29
_
guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo`lgach kartochkaning orqa tomoni
o`chiriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to`g`ri
bajarilganligi aniqlanadi
“Videotopishmoq” metodi
So`nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar yordamida
ta`lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e`tibor qaratilmoqda, o`qituvchilar oldida
ta`lim jarayonida turli axborot vositalaridan o`rinli va maqsadga muvofiq
foydalanish vazifasi turubdi. Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi
harakatlar amalga oshiriladi:
_
o`quvchilar e`tiboriga o`rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga
yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videoloyiha namoyish etadi;
O`quvchilar har-bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini qayd etadilar.
O`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar.
“Yumaloqlangan qor o`yini” metodi
Ushbu metod ham mavzuni muayyan qismlarga bo`lgan holda o`zlashtirish
imkonini beradi hamda o`quvchilarda guruh va juftlikda ishlash ko`nikmalarini
shakllantirishga hizmat qiladi.
Metodni qo`llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.
_
tasvirli kartochkalar tayyorlanadi. Ularning orqa tomoniga mavzuni
o`zlashtirishga oid o`n besh variantdan iborat topshiriqlar yoziladi;
_
sinf o`quvchilari ikki yoki uch guruhga bo`linib har-bir guruh a`zolari bir nechta
juftliklarga biriktiriladi;
_
har-bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi, jarayon yakunida umumiy
xulosalar chiqaradi.
Yumaloqlangan qor o`yini” metodidan muayyan bo`lim yoki boblar bo`yicha
o`zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash yo`lida foydalanish
nihoyatda qulay.
30
“Zakovatli zukko” metodi
Mavjud bilimlarni puxta o`zlashtirishda o`quvchilarning fikrlash, tafakkur
yuritish layoqatlariga ega ekanliklari muhim ahamiyatiga ega. “zakovatli zukko”
metodi o`quvchilarda tezkor fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish, ularning
tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o`z hoxishlariga ko`ra
shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko`rish istagida bo`lgan o`quvchilar uchun qulay
imkoniyat yaratadi.
Ular o`qutuvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatda to`g`ri va aniq
javob qaytara olishi kerak. Savollarning murakkablik darajasiga ko`ra har-bir
savolga qaytarilgan to`g`ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning
o`rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o`quvchilarning tafakkur tezligi
aniqlanadi. Ballarning bellgilanishi o`quvchilarning shaxsiy imkoniyatlari
to`g`risida aniq tasavvurga ega bo`lishlarini ta`minlaydi. Metod o`quvchilar bilan
yakka tartibda guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo`llanilishi mumkin.
“Qarama-qarshi munosabat” metodi
Metod o`z mohiyatiga ko`ra o`zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sintez qilish
asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma`lumotlar sifatida guruhlarga ajratish
imkonini beradi. Metodni qo`llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
_
mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yorituvchi tayanch
tushunchalar aniqlanadi;
_
mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib uning ahamiyatini yorituvchi tayanch
tushunchalar aniqlanadi;
_
ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi. Tushunchalar shaxsiy yondashuv
asosida muhim va u qadar muhim bo`lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi;
jadval yaratilib, uning birinchi ustuniga muhim, ikkinchi ustuniga muhim
bo`lmagan tushunchalar yoziladi;
_
kichik guruhlar asosida shahsiy yondashuvlar muhokama qilinadi;
_
jamoaning umumiy fikriga ko`ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jadval yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |