4- Mavzu: Biznes g`oya - biznes asosi.
G`oyalar generatsiyasi
Reja:
Biznes g’oya tushunchasi va uning manbalari.
G`oyalar generatsiyasi.
Tayanch so`z va iboralar: G`oya, g`oyalar generatsiyasi, firma, tadbirkorlik g`oyasi, yaxshi tadbirkorlik g`oyasi, tadbirkorlik g`oyalarining manbalari, qiziqishlar va shaxsiy manfaatlar, bilim, ko`nikma, shaxsiy sifat, shaxsiy ko`nikmalar va tajriba.
Biznes g’oya tushunchasi va uning manbalari.
Islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida tadbirkorlik kapital, yer va mehnat resurslari bilan bir qatorda, iqtisodiy rivojlanishning muhim omili bo`lib hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga doimo katta e`tibor berilib kelinmoqda. Tadbirkorlik mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqaroiligini ta`minlashda, aholi bandligi muammosini ijobiy hal etishda asosiy o`rin egallaydi. Buni rivojlangan mamlakatlar bosib o`tgan yo`l misolida ko`rish mumkin. Xorijiy iqtisodchi olimlar mamlakatlar iqtisodiyotida tadbirkorlikning o`ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tahlil qilib, tadbirkorlikning nazariy asoslarini yaratishgan. Ulaming nazariyasiga ko`ra, tadbirkorlik — yaratuvchilik bo`lib, yangilikni (innovatsiya), yangi g`oyani izlash demakdir. Tadbirkor — yangilik yaratuvchi va shu orqali iqtisodiy o`sishni ta`minlovchi, jamiyatni harakatlantiruvchi shaxs sifatida e`tirof etiladi.
Tadbirkorlik g'oyasi — bu odam (bir nechta shaxs)ning yoki tashkilotning o'z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniqlangan bir muammoni yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirish zaruratiga javob reaksiyasidir.
Tadbirkorlik g'oyasining muhimligi yuqoridagi ta'riflardan ma'lum bo'lishicha, u tadbirkorni o'z maqsadi sari yetaklaydi. Shu sababli, eng optimal tadbirkorlik g'oyalarini topish va shakllantirishning quyidagi sabablarini ko'rsatishimiz lozim:
bozorning ehtiyojlariga javob berish;
tovar stilini va unga nisbatan talablarni o'zgartirish;
raqobatbardosh bo'lib qolish;
texnologiyani rivojlantirish uchun, tovarni yaxshiroq ishlash;
chiqarilayotgan mahsulotning hayotiy aylanishiga rioya etish;
tavakkalchilikni taqsimlash va omadsizlik natijalarini yumshatish;
iqtisodiy qiymat barqarorligini ta'minlash.
Agar tadbirkorlik g'oyalari biznesni boshlash uchun shu qadar ahamiyatli bo'lsa, uni shakllantirish va uning manbalarini qidirib topish talab etiladi. G'oyalarni manbalari sifatida, avvalambor, shaxsning o'z bilim va ko'nikmalari, hayotiy tajribasi va mavjud muhit hisoblanadi.
Butun dunyodagi millionlab tadbirkorlar va ularning muvaffaqiyatlari tadbirkorlik g'oyalarining ko'pgina potensial manbalari borligidan dalolat beradi. Ayrim eng foydalilari quyida bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |