum ish qobiliyatini saqlash va yo‘qolgan ish qobiliyatini tiklash. Profilaktika o‘tkazilayotganda buzilish va nosozliklarni butunlay hisobga olmaslik mumkin emas, chunki ular ko‘p sonli, ba’zida noma’lum omillar hisobiga paydo bo‘ladi. Buzilish va nosozlik davomiyligi tasodofiy son bo‘lib, uning pastki qiymati amalda no‘lga yaqinlashadi. Shuning uchun amaliyotda I va II strategiyalar yig’indisidan iborat bo‘lgan III strategiya qo‘llaniladi. TXK qanchalik samarali o‘tkazilsa (maqbul davriylik va profilaktik ishlar tarkibi), buzilish va nosozliklar shunchalik kam bo‘ladi, ta’mirlash xarajatlari kamayadi.
Shuning uchun texnik ekspluatatsiya samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sifatida texnik xizmat va ta’mirlash xarajatlari yig’indisi olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |