31 - mavzu. KADRLARNI BOSHQARISH AXBOROT TIZIMI
31.1. Kadrni boshqarishning mohiyati va maqsadlari
31.2. Kadrni boshqarish xizmatida ish yuritishning mohiyati
31.3. Kadrni boshqarishda axborot texnologiyalari
31.4. Kadrni boshqarishda maxsus davlat axborot resurslari
Tayanch iboralar: Kadrni boshqarish, boshqaruv, kadrlar siyosati, kadrni boshqarish xizmatlari, axborot ta’minoti, dastur moduli
ANNOTATSIYA
Kadrni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir1.
Ishlab chiqarish kadri (ishchilar)-odatda moddiy ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlardan iboratdir.
Asosiy kadr - asosan ishlab chiqarish, mahsulotni yig’ish bilan
band ishchilar, yordamchi kadr - asosan korxonaning xizmat ko’rsatuvchi bo’linmalarida band ishchilar.
Ishlab chiqarish kadrining mehnat mahsuli tovar (binolar, mashinalar, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolar) sifatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |