3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124
Bog'liq
2-1051

 
Global yoritilganlik (global illumination) 
Real hayotda yoritish turli yuzalardan cheksiz sondagi 
yorug‘lik nurlarini bir necha bor akslantirish orqali shakllantiriladi. 
Yuzadan akslantirish jarayonida yorug‘lik nuri qisman singib ketadi 
(yutiladi), shuningdek, ushbu yuza rang turlariga ega bo‘ladi. 
Yorug‘lik nuri atrof muhitga to‘liq singib ketmaguncha jarayon 
davom etishdan to‘htamaydi.
Sahnadagi 
turli 
obyektlardan 
akslanadigan 
yorug‘likni 
hisoblash jarayoni global yoritilganlik (Global Illumination) deb 
nomlanadi.
Global yoritilganlikning afzalliklari quyidagilar hisoblanadi: 
1.
Realistik tasvirlar yaratish. 
2.
Minimal sondagi yorug‘lik manbalaridan foydalanish 
(ko‘pincha, bitta manbaning o‘zi etarli). 
3.
Sifatli soyalarni avtomatik hisoblash. 


275 
Global yoritilganlikning kamchiligiga murakkab sahna bilan 
bog‘liq tasvirlarning vizuallashtirish vaqtining davomiyligi va 
kompyuter resurslarini (bir necha minutdan bir qancha soatlargacha) 
keltirish mumkin. 
3D Studio Max dasturida global yoritilganlik quyidagi ikki 
usul yordamida amalga oshiriladi:
1.
Light Tracer (Yorug‘lik yo‘nalishini belgilash). 
2.
Radiosity (Yoritish joyini o‘zgartirish). 
Global yoritilganlik usullarini faollashtirish buyruqlari bosh 
menyudagi Rendering (Vizuallashtirish) – Advanced Lighting 
(kuchaytirilgan yoritish) bandida joylashgan. 
Keltirilgan usullardan biri tanlanganidan so‘ng Advanced 
Lighting (kuchaytirilgan yoritish) bandidagi Render Scene (Sahnani 
vizuallashtirish) oynasida sozlashlarni o‘zgartirish mumkin. Render 
Scene oynasi uskunalar panelida (Toolbar) joylashgan Render Scene 
Dialog tugmasini bosish orqali chaqiriladi (2-jadval 25-band). 
5.97-rasm. Light Tracer (Yorug‘lik yo‘nalishini belgilash) usulidan 
Daulight (Kunduzgi yorug‘lik) manbasi bilan birgalikda 
foydalanish. 
Izoh
: Har bir obyekt xususiyatlarini o‘zgartirish oynasida
sahnadagi ushbu obyektga global yoritilganlik ta’sirini nazorat 
qilish imkonini beruvchi Adv. Lighting bandi mavjud. 


276 
Light Tracer (Yorug‘lik yo‘nalishini belgilash) usuli (5.97-
rasm) odatda, tashqi fazo (eksterer)da sahnani vizuallashtirish uchun 
ishlatiladi va yorug‘lik nurlarining yo‘li kamera obyektiviga 
manbadan emas, balki obyektivdan manba tomonga kuzatib turilishi 
bilan joylashadi. Uch o‘lchovli sahnani tekis proeksiyalash alohida 
maydonlarga ajratiladi va ularning har biri uchun yoritilganlik 
hisoblanadi.
Ushbu usulni vizuallashtirish sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy 
parametr Rays/Sample (tayanch nuqtadagi nurlar soni) hisoblanadi
Bounces (Akslanishlar soni), hisoblash maydonlari sonini 
o‘zgartirish (Adaptive Undersamplign).
Radiosity (Yoritish joyini o‘zgartirish) usulining asosiy 
prinsipi sahnadagi obyektlar uchburchakli yoqlardan tarkib topgan 
to‘rlarga bo‘linishidan iborat (5.98-rasm). Bo‘lishdan so‘ng 
yorug‘likning berilgan manbalarida sahnadagi barcha obyektlarning 
yoritilganligini dastlabgi hisoblash ishlari amalga oshiriladi.
5.98-rasm. Radiosity (yoritish joyini o‘zgartirish) usulidan 
foydalanish. 
Yoritilganlik hisoblanganidan so‘ng qayta hisoblashlarsiz 
(Light Tracer (Yorug‘lik yo‘nalishini belgilash) usuli uchun 
hisoblash vizuallashtirish vaqtida har safar amalga oshadi) 
sahnadagi har qanday rakursni (narsaning uzoqdagi qismlarini 
kichraytirib tasvirlash) vizuallashtirish mumkin. 


277 
Ushbu usul yordamida aniq vizuallashtirish uchun obyektdagi 
yoqlar sonini tartibga solish lozim (Subdive modifikatori 
(uchburchakli yoqlardan tarkib topgan karkas yaratish)).
Radiosity usulini amalga oshirish uchun Radiosity Processing 
Parameters (usulni hisoblash parametri) (Radiosity parametri ham 
Light Tracer parametri tayinlangan joydan belgilanadi) bo‘lmasidan 
Start tugmasini bosish kerak, shundan so‘ng dastur sahnani 
hisoblashni boshlaydi, undan so‘ng Render tugmasi bosiladi. Initial 
Quality (Boshlang‘ich sifat) parametri vizuallashtirish sifatini 
o‘rnatadi.
Radiosity (Yorug‘likni ko‘chirish) usuli turli xil intererlarni 
vizuallashtirish maqsadida foydalanish qulay.
Rendering (Vizuallashtirish) tushuvchi menyudagi Advanced 
Lighting (Kuchaytirilgan yorug‘lik) qism menyusida global yoritish 
usullaridan tashqari Exposure Control (Ekspozisiyalarni boshqarish) 
buyrug‘ini faollashtirish mumkin. 
Ekspozisiya fotos’yomka jarayonida ishlatiladi, tutib turish 
(kamera obyektivi yopilish vaqtining davomiyligi) va diafragmalar 
(yoriq diametri)ni boshqarish orqali tasvirlarning qurilishini 
belgilaydi. 3D Studio Max dasturida ushbu parametr imitasiyasi 
orqali 
vizuallashtirilayotgan 
tasvirning 
yorqinligi 
va 
mos 
kelmasligini oshirish yoki kamaytirish mumkin (5.99-rasm).
5.99-rasm. Exposure Control (Ekspozisiyalarni boshqarish) 
parametridan foydalanish. Chapda: No Exposure Control 
(Ekspozisiyalarsiz); O‘ngda: Linear Exposure Control (Chiziqli 
ekspozisiya). 


278 
Ekspozisiyalar parametrlari Environment oynasida joylashgan 
(bosh menyu, Rendering (Vizuallashtirish) bandi). Exposure Control 
(Ekspozisiyalarni boshqarish) bo‘lmasida kerakli ekspozisiyalar 
turini ko‘rsatish mumkin: No Exposure Control (Ekspozisiyalarsiz); 
Automatic Exposure Control (Avtomatik ekspozisiya); Linear 
Exposure Control (Chiziqli ekspozisiya); Logarithmic Exposure 
Control (Logarifmik ekspozisiya); Pseudo Color Exposure Control 
(soxta ranglarni boshqarish rejimidagi ekspozisiya). Tanlangan 
turdagi ekspozisiyalar uchun quyida xossalarni o‘zgartirish bo‘lmasi 
paydo bo‘ladi. 
Process Background and Environment Maps (Orqa fon va 
muhit 
xaritasini 
qayta 
ishlash) 
parametrining 
kiritilishi 
ekspozisiyaning foni va uni o‘rab turgan muhitni hisobga olish 
imkonini beradi, Render Preview (Dastlabki ko‘rish) tugmasi esa 
dastlabki natijasini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish