31 mavzu. Kadrlarni boshqarish axborot tizimi


Kadrni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi



Download 108,92 Kb.
bet8/8
Sana31.12.2021
Hajmi108,92 Kb.
#213159
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
31-MARUZA KADRLARNI BOSHQARISH AXBOROT TIZIMI

Kadrni boshqarish axborot ta’minotining asosiy maqsadi oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o’taydigan mavjud ma’lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va umumlashtirishdan iboratdir. Axborot oqimlari hajmining kattaligi, turli ma’lumotlarni to’plash, saqlash, ular bilan ishlash va ulardan foydalanish bo’yicha ko’p hollarda bir-birini takrorlovchi,

operatsiyalarni bajarish kadrni boshqarish xizmatida eng zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llashning ahamiyatini yaqqol ko’rsatadi. Boshqa sohalarda bo’lgani kabi kadrni boshqarish xizmatida ham axborot texnologiyalarini joriy etishning huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni hisoblanadi. Axborot texnologiyalari davlat hokimiyati organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, jamoatchilik birlashmalarining axborotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir.

Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga:

—idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining;

—davlat byudjet mablag’lari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning;

—yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo’lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.

Davlat axborot resurslarini shakllantirishda:

—taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi vato’liqligi;

—jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga bo’lgan huquqlarini amalga oshirish;

—axborot xavfsizligi;

—axborotning davlat organlari tomonidan foydalanish uchun shart:sharoitlari;

—davlat axborot resurslarining axborot-texnologik mosligi;

—davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi ta’minlanadi.

Kadrni boshqarishni avtomatlashtirish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks avtomatlashtirish va komp’yuterlash tizimi bo’lishi mumkin. Mazkur tizimga ko’ra avtomatlashtirilgan ish joylari shaxsiy komp’yuterlardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.

Server esa quvvati ancha kuchliroq bo’lgan komp’yuterga ega bo’ladi. Avtomatlashtirilgan ish joylari bilan server o’rtasida axborot oqimlari muttasil almashib turiladi: komp’yuterlarga axborotlar kiritiladi, ko’zda tutilgan tartib va shakllarda axborot olinadi, ular bilan ish olib boriladi, so’rov yoki mavjud axborotni ishlash orqali hujjatlar chiqariladi va hokazolar.

Bugungi kun amaliyotida kadrni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi odatda 3 ta: “Shtatlar jadvali”, “Xodimlarni hisobga olish”, “Ish haqini hisoblab chiqish” modullaridan iboratdir. So’nggi vaqtda esa ular nomzodlarni tanlash va xodimlarni attestatsiya qilish, kadrlar bo’yicha qarorlar qabul qilish, kadrni boshqarishni axborot-taxliliy qo’llab-quvvatlash tizimlari bilan to’ldirmoqda.



1 Personalni boshqarish. Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, N.Q.Zokirova, A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538 bet.

2 Personalni boshqarish. Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, N.Q.Zokirova, A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538 bet.

3 Personalni boshqarish. Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, N.Q.Zokirova, A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538 bet.

4 Personalni boshqarish. Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, N.Q.Zokirova, A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538 bet.

Download 108,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish