O‘zgaruvchan tok elektr yoyi o‘zgarmas tok elektr yoyidan farqli o‘laroq vaqt davomida o‘zgaruvchi kuchlanish va tokka ega. Bunda yoy razryadining tok va kuchlanishi bir davr mobaynida ikki marta nol qiymatdan o‘tib, yo‘nalishini o‘zgartiradi va elektrodlardagi qutblar o‘zgaradi. Bunday o‘zgarish jarayonining har birida yoyning o‘chishi va qayta yonishi kuzatiladi. YOyning o‘chishi esa elektrodlar orasidagi muhitda ikki jarayonning hosil bo‘lishiga olib keladi, ya’ni elektrodlar orasidagi muhit deionizatsiyasi (yoki muhitning dielektrik bikirligi ortadi) va elektrodlardagi potensialning ortishiga olib keladi. 4.3 - rasm.
4.3-rasm
4.3.a - rasmda zanjiriga faqat aktiv qarshilik ulangan elektr yoyining toki va kuchlanishining ossilogrammasi keltirilgan. Bunda yoy toki ig va manba kuchlanishi Uc bir xil fazada o‘zgaradi. Rasmda ko‘rsatilganiday yoy kuchlanishning U1 qiymatida hosil bo‘ladi va kuchlanishning U2 qiymatida o‘chadi.
Elektrodlar qutbi o‘zgargandan so‘ng U1 kuchlanish agar qoldiq plazmaning dielektrik bikirligidan katta bo‘lsa yoy qayta yonadi va ushbu jarayon keyingi davrlarda ham shunday qaytariladi.
YOyni qayta yondirish va uning barqaror yonishini ta’minlash uchun yoy zanjiriga, unga ketma-ket qilib induktivlik ulash tavsiya qilinadi. YOy toki va manba kuchlanishining yoy zanjiriga induktivlik ulangan xolatidagi ossilogrammalari 4.3.b - rasmda keltirilgan. Ushbu rasmdagi grafiklarning ta’lili shuni ko‘rsatadiki, manba kuchlanishi yoydagi kuchlanish Ud dan kamaygandan so‘ng yoyning o‘chmay yonishini induktivlikda to‘plangan elektromagnit energiya qo‘llab quvvatlaydi. Bu esa quyidagi shart bajarilsa amalga oshadi :
Ud=UmSin yoki =arcsin Ud/Um (4.2)
bu erda Um - manba kuchlanishining amplituda qiymati.
Quyidagini inobatga olsak:
Sin = , lekin
Cos =/2Ud/Um
unda
(4.3)
(4.2) dagi qiymatni (4.3) ga qo‘ysak,
Ud/Um 0,54 va
Cos =(/2)(Ud/Um)( /2)0,54=0,85 (4.4.)
SHunday qilib, agar Ud/Um nisbat 0,54 ga teng yoki unda kichik bo‘lsa va sos 0.85 ga teng yoki kichik bo‘lsa, yoyning barqaror yonishi ta’minlanadi.
4.2.Yoy payvandlashning turlari. O’zgaruvchan va o’zgarmas yoyli payvandlashni xususiyatlari, yoy yonishining muallaq sharti, ta’minot manbaining tashqi va dinamik tavsiflariga talablar, yoyli payvandlashning elektr tarmog’iga ta’siri.
Elektr yoy pechlari (EYOP) metallurgiya, kimyo, mashinasozlik va sanoatning boshqa jabhalarida qo‘llaniladilar. Ular quyidagi turlarga bo‘linadilar:
1. Bilvosita ishlovchi EYOP lari - ularda elektr yoyi issiqlik ishlovi berilayotgan (eritilayotgan) metall ustida joylashgan elektrodlar o‘rtasida hosil qilinadi va bunda elektr yoyi va metall o‘rtasidagi issiqlik almashuvi - nurli issiqlik almashuvi usuli orqali amalga oshiriladi.
2. Bevosita ishlovchi EYOP lari - ularda elektr yoyi elektrodlar uchi bilan metall o‘rtasida yonadi va bunda yoydagi issiqlik metallga nurli issiqlik almashuvi, konveksiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik orqali uzatiladi.
3. Qarshilik elektr yoy pechlari - bunday pechlarda yoy elektr o‘tkazuvchan shixta qatlami ostida yonadi, bunda issiqlik qisman yoy razryadida va qisman shixta orqali tok oqib o‘tishi oqibatida eritilayotgan materialda ajralib chiqadi va pech xajmiga uzatilayotgan issiqlik-issiqlik o‘tkazuvchanlik, nurli issiqlik almashuvi va qisman konveksiya usullarida amalga oshiriladi.
4. Vakuum yoy pechlari - ularda elektr yoyi inert gazlarda yoki elektrod va suyuq metall vannasi o‘rtasida kichik bosim ostida eritilgan material (metall) parlarida hosil qilinadi (yonadi).
5. Plazmali pechlar va plazmali - yoy eritish qurilmalari - bunday qurilmalarda metallarga issiqlik ishlovi berish, elektr yoyi va u bilan biriktirilgan inert gazining plazma oqimi yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |