Bog'liq 9-sinf Konstitutsiyaviy huquq fanidan test
Konstitutsiyaviy huquq fanidan test 1. O`z harakatlari asosida huquqlarini amalga oshirish va yuridik majburiyatlarni bajarish qoidalari...?
A) Huquqiy layoqati B) Huquqiy ong
C) Muomala layoqati D) Huquqiy odat
2. Oliy Majlis qonunchilik palatasiga dcputatlar qanday tartibda saylanadilar?
A) Yakka partiyaviylik asosida B) Yashirin ovoz asosida
C) Markaziy saylov okrugi tomonidan D) proporsional saylov tizimi orqali
3. O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni kim va qaysi davlat organi amalga oshiradi?
A) prokuratura organlari, ichki ishlar organlari, adliya vazirligi
B) prokuratura organlari, sud organlari, adliya vazirligi
C) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar
D) adliya vazirligi
4. Oliy Majlisga deputatlar saylashda saylov tizimining qaysi modelidan foydalaniladi?
A) Mojaritar B) proporsional C) aralash D) yakka tartibdagi ro'yxatlar bo'yicha
5. Agar qonun buzilganligi aniqlansa, prokuror qanday choralar ko'rishi mumkin?
A) ogohlantirish B) qonun buzilishini bartaraf etish talabi yozilgan taqdimnoma
C) jinoyat ishi ochish to'g'risidagi qarorlov
D) qonun buzilishini kechiktirmasdan bartaraf etish to'g'risida amrnoma
6. Agar Oliy Majlis konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi taklifni rad etsa, unda ana shu taklif uning muhokamasiga qaytadan qo'yilishi mumkinmi?
A) yo'q B) mumkin, faqat kamida 6 oydan keyin
C) mumkin, kamida 1 yildan keyin D) ha, bir oydan
7.Viloyatlar, tuman va shahar prokurorlari kim tomonidan tayinlanadi?
A) Prezident B) Toshkent shahar prokurori C) Bosh prokuror D) Bosh vazir
8. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilishga haqli …
A) Vazirlar Mahkamasi B) Prezident C) Ichki ishlar vazirligi D) Oliy Majlis
9.”Prokuratura to`g`risida”gi yangi tahrirdagi Qonun qachon qabul qilingan?
А) 2001yil 29 avgust B) 2017 yil 31 may C)2012-yil 24-dekabrda D)2017 yil 6 aprel
10.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5- bo’limi nima deb nomlanadi?
A).Davlat hokimiyatining tashkil etilishi B).Jamiyat va shaxs
C).Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi D).Asosiy prinsiplar
11.Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlarga nimalar kiradi?
A).Mulkdor bo’lish va ta’lim olish
B).So’z erkinligi va tibbiy xizmatdan foydalanish
C).Ijtimoiy yordam olish va qonunlarga rioya etish
D).Vijdon erkinligi va siyosiy partiyalarga a’zo bo’lish
12.Impichment nima?
A).Ayrim millat vakillarini diniy bahonalar bilan qirib tashlash.
B).Xorijiy davlatga tayinlanayotgan konsul yorlig’i
C).Mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishning alohoda tartibi
D).Qandaydir huquq va vakolatlar qonuniyligini tan olish va tasdiqlash
13. Qonunchilik protsessining birinchi bosqichi nima deyiladi?
A) Qonunchilik tashabbusi B) Huquq ijodkorligi C) qonun ijodkorligi D) qonunni imzolash
14. Qonunlar va Oliy Majlis qarorlari imzolanganidan so`ng qancha vaqtdan kechiktirmasdan e`lon qilinishi lozim?
A) bir haftadan B) bir oydan C) o’n kundan D)o’n besh kundan
15. Senat yig’ilishi bir yilda kamida necha marta o’tkazilishi kerak?
A) 3 marta B) 2 marta C) 5 marta D) 4marta
16. Partiya vakillariga ovoz berish qanday saylov tizimiga kiradi?
A) Aralash B) Proporsional C) Mojaritar D) to’g’ridan-to’gri
17.Konstitutsiyaning 22 bobini ko’rsating?
A)Sud hokimiyati B)Mahalliy davlat hokimiyati C)Prokuratura D)Saylov tizimi
18.Qonun Senat tomonidan rad etilgan yoki Prezident tomonidan
qaytarilgan hollarda qonun………………. ichida qayta ko‘rib chiqilishi
kerak?
A)1oy B) 1hafta C)10 kun D)14 kun
19. O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan
mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarni berish kimning vakolatiga tegishli?
A)Prezident B) Bosh vazir C) Senat D)Spiker
20. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi kimga hisob beradi?
A)Prezident B) Xalq deputatlari Kengashiga
C)Bosh vazirga D) A va B
21. O’zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyatining yagona manbai?
A) Prezident B) Xalq C) Oliy Majlis D) Konstitutsiya
22. O’zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat……..
A) Oliy Majlis B) Vazirlar Mahkamasi C) Sud D) Prokuratura
23.O'zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlariga saylovlar qachon o'tkaziladi?
A) vakolatlarining konstitutsion muddati tugagan yili - oktabr oyining uchinchi o'n kunining birinchi yakshanbasida
B) vakolatlarining konstitutsion muddati tugagan yili - oktabr oyining uchinchi o'n kunining ikkinchi yakshanbasida
C) vakolatlarining konstitutsion muddati tugagan yili - dekabr oyining uchinchi o'n kunining ikkinchi yakshanbasida
D) vakolatlarining konstitutsion muddati tugagan yili - dekabr oyining uchinchi o'n kunining birinchi yakshanbasida
24. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibi qanday shakllantiriladi?
A) Vazirlar Mahkamasi aъzolari Bosh vazir tomonidan taqdim etiladi va
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi
B) Vazirlar Mahkamasi aъzolari Prezidenti tomonidan taqdim etiladi va
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Senat bilan kelishib,
tasdiqlanadi
C) Vazirlar Mahkamasi aъzolari O'zR Prezidenti tomonidan taqdim etiladi
va Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan tasdiqlanadi
D) Vazirlar Mahkamasi aъzolari Bosh vazir tomonidan taqdim etiladi va
O'zbekiston Respublikasi Senati Spikeri tomonidan tasdiqlanadi
25. Xalq deputatlar kengashi qaysi muddatga saylanadilar?
A) 3 yilga B) 7 yilga C) 5 yilga D) 2 yilga