Ko'rgazmalar. Xususiy korxonani rivojlantirish uchun g'oyalar topsa bo'ladigan joylardan yana biri — ko'rgazmalar va savdo yarmarkalari. Odatda, ularning o'tkazilishi radio yoki gazetalarda yoritiladi.
Bunday ko'rgazmalarda muntazam qatnashib siz, nafaqat yangi tovarlar va xizmatlardan xabardor bo'lasiz, balki savdo vakillari. ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distributorlar va franshiza egalari bilan ham uchrashasiz. Bu — tadbirkorlik g'oyalari, axborot va xususiy korxonani tashkil etishda ko'makning ajoyib manbalari. Balki ulardan ayrimlari sizga o'xshagan tashabbuskor tadbirkorni izlayotgandir.
Tadqiqotlar. Kichik korxonani barpo etganda manfaatlarning markaziy nuqtasida iste'molchi bo'lishi kerak. Mahsulot yoki xizmatni yaratishga asos bo'ladigan iste'molchining ehtiyoj va xohishlari kuzatuv va tadqiqotlar orqali aniqlanishi mumkin. Bunday tadqiqotlar norasmiy yoki rasmiy, odamlar bilan suhbat o'tkazish (anketa to'ldirish yoki intervyu usullari qo'llanadi) va/yoki ko'zatuvlar orqali bajarilishi mumkin.
Siz o'z oilangiz a'zolari yoki do'stlaringiz bilan gaplashishdan boshlashingiz va hozirgi paytda bozorda mavjud bo'lmagan narsadan nima ularga zarur, nimani xohlashlari to'g'risida qanday fikrda ekanliklarini aniqlashingiz mumkin. Yoki, misol uchun, agarda mavjud bo'lgan mahsulot yoki xizmatlardan ularda qoniqish bo'lmasa, ular shu narsalarda qanday yaxshi o'zgarishlar bo'lishini xohlashar edi. Shundan so'ng taqsimot tizimining qismlari, ya'ni ishlab chiqaruvchilar, ulgurji savdogarlar, distributorlar, chakana sotuvchi va agentlar bo'ladigan odamlar bilan suhbatlashishni boshlashingiz mumkin. Suhbatlardan oldin bir qator savollarni ishlab chiqib, anketa shaklida tayyorlash yoki intervyularda foydalanish foydali bo'lar edi. Xaridorlar bilan yaqin aloqada bo'lgan taqsimot tizimi vakillari xaridorlar nimani istashlarini va sotuvda nima yo'qligini yaxshi bilishadi. Va nihoyat, siz imkoni boricha ko'proq hozirgi va bo'lg'usi xaridorlar bilan suhbatlashishingiz lozim. Qancha ko'p axborot to'plasangiz, shuncha yaxshi.
Odamlar bilan suhbatlardan tashqari, siz kuzatuvlar natijasida ham ma'lumot olishingiz mumkin. Masalan, qaysidir aniq ko'chada do'kon ochish haqida qaror qabul qilishda, siz kuzatib undan ma'lum kunlarda o'tadigan odamlar sonini hisoblashingiz va shu ko'rsatkichni boshqa ko'chalardagi shunday ma'lumot bilan taqqoslashingiz mumkin. Yoki, agarda siz sayyohlar ko'p qatnaydigan joyda o'z korxonangizni joylashtirishga manfaatdor bo'lsangiz, o'sha joyda hunarmandchilik ustaxonasi yoki milliy hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qiladigan do'konni barpo etishga urinib ko'rishingiz mumkin. Yoki sayyohlik marshrutda. yoxud sayyohlar qatnaydigan qaysidir shaharda tuzukroq restoran yoki mehmonxona yo'qligini ko'rishingiz mumkin.
Bu sohadagi beg'amlik va e'tiborsizlikning oldini olishning yagona yo'Ii — vujudga keladigan ehtiyoj yoki tadbirkorlikda ochiladigan imkoniyatlarga har bir paytda javob qaytarishga tayyorlikni tarbiyalashdir. Masalan, tadbirkorlardan biri, o'zi qatnashadigan ziyofatlarda navbat bilan mehmonlarni suhbatga tortib har biridan, biror kishi mo'ljallangan funksiyalarini to'liq bajarmagan birorta buyumdan foydalanmadimi, deb so'rab chiqar edi. Boshqa biri qarindoshlarining bolalari o'yinchoqlar bilan o'ynaganini doimo kuzatib, shundan yangi bozor bo'shlig'ini barpo etish uchun g'oyalar izlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |