4.6– rasm. PEYOP ning elektr ta’minoti bosh zanjirining sxemasi
Bunda pech transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amidan elektrod-largacha bo‘lgan o‘tkazgichlar qisqa tarmoqni tashkil etadi. 4.6 -rasmda keltirilgan belgilanishlar, bular, 1 - yuqori kuchlanish shinalari; 2 - raz’edinitel (ajratgich); 3 – vыklyuchatellar(ulab-uzgichlar); 4 - reaktor; 5 - pech transformatori (kuchlanishi 6,10,35 kV va quvvati katta pechlar uchun 110 kV ); 6 - qisqa tarmoq (tok qiymati 110 kA va undan yuqori); 7 - PEYOP.
PEYOP ga, jumladan uning elektr ta’minoti tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- pech quvvatini ravon boshqarish imkoniyati;
- pech sig‘imida tiklanuvchi muxitni hosil qilish imkoniyati;
- pech elektr jihozlarining pechda tez-tez takrorlanuvchan ekspluata-sion qisqa tutashuvlarini tez va aniq bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lish kabilardir.
PEYOP larining asosiy ko‘rsatkichlarini quyidagi misolda ko‘ramiz:
- pechni tipi - DS - 0.5 ...... DSP- 200
- nominal quvvati - 400 .......……… 45000 [kv.A]
- birlamchi kuchlanish - 6;10 .......…….. 35 [kV]
- ikkilamchi kuchlanishni
rostlash chegarasi - 213-110 ......…... 591,5 - 164,1[V]
- ikkilamchi chulamdagi
tok - 1,085 ...………… 43.9 [kA]
- elektr energiyasining
solishtirma sarfi - 650 ................. 400 [kvt.soat/t]
Po‘Lat erituvchi yoy pechlari (Peyop)
Pechdan, xususan elektrodlar zanjiridan oqayotgan tok kuchining miqdoriga ko‘ra PEYOP larini quyidagi ish rejimlarida ishlaydi deb yuritiladi:
a) salt yurish rejimi (elektr yoyi mavjud emas,I = 0)
b) normal (nominal) ish rejimi (I = Inom);
v) eksplutatsion qisqa tutashuv rejimi (I = Iq.t.).
Pechning to‘la quvvati Rto‘la, yoyda sarf bo‘layotgan quvvati Ryoy, yo‘qolayotgan ( bexuda sarf bo‘layotgan) elektr quvvati Rel.y., yo‘qolayotgan issiqlik quvvati Riss.y, pechning foydali ish koeffitsienti va pechning quvvat koeffitsienti cos kabi kattaliklari bilan pechp toki o‘rtasidagi bog‘lanish xarakteristikalari PEYOP larning energetik xarakteristikalari deb yuritiladi (ya’ni energetik xarakteristikalarni ifodalovchi bog‘lanishlar - Rto‘la = f(I); Ryoy = f(I); R.el.y = f(I); Riss..y. = f(I); = f(I); va sos = f (I) lardir).
PEYOP tomonidan sarf bo‘layotgan elektr energiyasi N, pechning ishlab chiqaruvchanligi q, pechning to‘la foydali ish koeffitsienti p va 1 tonna ma’sulotni eritish uchun ketgan vaqt t kabi kattaliklar bilan pechp toki o‘rtasidagi bog‘lanish xarakteristikalari pechning texnologik yoki ishchi xarakteristikalari deb yuritiladi (ishchi xarakteristikalar - N=f(I);
q=f(I); p=f(I); va t = f(I); - bog‘lanishlar bilan ifodalanadi).
Pechning energetik va ishchi xarakteristikalarini ta’lil qilish orqaligina, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha optimal ish rejimini belgilovchi tok qiymatini belgilash mumkin. Ushbu xarakteristikalarni PEYOP ning almashtirish sxemasi yordamida nazariy hisoblab chiqiladi (4.7-rasm). quyidagi belgilashlar amalga oshirilgan:
- transformator ikkilamchi cho‘lg‘amining aktiv va induktiv qarshiligi:
- mos ravishda qisqa tarmoqning aktiv va induktiv qarshiligi;
- elektr yoyining qarshiligi;
- reaktor aktiv va induktiv qarshiliklarining keltirilgan qiymatlari;
- transforomator birlamchi cho‘lg‘ami aktiv va induktiv qarshiliklarining keltirilgan qiymatlari;
- manbadagi faza kuchlanishi;
- elektr yoyidagi kuchlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |