4.4. Avtotransport vositalarini texnik ekspluatatsiya qilishda mehnat sarfini aniqlash
Ishlabchiqarish ishchilari sonini va ularning mehnat haqlarini aniqlashda TXK va JT amallarini bajarishga ketadigan mehnat sarfini aniqlash lozim. Ularning hissasi avtomobil transportida xizmat va amallar tannarxining 30-45% tashkil etadi.
Ish hajmi (t) TXK va JT amallarini bajarishga sarflangan mehnatdir. Ish hajmining me’yor birligi qilib ishchi-soat, ishchi-minut qabul qilingan. Avtomobil transportida me’yorlarning quyidagi turlari ishlatiladi:
- diferentsiallashgan – ayrim amallarni bajarish uchun o‘rnatiladi (moy sathini tekshirish, havo filtrini almashtirish va h.k);
- yiriklashgan – amallar guruhi, TXK va JT turlari uchun o‘rnatiladi (TXK-1, TXK-2 dagi sozlash ishlari, tormoz kolodkalarini almashtirish va h.k);
- solishtirma – avtomobil bosib o‘tgan yo‘l birligiga nisbatan olinadi, ishchi-soat/1000 km (joriy ta’mir me’yorlari); Ish hajmi me’yorini aniqlashda operativ vaqt (ton ) xronometraj yoki boshqa kuzatuvlar natijasida aniqlanadi va u asosiy (t aon ) va yordamchi yo (ton ) vaqtlarga bo‘linadi. Asosiy vaqtda amalning o‘zi bajariladi (moy almashtirish va h.k) yordamchi vaqtda-amalni bajarish uchun sharoit yaratiladi (avtomobilni TXK postiga quyish va h.k). TXK jarayonida amallar nazorat va ijro qismidan iborat bo‘ladi. Nazorat qismi (t non) doim bajariladi, ijro qismi (t ion ) zarurat bo‘lganda K qaytarilish koeffitsiyenti bilan bajariladi:
Masalan, Angren “Avtonefttrans” korxonasida ishlatilayotgan MAZ-642208 shatakchi avtomobili uchun: - TXK-1 da kompressor, suv nasosi va generator tasmasi tarangligini sozlash – Kq0,3 ; - TXK-2 da ta’minot tizimi Yonilg’i purkash burchagini sozlash – Kq0,5; - TXK-1 da shina bosimini me’yoriga yetkazish – Kq1,0 va h.k. Ish hajmini aniqlashda operativ vaqtdan tashqari quyidagi boshqa me’yorlar undan foiz hisobida (mehnat og’irligi, amal xusisiyatlariga bog’liq holda) belgilanadi. Masalan, chilangar uchun: - tayyorlov-yakunlov - atya q 3,5 % - ish o‘rniga xizmat ko‘rsatish – ax q 2,5 % -tabiy ehtiyoj va dam olish uchun tanaffus – ad q 6% - jami 12% TXK va JT ish hajmi me’yori quyidagicha aniqlanadi.
Masalan, chilangar uchun
Me’yorlar andozaviy, ichki tarmoq xo‘jaligi yoki korxona uchun belgilanishi mumkin. Andozaviy me’yorlar ma’lum sharit uchun tegishli Nizom va axborotnomalarda keltiriladi. Shu sharoit uchun amaldagi me’yorlar andozaviy me’yor qiymatilaridan ortiq bo‘lmasligi lozim. Agar korxonadagi avtomobillar ish sharoiti Nizomdagi sharoitlardan farq qilsa, ilmiy tadqiqot ishlari natijasida me’yorlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va korxona uchun amal qilishi mumkin.
Me’yorlarni aniqlashda ish vaqtining fotografiyasi, xronometraj kuzatuvi va mikroelement me’yorlar usulidan foydalaniladi. Ish vaqtining fotografiyasida ijrochi tomonidan ma’lum davr davomida sarflangan barcha vaqtlar aniqlanadi. Bu usulda ish vaqtining operativ qismini va bekor ketish qismini va uning sabablarini aniqlash mumkin. Xronometrajda tsiklik davom etadigan amallarga sarflanadigan vaqt aniqlanadi. Xronometrajda kuzatuvlar sonining ahamiyati katta va uning soni normal taqsimot uchun quyidagicha aniqlanadi: Me’yorlarni aniqlashda ish vaqtining fotografiyasi, xronometraj kuzatuvi va mikroelement me’yorlar usulidan foydalaniladi. Ish vaqtining fotografiyasida ijrochi tomonidan ma’lum davr davomida sarflangan barcha vaqtlar aniqlanadi. Bu usulda ish vaqtining operativ qismini va bekor ketish qismini va uning sabablarini aniqlash mumkin. Xronometrajda tsiklik davom etadigan amallarga sarflanadigan vaqt aniqlanadi. Xronometrajda kuzatuvlar sonining ahamiyati katta va uning soni normal taqsimot uchun quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: tβ - me’yorlangan og’ishlik (qiymati jadvalda beriladi), v – variatsiya koeffitsiyenti, ε 2 q ∆2 / t – nisbiy aniqlik Misol vq 0,36; βq0,95 (tβq1,96); ε q 0,14 Pkq
Agar shu kuzatuvda tq 100 ishchi-minut bo‘lsa, absolyut aniqlik ∆q ε t q 100 · 0,14 q 14 minut, va amaldagi o‘rtacha ish xajmi:
Ishchi - minutgacha intervalda bo‘ladi. Bu misol kuzatuvlar sonining taqsimot qonuni variatsiya koeffitsiyenti va kuzatuvning nisbiy aniqligiga bog’liqligini ko‘rsatadi.
Nazorat uchun savollari
1. Avtotransport ish qobiliyatini ta’minlash strategiyasi va taktikasi.
2. Avtotransport vositalari me’yorlari.
3. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash.
4. Avtotransport vositalarini texnik ekspluatatsiya qilishda mehnat sarfini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |