4- ma’ruza elektr yoy yordamida qizdirish. Reja


Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari



Download 405,8 Kb.
bet4/10
Sana16.03.2022
Hajmi405,8 Kb.
#498450
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-Маруза

Bilvosita Ishlovchi Elektr Yoy Pechlari
Bir fazali bilvosita EYOP larning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: 1- ichki qismi yuqori haroratlarga (o‘tga) chidamli material bilan futerovkalangan gorizontal vanna; 2-gorizontal vannaning qarama - qarshi devorlariga o‘rnatilgan elektrodlar. Elektrodlar sarf bo‘lib borishi
mobaynida maxsus mexanizm yordamida bir-biriga qarab siljitib boriladi; 3 – eritilayotgan material. Ushbu material vannaga pech korpusi 5 ning yon darchasi orqali yuklanadi; 4 - elektr yoyi.



4.4 – rasm. Bilvosita EYOP ning sxemasi
Elektrodlar kuchlanish manbasiga ulangandan so‘ng maxsus mexanizm yordamida uchlari bir-biriga tutashtiriladi va buning oqibatida elektrodlar zanjirida tok hosil bo‘lgach, bir-biridan uzoqlashtiriladi va natijada yoy hosil bo‘ladi. YOyda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi o‘zlashtirilishi hisobiga metallarga issiqlik ishlovi beriladi yoki eritiladi. Metall eritib bo‘lingach, odirish mexanizmi yordamida pech odiriladi va eritma maxsus idishlarga to‘kiladi. Pech quvvati manba tokini va elektrodlarni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish natijasida yoy uzunligini o‘zgartirish hisobiga boshqariladi.
Pechning asosiy elektr jihozlarini pech transformatori, boshqarish reaktori va elektrodlarni uzatish mexanizmining elektr yuritmasi tashkil etadi.
Bilvosita EYOP lari 0,25 t va 0,5 t siimiga ega. Ular mos ravishda quvvati 175 - 250 va 250 - 400 kVA ga teng transformatorlar bilan ta’minlangan bo‘lib, bunday pechlarda grafitlashtirilgan elektrodlar qo‘llaniladi.
3.1.2. Bevosita ishlovchi elektr yoy pechlari
Bevosita EYOP lar asosan keyinchalik prokat sexlarida quyma yombi olish uchun mo‘ljallangan po‘lat eritish uchun belgilangan. SHuningdek, olingan po‘lat ma’suloti mashinasozlik zavodlarida fasonli quyish orqali metallurgik xom ashyo olish uchun ishlatiladi





4.5-rasm. Po‘lat eritish yoy pechi (PEYOP)ning sxemasi
Pechning tuzilishi: 1 - po‘lat kojux; 2 - yuqori haroratga ( o‘tga) chidamli futerovka; elektrodlar - 4 o‘tadigan pechning svod qismi-3 ; 5-elektrodlarni ko‘tarish mexanizmi; 6 - elektr yoyi.
Bevosita EYOP larining tuzilishi va ishlash prinsipini po‘lat eritish yoy pechlari misolida ko‘ramiz.
PEYOPlari, shuningdek, metallni kimyoviy tarkibini rostlashga mo‘ljallangan elektromagnit usulda qorishtirish qurilmasi, eritmani to‘kish uchun mo‘l-jallangan pechni odirish mexanizmi, pech svodi (qopqoi) ni ko‘tarish va burish hamda elektrodlarni uzatish va ko‘tarish mexanizmlari bilan ta’minlangan.
Elektrotexnik po‘latni eritish jarayoni quyidagi jarayonlar ketma - ketligidan iborat:
- metallom (ruda, skrap) ni eritish;
- qorishmani turli qo‘shilma va gazlardan tozalash;
- metall raskisleniesi(metallni kisloroddan tozalash);
- qorishmaga legirlovchi komponentlar qo‘shish;
- rafinatsiya jarayoni(tozalash,oqlash);
- eritmani avval maxsus cho‘michga (kovshga) va undan tegishli formalarga quyish.
Katta xajmdagi pechlarda eritish jarayoni 4-6 soat davom etib, undan 1,5 - 2,5 soati eritishga, 2-4 soati metallni oksidlash va rafinatsiya qilish uchun sarflanadi.
4.6 –rasmda sxema bosh zanjir va yordamchi zanjirlardan (boshqarish, o‘lchov asboblari, himoya qilish va avtomatika zanjiri) iborat. Bosh zanjir birlamchi va ikkilamchi zanjirlardan iborat bo‘lib, birlamchi zanjirni o‘zaro ketma-ket ulangan o‘tkazgichlar, yuqori kuchlanish apparatlari, drossel va pech transformatorlarining birlamchi chulg‘ami tashkil qiladi.
Ikkilamchi zanjirni esa o‘zaro ketma-ket ulangan pech transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘ami, qisqa tarmoq o‘tkazgichlari, elektrodlar va elektr yoyi tashkil etadi.





Download 405,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish