Pechning asosiy elementlarini - ishchi kamera, shtok-elektrodqatirgich (elektrodushlagich), sarflanuvchi elektrodlar, kristallizator, poddon va solenoidlar tashkil etadi.
Ishchi kamera - o‘zidan silindr shaklidagi suv bilan sovutiluvchi payvandlangan konstruksiyani ifoda etadi. Uning yuqori qismida yoyning yonishi va eritish jarayonini kuzatib borish uchun maxsus yoritish qurilmasi va kuzatish darchasi mavjud. Masofadan turib kuzatuvchilar uchun ishchi zonadagi jarayon maxsus periskop yordamida ekranga tushirib beriladi. Ishchi kameraning pastki flanetsiga kristallizator qatiriladi.
SHtok - elektrodushlagich sarflanuvchi elektrodni unga qatirish, elektrodni harakatga keltirish va elektrodni tok bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Sarflanuvchi elektrodlar shtokka payvandlash yoki maxsus qisqichlar bilan turli usullarda qatiriladi. SHtok va elektrodlarni harakatga keltirish elektr yoki gidravlik yuritma yordamida amalga oshiriladi.
Kristallizator ichki gilpza va po‘latdan yasalgan, magnitsizlantirilgan (nomagnit) tashqi kojuxdan iborat. Ularning orasida sovituvchi suv uchun bo‘shliq mavjud.
Solenoid kristallizatorning yon qismiga o‘rnatiladi. U kristallizator bilan birgalikda aksial magnit maydoni hosil qiladi. Solenoid maydoni yoydagi tok va vannadagi metalldan oqayotgan tok bilan ta’sirlashib yoy kuchlanishini ortishiga olib keladi (po‘lat uchun 19-19,5 dan 24-25V gacha), yoy yonishini stabillashtiradi va yoyni kristallizator devorlariga o‘tib ketishining oldini oladi.
VYOP larining elektr jihozlari. VYOP larning (kuch) bosh zanjiri tarkibiga quyidagilar kiradi: elektr energiya manbasi, manbadan pechgacha tok tarmoi, pechp konstruksiyasidagi tok tarmoqlari, tok uzatuvchi shtok, elektrodushlagich, sarflanuvchan elektrod, quyma yombi, kristallizator, vakuum kamerasi.
4.10-rasm. VYOP larning prinsipial elektr sxemasi va uning almashtirish sxemasi
4.10 - rasmda: 1-shinali tok o‘tkazgich, rsh; 2-vыklyuchatel; 3-ballast qarshilik, rb; 4-egiluvchan kabel, rgk; 5-vakuum yoy pechi, rd; 6- kristal-lizatorga ulanuvchi shinali tok o‘tkazgich, rt;
Pech kuch zanjirining to‘la qarshiligi :
r=rsh+rgk+rk+rt
EYOP larining elektr manbalari quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Zarur bo‘lgan issiqlik quvvatini ta’minlovchi, o‘nlab kiloamper tokning kattaligini belgilovchi yoyning kichik qiymatdagi qarshiligi.
2. Quvvatni keng diapozonda (1 : 8) boshqarish imkoniyati.
3. Pechp quvvatini belgilangan darajada va yuqori stabillik bilan ushlab turish imkoniyati (2 foizdan og‘magan holda ).
4. YUqori ishonchlilikga ega bo‘lishning mu’imligi, chunki pechning kutilmaganda manbadan uzilishi eritilayotgan mahsulotdan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Bugungi kunda EYOP larining manbasi sifatida GPN - 550 tipidagi mashinali o‘zgartirgichlar qo‘llanilib kelinmokda. Uning quvvati 645-675 kVt , nominal toki 6500 va 14000 A, salt yurish kuchlanishi 85 - 40 V.
YAngi chiqarilayotgan qurilmalar tarkibiga quyidagi tipdagi agregatlardan biri kiradi: boshqarilmaydigan ventillardan tuzilgan to‘g‘rilagich; tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar; parametrik tok manbalari.
Agregatlarning birinchi turi, boshqarilmaydigan ventillar asosidagi to‘g‘rilagichlar (misol tariqasida VAKP seriyadagisi uchun) ishlash prinsipi ventillarga ketma-ket ulangan drossellar yordamida tokni boshqargan holda stabillashtirish prinsipiga asoslangan. Bunday agregatlar 12,5; 25,0; 37,5 kA toklarda, 75V kuchlanishda ishlashga mo‘ljal-langan bo‘lib, yoydagi kuchlanish 25 - 35 V va quvvati 940-2800 kVt ga teng.
Tiristorlar asosidagi to‘g‘rilagichlar 6 yoki 10 kV kuchlanishdagi manbaga ulanib, transformatorning birlamchi cho‘lg‘ami RPN bilan jihozlangan. Nominal tok qiymati 12,5 - 50 kA va quvvat koefitsienti 0,6 ga, ikkilamchi kuchlanish 75 - 115 V ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |