258
5.84-rasm.
3D Studio Max dasturida obyektlarni xaritani to‘g‘ri
joylashtirish uchun ikkita modifikator mavjud: UVW Map (UVW
xarita) va Unwrap UVW (UVW yoyilgan holat).
UVW Map (UVW xarita) modifikatori obyektning alohida
tomonlariga xaritalar joylashtirilishini boshqarish imkonini beradi
va quyidagi opsiyalarga ega:
1. Mapping (Xaritalarni qoplash) qism menyusida xaritalarning
qoplanishi shakllarni o‘zgartirish va
cheklovchi konteynerlarni
joylashtirish (Gismo) orqali boshqariladi: Planar (tekislik),
Cylindrical (Gismo silindr shakli), Spherical (Gismo shar shakli),
Shrink Wrap (Qobiq), Box (Quti), Face (Yoq), XYZ to UVW
(Koordinatalarni bir-birini ustiga yotqizish) (5.85-rasm).
Length (Uzunlik), Width (Kenglik), Height (Balandlik)
parametrlari Gismo geometrik o‘lchamlarni boshqaradi.
U Tile, V Tile, W Tile parametrlari yordamida obyektga turli
o‘qlar bo‘yicha takrorlash belgilanadi.
2. Alignment (Tekislash) qism menyusi tanlangan buyruqlarga
bog‘liq ravishda cheklovchi konteynerni (Gismo) tekislash uchun
mo‘ljallangan: X, Y, Z – tegishli o‘qlar bo‘yicha Gismo burish; Fit
(Olib kelish) – obyekt atrofiga Gismo o‘lchamlari
olib kelinadi;
Center (Markaz) – obyektga nisbatan Gismo markaziy joylashuvi.
259
5.85-rasm. Cheklovchi konteyner (Gismo) shakllarining turlari:
1. Planar (tekislik); 2. Cylindrical (Gismo silindr shakli);
3. Spherical (Gismo shar shakli); 4. Shrink Wrap (Qobiq); 5. Box
(Quti); 6. Face (Yoq); 7. XYZ to UVW (Koordinatalarni bir-birini
ustiga yotqizish).
Murakkab geometrik obyektlarga (modellashtirilgan qahra-
monlar, hayvonlar va b.) xarita qoplash kerak bo‘lgan vaziyatlarda
Unwrap UVW (UVW moslashgan holat) modifikatori ishlatiladi.
Uning imkoniyatlari UVW Map (UVW xarita) modifikatoriga
nisbatan kengroq va obyektning
turli sohalarida xaritani
joylashtirishni qo‘lda boshqarish imkonini beradi.
Unwrap UVW modifikatori uchta quyi obyektlardan tarkib
topgan: Vertex (Uch), Edge (Qirra) va Face (Yoq). Tegishli quyi
obyektni tanlab olib xaritaning joylashgan o‘rnini nazorat qilish,
moslashgan holatni tahrirlash oynasida
obyektning tanlangan
tarkibiy qismlarini qo‘chirib o‘tish mumkin (5.83-rasm).
Mazkur modifikator tarkibida uchta bo‘lma mavjud: Selection
Parameters (Belgilash parametrlari), Parameters (Moslashtirish
parametrlari) va Map Parameters (Xaritalarni taqsimlash para-
metrlari).
Parameters (Moslashish parametrlari) bo‘lmasida Edit…
(Tahrirlash) tugmasi moslashishlarni tahrirlash oynasini ochadi va
uning tarkibida quyidagi buyruqlar mavjud (5.86-rasm):
260
1. Belgilangan sohani tahrirlash tugmasi o‘zida tanlangan
obyektni ko‘chirish, burish, masshtablashtirish va akslantirish
buyruqlarini qamrab oladi.
2. Orqa fon xaritasini tanlash Checker (Shaymat maydoni)
parametridan foydalanib xaritani tahrirlash yoki Pick Texture
(Teksturani tanlash) buyrug‘i yordamida obyekt teksturasi fonini
tayyorlash imkonini beradi.
5.86-rasm. “Shisha” obyekti uchun xaritalarni moslashtirish oynasi.
Do'stlaringiz bilan baham: