271
5.92-rasm. Chapda: Sunlight (Quyosh yorug‘ligi) manbasi tuzilishi;
O‘ngda: Ushbu manbadan foydalanish natijasi.
- Kenglik va uzoqlik Latitude (kenglik) va Longitude (uzoqlik)
parametrlari bilan beriladi.
- Site (O‘rnashgan joy) qism
menyusida ikkita parametr
beriladi: Orbital Scale (Orbital masshtab) – Sun va North Direction
(proeksiyalash oynalarida shimol holati) manba balandligini
tayinlaydi.
Daylight (Kunduzgi yorug‘lik) obyekti o‘xshash tuzilmaga ega
bo‘lib, unda IES Sun (Quyosh nuri) va IES (Sky) fotometrik
obyektlari ishlatiladi.
Atmosfera effektlari
Kunduzgi yorug‘likni yaratishdan tashqari 3D Studio Max
dasturi olov (Fire Effect), tuman (Fog, Volume Fog)
va hajmiy
yorug‘lik (Volume Light) kabi turli xil atmosfera obyektlarini
yaratish imkonini ham beradi.
Muhit effekti Environment and Effect (Atrof muhit va
effektlar) oynasida joylashgan bo‘lib, bosh menyudagi Rendering
(Vizuallashtirish) bandida joylashgan Environment ... (atrofdagi
muhit) buyrug‘i orqali chaqiriladi.
Har qanday effektni yaratish uchun Atmosphere (Atmosfera)
bo‘lmasidagi Add (Yaratish) tugmasini bosish va kerakli atmosfera
effektini tanlash lozim bo‘ladi.
Tanlangan effektlar Add
tugmasining ro‘rapasidagi effektlar ro‘yxatida paydo bo‘ladi.
Fire Effect, Volume Fog tipidagi effektlar maxsus gabarit
konteynerlar yordamida yaratiladi: BoxGismo (quti ko‘rinishidagi
gabarit konteyner), SphereGismo (sfera ko‘rinishidagi gabarit
konteyner) va CylGismo (silindr ko‘rinishidagi gabarit konteyner).
Konteynerlar yaratish tugmasi Create (Yaratish) sahifasining
Helpers
(Yordamchilar)
toifasidagi
Atmospheric
Apparatus
(Atmosfera effektlarini yaratish uchun uskunalar)
bandida
joylashgan.
Environment and Effect (Atrof muhit va effektlar) oynasidan
Fire Effect (Olov effekti) (5.93-rasm) uskunasi tanlanganidan so‘ng
Fire Effect Parameters (Olov effekti parametrlari) bandi paydo
bo‘ladi va unda quyidagi parametrlarni ko‘rsatish mumkin:
272
1. Pick Gismo (Gabarit konteynerni tanlash) qism menyusida
yaratilgan konteyner ko‘rsatiladi, shundan
keyin effekt tanlangan
konteyner ichida joylashadi.
2. Colors (ranglar) qism menyusida uchta rang beriladi: Inner
Color (Ichki rang); Outer Color (Tashqi rang); Smoke Color (Tutun
rangi).
3. Share (Shakl) qism menyusida olovning ikki ko‘rinishi
beriladi: Tendrill (Alanga tili) va Fireball (Olovli shar).
4. Characteristics (Xususiyatlar) qism menyusida quyidagilar
beriladi: Flame Size (Alanga o‘lchami); Density (Zichlik); Flame
Detail (Alanga detallari); Samples (Tanlab olish).
5. Motion (Harakat) qism menyusi Phase (Faza)
va Drift
(Siljish) parametrlari yordamida olov effektini animatsiyalash
imkonini beradi.
6. Explosion qism menyusi yordami bilan portlash
imitasiyasini yaratish mumkin.
5.93-rasm. Olov effekti (Fire Effect).
273
5.94-rasm. Hajmiy tuman effekti (Volume Fog).
Volume Fog (Hajmiy tuman) parametri (5.94-rasm) gabarit
konteynerda joylashgan bo‘lib, tuman
effektini yaratishga xizmat
qiladi va quyidagi parametrlarga ega:
1. Volume (Hajm) qism menyusida tuman rangi (Color),
zichligi (Density), bo‘lak o‘lchami (Step Size)ni ko‘rsatish mumkin.
2. Noise (Shovqin) qism menyusida har xil turdagi tumanlar
beriladi: Regular (Normal), Fractal (Fraktal) va Turbulence
(Girdobsimon).
Hajmiy yorug‘lik (Volume Light) (5.95-rasm) yaratish uchun
Volume Light Parameters (Hajmiy yorug‘lik parametrlari)
bo‘lmasida Pick Light (Manbani ko‘rsatish)
tugmasini bosib
yorug‘lik manbasini tanlash zarur.
Hajmiy yorug‘lik parametri Fog Color (Tuman rangi),
Attenuation Color (So‘nish rangi), Density (Zichlik) va boshqalar
hisoblanadi.
Fog (Tuman) effekti (5.96-rasm) biror-bir konteynerni talab
etmaydi va yaratilgandan so‘ng sahnada birdaniga paydo bo‘ladi.
Ushbu effektning parametrlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Fog (Tuman) qism menyusida quyidagi parametrlarni berish
mumkin: Environment Color Map (Tumanga bo‘yoq berish
xaritasini tanlash), Environment Opacity Map (Tuman
shaffofligi
xaritasini tanlash), shuningdek, tuman turini tanlash: Standard
(Standart), Layered (Qatlamli).
2. Standard (Standart) qism menyusida tuman chegaralari
ko‘rsatiladi: Near (Yaqin chegara), Far (Uzoq chegara).
274
5.95-rasm. Hajmiy yorug‘lik effekti.
(Volume Light).
5.96-rasm. Tuman effekti (Fog)
Do'stlaringiz bilan baham: