4.3. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash
Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi ikkita ketma-ket o‘tkaziladigan texnik xizmat ko‘rsatishning bir xil ishlari yoki turlari orasida, kilometr yoki ish soati bilan o‘lchanadigan me’yoriy ishlash davomiyligidir. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlashning quyidagi usullari amaliyotda keng tarqalgan:
- timsoliga o‘xshatib olish;
- buzilmaslikning yo‘l qo‘yiladigan darajasi bo‘yicha;
- texnik-iqtisodiy usul;
- iqtisodiy-ehtimoliy usuli;
- imitatsion modellash usuli.
Transport vositasining timsoliga o‘xshatib davriylikni aniqlash
Bu usul eng oddiy bo‘lib, yangi transport vositasining texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi uning timsoliga o‘xshatib olinadi. Bunda avtotransport vositasining turiga, rusumiga, tavsifiga e’tibor beriladi.
Avtotransport turi (engil avtomobil, avtobus, yuk avtomobili) doirasida uning turkumiga (engil avtomobillarda-dvigatel sig’imiga, avtobuslarda-uzunligiga, yuk avtomobillarida - yuk ko‘tarish qobiliyatiga) e’tibor beriladi. Turkum ichida esa, avtomobil rusumi, rusum ichida esa uning tavsifiga (bir xil rusumli avtomobilga har xil dvigatel, transmissiya agregatlari qo‘yilgan bo‘lishi mumkin) e’tibor beriladi. Avtotransport texnik ekspluatatsiyasi me’yorlari “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash haqida” gi Nizomning I qismida rusum namoyandasi uchun berilgan, boshqa rusumlar uchun me’yor shunga o‘xshatib olinadi. Nizomning II qismida muayyan avtomobillar uchun me’yor berilgan, ammo ularning soni ko‘p emas, xorijiy avtomobillar uchun esa, bunday me’yorlar juda kam
2. Buzilmaslikning yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘yicha davriylikni aniqlash
Bu usulda shunday maqbul davriylik aniqlanadiki, uning chegarasida detal, agregat yoki avtomobilning yo‘l qo‘yiladigan buzilmaslik darajasi ta’minlanadi.
bu yerda:
a) buzilish ehtimolliklari taqsimotining zichligi;
b) buzilish va buzilmasdan ishlash ehtimolligi grafigi;
F – buzilish ehtimolligi;
R re – ruxsat etilgan buzilmay ishlash ehtimolligi;
ℓ - buzilishgacha bo‘lgan ishlash davomiyligi;
ℓ0 – TXK davriyligi;
xγ - gamma foizli resurs;
x – buzilishgacha bo‘lgan o‘rtacha ishlash davomiyligi;
R - buzilmay ishlash ehtimolligi quydagicha:
R x i ≥ o = R re = γ , ya’ni ℓoqℓγ,
Harakat xavfizligini ta’minlovchi agregat va mexanizmlar uchun-ruxsat etilgan buzilmasdan ishlash ehtimolligi R re = 0,90...0,98 (γ = 90...98%), qolgan agregat va mexanizmlar uchun – R re = 0,85...0,90(γ = 85...90%)
Do'stlaringiz bilan baham: |