148
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator
yillardagi yillik yalpi
mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu
boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab
chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish
vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi
moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak,
qoplash
fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot
hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat
shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);
- aylanma kapital (fondlar);
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy, tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
–
mehnat unumdorligining o‘sishi;
–
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi;
–
milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi.
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning
natijasi va shart-sharoiti
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik
tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning
ko‘payishi ro‘y beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning
moddiy
shart-sharoiti, uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab
chiqarishning o‘sish sur’ati va miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga
bog‘liq bo‘ladi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili
bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini
tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga
kelishi tabiat qonunlari asosida ro‘y bersada,
ulardan foydalanish jamiyat
rivojiga ham bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer
resurslari tabiatan mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik bo‘lib, shu
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga
kirmaydi. Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar
jamiyat uchun faqatgina
potentsial boylik hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real
boylikka aylanadi.
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning
bir qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va
jamiyatning nomoddiy boyligi hisoblanadi.
Nomoddiy sohalarda ashyoviy-
buyum shakl bilan bog‘liq bo‘lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
149
qilinadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va
rivojlanishi uchun, shuningdek bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash
va oshirib borish uchun zarur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sog‘likni
saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida
vujudga keltiriladigan
nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitektura
obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish
darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari
va intellektual darajasi,
ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta’lim
va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi.
SHunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan
ancha keng tushuncha bo‘lib, o‘z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi
qimmatliklarini ham oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: