Intensivlik
nolga teng
Intensivlik noldan
ko‘rsatilgan
qiymatgacha oshib
boradi
Intensivlik
o‘zgarmaydi
Intensivlik
nolgacha bir tekisda
so‘nadi
268
Attenuation (So‘nish) manbadan o‘chirilishiga qarab yorug‘-
likni asta-sekin kuchsizlanishini yaratish imkonini beradi. To‘rtta
paramert bo‘yicha turlanadi: yaqindan so‘nishning boshlanishi va
tugashi (Near Attenuation), shuningdek, uzoqdan so‘nishning
boshlanishi va tugashi (Far Attenuation) (5.91-rasm). So‘nishni
uzoqdan va yaqindan foydalanish uchun, Use (Foydalanish)
parametri ro‘parasiga nazorat belgisini qo‘yish zarur.
3. “…” Parameters bo‘lmasi (“…” - yaratilgan manba nomi
(masalan:
Spotlight
Parameters))
yorqin
dog‘lar
doirasi
(Hostpot/Beam) va yorug‘likning tashqi doirasi (Falloff/Field)
kengligini belgilash imkonini beradi, shuningdek, yorug‘lik tipini
ko‘rsatadi: Circle (Doira) – doiraviy kesim; Rectangle (To‘g‘ri
burchak) – to‘g‘ri burchakli kesim.
4. Advanced Effects (qo‘shimcha effektlar) bo‘lmasida
Contrast (Keskin farq) va Sofden Diff. Edge (xiralashgan qirra)
parametrlari yordamida obyekt maydonlarini yoritilgan manbalardan
yoritilmaganiga o‘tish aniqligini turli variantlarda ishlash mumkin.
Bundan tashqari, Projector Map (Xaritani proeksiyalash) qism
menyusida None tugmasini bosib rastr tasvirni tanlash yo‘li bilan
proektor effektini yaratish mumkin (5.95-rasm).
5. Shadow Parameters (Soya parametri) bo‘lmasida quyidagilar
belgilanadi: soya rangi (Color), zichligi (Dens.), soya xaritasi
(proektor effektiga o‘xshash). Atmosphere Shadows (Atmosferaviy
soya) qism menyusida atmosfera effektiga (tuman va b.) xos soyalar
boshqariladi.
Izoh
: Yorug‘likning yo‘naltirilgan manbalari parametrini faqat
yorug‘lik manbasi (nishonsiz (Target)) tanlangan vaziyatda tahrirlar
mumkin.
Yorug‘likning fotometrik manbalari (photometric)
Ushbu yorug‘lik manbalaridan foydalanganda dastur bel-
gilangan muhitda yorug‘lik tarqalishining fizik o‘zgarishini
ta’minlaydi va yorug‘lik oqimi, yorug‘lik kuchi va yoritilganlik kabi
tushunchalarga tayanadi.
Fotometrik manbalar yorug‘likning real o‘lchov birligini
ishlatadi: lyumenlar (lm) – yorug‘lik energiyasi, vaqt birligida
yoritilgan; kandellar (cd) – yorug‘lik kuchining o‘lchov birligi
(belgilangan soha chegaralarida tarqatiladigan yorug‘lik oqimi);
269
lyukslar (lx) – yoritiladigan yuza maydoniga yorug‘lik oqimining
aloqasini belgilaydi (yoritilganlik).
Fotometrik manbalarni yaratish uchun Create (Yaratish)
sahifasidan Lights (Yorug‘lik manbasi) bandini tanlab, so‘ngra
tushuvchi ro‘yxatdan Photometric bandi tanlanadi.
Fotometrik manbalarning turlari:
1. Target Point (Nuqtali yo‘naltirilgan), Free Point (Erkin
yo‘naltirilgan) – barcha yo‘nalishlarda yorug‘lik tarqalishi.
2. Target Linear (Chiziqli yo‘naltirilgan), Free Linear (Chiziqli
erkin) – lyuminessent lampalar imitasiyasi (chiziqli-uzaygan
yorug‘lik).
3. Target Area (Tekislikga xos chiziqli), Free Area (Tekislikga
xos erkin) – yorug‘likni eng yuqori nuqtadan tarqatishga o‘xshatish
(to‘rtburchakli tekislik).
4. IES Sun (Quyosh nuri), IES (Sky) – quyosh nuri va osmon
yorug‘ligi imitasiyasi (muhit effektlarini hisobga olib yorug‘lik
yaratish imkonini beradi (masalan: bulutli kundagi yorug‘lik)).
Fotometrik manbalar paramertlari bo‘lmasi ko‘pincha standart
manbalarga mos keladi.
Intensity / Color / Distribution (Intensivlik / Rang / Taqsim-
lanish) bo‘lmasida fotometrik manbalarning quyidagi noyob
paramertlari joylashgan:
1. Distribution (Taqsimlanish) – belgilangan qonuniyatlar
bo‘yicha yorug‘likni taqsimlash imkonini beradi: Isotopic va Diffuse –
barcha yo‘nalishlar bo‘yicha yorug‘lik tarqalishi; Spotlight –
yorug‘likning konussimon tarqalishi; Web – yorug‘lik tayyor
taqsimlangan fayl ochish.
2. Color (Rang) qism menyusi yorug‘lik rangini belgilaydi,
shuningdek, yorug‘likning turli xil real manbalari (Flouressensiya,
galogen, simobli va b.) uchun tayyorlashlarni tanlash imkonini
beradi. Shuningdek, rang temperaturasini kelvin (Kelvin)da
ko‘rsatish mumkin.
3. Intensity (Intensivlik) yorug‘likning ravshanligi fotometrik
manbalar o‘lchov birligida beriladi.
Sunlight (quyosh yorug‘ligi) va daylight (kunduzgi yorug‘lik)
yorug‘lik manbalari
270
Sunlight (Quyosh yorug‘ligi) va Daylight (Kunduzgi
yorug‘lik) yorug‘lik manbalari yorug‘likning standart manbalaridan
farqli “Tizim” toifasidagi obyekt hisoblanadi. Ular belgilangan
geometrik joy uchun quyosh yorug‘ligini yaratish imkonini beradi
va Create (Yaratish) sahifasining Systems (tizimlar) bandida
joylashadi.
Sunlight (Quyosh yorug‘ligi) obyekti manbaning o‘zi (Sun),
yorug‘lik yo‘nalishlariga (janub, shimol, sharq, g‘arb) bog‘liq
ravishda manbaning turgan joyini belgilovchi kompas (Compass),
yorqin dog‘lar doirasi (Hotspot/Beam) va yorug‘likning tashqi
doirasi (Falloff/Field)dan tarkib topadi (5.92-rasm).
Sunlight obyektini yaratish uchun sichqonchaning chap
tugmasini bosgan holda kursorni ozroq ko‘chirish (kompas
(Compass) belgisi paydo bo‘ladi), so‘ngra tugmani qo‘yib yuborib
kursorni yuqoriga yoki pastga ko‘chirish (manba balandligi), undan
keyin sichqonchaning chap tugmasini bosish kerak.
Sunlight (Quyosh yorug‘ligi) yorug‘lik manbasi ikkita
ko‘rinishdagi tahrirlanuvchi parametrlarga ega:
1. Modife (O‘zgartirish) sahifasida yorug‘likning asosiy
manbalari (intensivlik, soyalarni tahrirlash va b.)ga o‘xshash
parametrlar bo‘lmasi joylashgan.
2.
Motion
(Harakat)
sahifasida
geografik
joylashuv
parametrlari ko‘rsatiladi:
- Time (Vaqt) qism menyusida quyoshga o‘xshash manba
joylashgan erning yil, kun, oy, soat, minut va sekundi ko‘rsatiladi.
- Location (O‘rnashgan joy) qism menyusi dunyodagi turli xil
shaharlarni tanlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |